Choʻlponning “Soz” toʻplami “Oktabr” sheʼri tahlili


-misra: Berilgan barcha toʻplamlarda soʻzlar bir xil


Download 152.5 Kb.
bet13/17
Sana22.02.2023
Hajmi152.5 Kb.
#1221432
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Oktabr she\'ri

2-misra: Berilgan barcha toʻplamlarda soʻzlar bir xil.
3-misra: Berilgan barcha toʻplamlarda soʻzlar bir xil.
4-misra: Berilgan barcha toʻplamlarda soʻzlar bir xil.
5-misra: Berilgan barcha toʻplamlarda soʻzlar bir xil.
6-misra: Berilgan barcha toʻplamlarda soʻzlar bir xil.

1.2.She'rning qiyosiy-tanqidiy matni.
Asl matn:
I qism
Ey bukun, ey bu kun
Dunyolar sarsildi!
Fikrlar xayollar
Ro'yolar sarsildi!

Ey bukun olovlar


Dunyoni yondirdi!
Insonlar och yerni
Qonlarga qondirdi!

Ey bukun koʻklarda


Quyoshlar tutuldi!
Ey bukun shamollar
Boʻronlar quturdi!

Ey bukun jahannam


Olovlar puskurdi;
Ey bukun vulqonlar
Zulmatka to'kurdi!

Ey bukun chaqmoqlar


Chaqdilar, chaqdilar..
Ey bukun toʻfonlar
Oqdilar,oqdilar...

Ey bukun do'l kelib


Alamni yiqqan kun!
Ey bukun kurramiz
Mehvardan chiqqan kun!

II qism
Yoʻq, doʻstim, hovliqma,
Xayolga berilma,
Ortiqcha hashamga
Berilib soʻz dema.

Hechnarsa boʻlmadi:


Na toʻfon, na vulqon.
Yolgʻiz, haq yoʻllarda
Oqdi qon, oqdi qon...

Yolgʻiz bir harakat,


Qimirlash koʻruldi,
Chayladan chiqilib,
O'rdaga yuruldi.

Osildi "yoʻq" — "bor"ga,


Yo'qsulllar boylarga.
(Hechnarsa boʻlmadi
Kun, bulut, oylarga.
Tabiat jim qoldi;
Na issiq, na issiq sovuq.
Oktabr oyida,
Kuz ketgan,
Qish yovuq.)

Qoʻzg'oldi och qolgan,


Entikgan bir yigʻin,
Oʻlimning koʻziga
Koʻz tikkan bir yigʻin.
Qoʻzg'oldi bechora,
Yalangʻoch jamiyat,
Koʻksida yonardi,
Lekin, bir hamiyat!

Oʻlimga zavq ila


Sudragan hamiyat!
Oʻlimdan oʻzgani
Koʻrmagan hamiyat!

Hamiyat, yo gʻazab,


Yo shiddat...
Baribir!
Yolgʻiz u — dunyoning
Fotihi, olamgir!

Ana shul hamiyat,


Ana shul jamiyat,
Ana shul iroda,
Ana shul haq niyat.

Zolimning qoʻlidan


Qudratni oldid-da
Oʻzining mahsuli—
Zindonga soldi-da
Oʻzicha yashashning
Yoʻliga qaradi;
Oʻziga bir olam
Qurmoqqa yaradi.

Shugina:
Doʻl kelib


Olamni yiqmadi,
Va yerning kurrasi
Mehvardan chiqmadi.

III qism
U kunning kuyi ham,
She'ri ham koʻp sodda,
Lekin u soddalik,
Ravonlik oldida:
Do'llarning olamni yiqishi:
Hechdir!
Kurraning mehvardan chiqishi:
Hechdir!
Ushbu " Oktabr" she'ri 1930-yilda yozilgan. Bu sheʼr 1935-yilda yaratilgan "Siz" toʻplamiga kiritilgan. 1929-1939-yillar oraligʻida yangilangan lotin yozuviga asoslangan alifbodan foydalanilganligi tufayli bu sheʼr ham aynan shu alifboda yozilgan.

Qiyosiy-tanqidiy matn:
I qism
— Ey bu kun, ey bu kun
Dunyolar sarsildi!
Fikrlar, xayollar,
Ro'yolar sarsildi!

Ey bu kun olovlar


Dunyoni yondirdi!
Insonlar och yerni
Qonlarga qondirdi!

Ey bukun koʻklarda


Quyoshlar tutuldi!
Ey bukun shamollar
Boʻronlar quturdi!

Ey bukun jahannam


Olovlar puskurdi;
Ey bukun vulqonlar
Zulmatka to'kurdi!

Ey bukun chaqmoqlar


Chaqdilar, chaqdilar..
Ey bukun toʻfonlar
Oqdilar,oqdilar...

Ey bu kun do'l kelib


Olamni yiqqan kun!
Ey bu kun kurramiz
Mehvardan chiqqan kun!

II qism
Yoʻq, doʻstim, hovliqma,
Xayolga berilma,
Ortiqcha hashamga
Berilib soʻz dema.

Hech narsa boʻlmadi:


Na toʻfon, na vulqon.
Yolgʻiz, haq yoʻllarda
Oqdi qon, oqdi qon...

Yolgʻiz bir harakat,


Qimirlash koʻrildi,
Chayladan chiqilib,
O'rdaga yurildi.

Osildi "yoʻq" — "bor"ga,


Yo'qsillar boylarga.
(Hech narsa boʻlmadi
Kun, bulut, oylarga.
Tabiat jim qoldi;
Na issiq, na issiq sovuq.
Oktabr oyida,
Kuz ketgan,
Qish yovuq.)

Qoʻzg'oldi och qolgan,


Entikkan bir yigʻin,
Oʻlimning koʻziga
Koʻz tikkan bir yigʻin.
Qoʻzg'oldi bechora,
Yalangʻoch jamiyat,
Koʻksida yonardi,
Lekin, bir hamiyat!

Oʻlimga zavq ila


Sudragan hamiyat!
Oʻlimdan oʻzgani
Koʻrmagan hamiyat!

Hamiyat, yo gʻazab,


Yo shiddat...
Baribir!
Yolgʻiz u — dunyoning
Fotihi, olamgir!

Ana shul hamiyat,


Ana shul jamiyat.
Ana shul iroda,
Ana shul haq niyat.

Zolimning qoʻlidan


Qudratni oldi-da,
Oʻzining mahsuli—
Zindonga soldi-da,
Oʻzicha yashashning
Yoʻliga qaradi;
Oʻziga bir olam
Qurmoqqa yaradi.

Shugina:
Doʻl kelib


Olamni yiqmadi,
Va yerning kurrasi
Mehvardan chiqmadi.

III qism
U kunning kuyi ham,
She'ri ham koʻp sodda,
Lekin u soddalik,
Ravonlik oldida:
Do'llarning olamni yiqishi hechdir!
Kurraning mehvardan chiqishi hechdir!
She'rning birinchi yozilgani asl koʻrinishi, keyin yozilgani esa qiyosiy-tanqidiy matni hisoblanadi. Qiyosiy-tanqidiy matnni yaratishda hozirgi imlo va orfografik qoidalarga amal qildim. Ammo men uchun sheʼrning qiyosiy-tanqidiy matnidan koʻra, uning asl matni koʻproq qadrliroq. Chunki sheʼr yozilgan davr muhitini, shoirning asl maqsadini chuqur anglab yetish uchun asl matndagi soʻzlar maʼnosi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham asl matn yuqoriroq baholanadi.
1.3.She'rda ishlatilgan hozirda eskirgan yoki qoʻllanish doirasi chegaralangan soʻz va soʻz birikmalariga izohlar:
1.Sarsilmoq- shiddatli zarbadan titrash;
2.Puskurmoq- purkamoq, sochmoq;
3.Kurra- shar shaklidagi narsa; Yer yuzi;
4.Mehvar- charx oʻqi, aylanish markazi;
5.Yo'qsil- kambagʻal, bechora, muhtoj;
6.Yovuq-yaqin;
7.Hamiyat- gʻayrat, qunt;
8. Fotih- zabt etuvchi.

2.She'rning kontekstual tahlili:
a) shoir biografiyasi:
Choʻlponning "Soz" toʻplami 1935-yilda yaratilgan. Bu davrga kelib Choʻlpon anchagina yetuk ijodkor boʻlib yetishgan edi. Ham ijodiy, ham hayotiy tajribalari uning yuksak mazmunli asarlar yaratishida muhim omil boʻlib xizmat qilgan. Bu toʻplamni yaratishda undan avvalgi yaratilgan "Uygʻonish"(1922) " Buloqlar"(1923) va "Tong sirlari"(1926) kabi toʻplamdagi bilim va koʻnikmalariga tayandi. Ushbu paytda yangilangan alifboga moslashib, unda ijod qilish murakkab vazifa edi. Butun bir toʻplamni yangilangan alifboda yaratish esa katta mashaqqat talab qiladigan ish edi. Ammo yuksak sabr va matonat egasi boʻlgan Choʻlpon shunday buyuk ishga qoʻrqmasdan, dadil qoʻl urdi.
b) davr ijtimoiy-siyosiy hayoti:
Ushbu she'r yozilgan paytda mamlakatda anchagina parokandalik, ijtimoiy hayotda uzilishlar, ocharchilik va aholiga sovetlarning zulmi kuchaygan payt edi. Bu paytda, bunday sharoitda bor haqiqatni xalqqa ochiqdan-ochiq aytish oʻlim bilan teng hodisa edi. Ammo shunday boʻlsa-da, Choʻlpon xalq dardi bilan yashaydigan inson sifatida boʻlayotgan ishlarga befarq qarab turolmasdi. Oʻzining ijodi orqali keng xalq ommasini "koʻzini ochish" ga, ularda haqiqiy mustaqillik tuygʻusini shakllantirishga harakat qilardi. Hozirgi boshqaruv tizimi haqida yolgʻondan bong urayotgan bolsheviklar partiyasining asl yuzini, asl maqsadini kengroq tushuntirishga urinardi. Buning ana shu davr sharoitida naqadar qiyin ekanini tasavvur qilish ham qiyin.

Download 152.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling