Choʻlponning “Soz” toʻplami “Oktabr” sheʼri tahlili


d)poetik obrazlar va ularning oʻzaro munosabatlari


Download 152.5 Kb.
bet15/17
Sana22.02.2023
Hajmi152.5 Kb.
#1221432
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Oktabr she\'ri

d)poetik obrazlar va ularning oʻzaro munosabatlari:
Choʻlponning " Oktabr" sheʼrining yana bir nomi sarlavhada keltiriladi- "7-noyabr". Nega endi bitta sheʼrga ikki xil nom berilgan boʻlishi mumkin?! Tahlil davomida shuni anglab yetdimki, bu sheʼr Sovet davlatida boʻlib oʻtgan 1917-yilgi "oktabr inqilobi" yoki "oktabr toʻntarishi" nomi bilan mashhur voqealar taʼsirida yozilgan, aynan shu voqealarga bagʻishlangan. Oktabr oyining 25-kuni bolsheviklar hokimiyat tepasiga "qop-qop va'dalarni berib" davlat toʻntarishi orqali kelishdi. Sheʼrning "7-noyabr degan ikkinchi nomi berilishiga sabab esa 1918-yildan boshlab shu vaqtgacha foydalanib kelingan Yuliy kalendari oʻrniga Grigoriy kalendaridan foydalanishga oʻtish sabab boʻlgan. Natijada 31-yanvardan keyingi kun 1-fevral emas, 14-fevral deb tasdiqlangan. Buning natijasida 25-oktabrda boʻlib oʻtgan inqilob sanasi 7-noyabrga toʻgʻri kelib qolgan. Sheʼrning butun qurilishi aynan shu voqealar, berilgan va'dalar va orzusi puchga aylangan oddiy xalq dardini aks ettirishga bagʻishlangan.
Sheʼr 3 qismdan iborat ekanini aytib oʻtdik, uning har biri oʻzida oʻziga xos voqealarni jamlagan, bir-biridan farq qilgan va ayni vaqtning oʻzida bir-birini toʻldirishga ham xizmat qilgan. Unda qatnashgan poetik obrazlar tahliliga nazar tashlasak:
1-qismda butun dunyo tarixida misli koʻrilmagan voqelik boʻlgan, XX asrning eng katta oʻzgarish yuzaga keltirgan holat, yaʼni "Oktabr toʻntarishi" oldidan bolsheviklar partiyasi xalqning asosiy vakillari boʻlgan, mavjud tuzumdan norozi boʻlgan ishchilar va dehqonlar ongiga oʻzlarining chirkin gʻoyalarini niqob ostida yashirib, sodda xalq ishonchini tobora qozonib borgan. Sovet davlatidagi barcha hududlarda mavjud tuzumga qarshi chiqishlar, namoyishlar oʻtkazish uchun xalqqa "sidqidildan" yordam berishgan. Aslida esa oʻzlarining diktaturasini oʻrnatish niyatida boʻlgan bolsheviklar barcha hududlarda xalqning ishonchiga kirib borgan. Oddiy xalq esa ularning va'dalariga ishonib hozirgi tuzumning butunlay yoʻq boʻlishiga, barbod boʻlgan iqtisodiy va ijtimoiy hayotning qayta tiklanishiga, qoʻyingki Yerning oʻz oʻqidan chiqib ketishiga sabab boʻladigan voqealar sodir boʻlishiga soddadilgina qalbi bilan butkul ishonib, ixtiyorini bolsheviklarga topshirgani ajoyib oʻxshatishlar, obrazlar vositasida mukammal tasvirlangan.
I qism
— Ey bu kun, ey bu kun
Dunyolar sarsildi!
Fikrlar, xayollar,
Ro'yolar sarsildi!

Ey bu kun olovlar


Dunyoni yondirdi!
Insonlar och yerni
Qonlarga qondirdi!

Ey bukun koʻklarda


Quyoshlar tutuldi!
Ey bukun shamollar
Boʻronlar quturdi!

Ey bukun jahannam


Olovlar puskurdi;
Ey bukun vulqonlar
Zulmatka to'kurdi!

Ey bukun chaqmoqlar


Chaqdilar, chaqdilar..
Ey bukun toʻfonlar
Oqdilar,oqdilar...

Ey bu kun do'l kelib


Olamni yiqqan kun!
Ey bu kun kurramiz
Mehvardan chiqqan kun!

Download 152.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling