Choʻlponning “Soz” toʻplami “Oktabr” sheʼri tahlili
Download 152.5 Kb.
|
Oktabr she\'ri
2-qismda esa bolsheviklarning hokimiyatni qoʻliga olgach xalq oʻylarida, orzu va xayollaridagi hayot hech qachon kelmasligi, aslida bu hokimiyat tepasiga avvalgi tuzumdan ham daxshatliroq tuzum kelishi uchun bir niqob boʻlganligi chiroyli tasvirlangan. Mavjud tuzumni agʻdarish uchun xalq ishonchi va harakatidan foydalanilganligi, insonlar bir-birlari bilan urushib, aslida esa bolsheviklarning har tomondan gʻalabasini taʼminlagani oydinlashadi. Oddiy xalq vakillaridan qanchadan-qancha insonlar halok boʻlgani, hokimiyat tepasiga kelgan bolsheviklar partiyasi esa hech qanday qurbonlarsiz shu holatga yetib kelgani ifodalangan. Vladimir Ilich Lenin boshchiligida yakkahokimlikka asoslangan, oddiy xalq manfaatlarini koʻzda tutmaydigan jamiyat qurish uchun xalqdan shunchaki foydalanilgani, hokimiyat tepasidagi partiya oʻzgargani bilan xalq hayotida hech qanday oʻzgarish boʻlmagani badiiy vositalar orqali chiroyli ifodalangan.
II qism Yoʻq, doʻstim, hovliqma, Xayolga berilma, Ortiqcha hashamga Berilib soʻz dema. Hech narsa boʻlmadi: Na toʻfon, na vulqon. Yolgʻiz, haq yoʻllarda Oqdi qon, oqdi qon... Yolgʻiz bir harakat, Qimirlash koʻrildi, Chayladan chiqilib, O'rdaga yurildi. Osildi "yoʻq" — "bor"ga, Yo'qsillar boylarga. (Hech narsa boʻlmadi Kun, bulut, oylarga. Tabiat jim qoldi; Na issiq, na issiq sovuq. Oktabr oyida, Kuz ketgan, Qish yovuq.) Qoʻzg'oldi och qolgan, Entikkan bir yigʻin, Oʻlimning koʻziga Koʻz tikkan bir yigʻin. Qoʻzg'oldi bechora, Yalangʻoch jamiyat, Koʻksida yonardi, Lekin, bir hamiyat! Oʻlimga zavq ila Sudragan hamiyat! Oʻlimdan oʻzgani Koʻrmagan hamiyat! Hamiyat, yo gʻazab, Yo shiddat... Baribir! Yolgʻiz u — dunyoning Fotihi, olamgir! Ana shul hamiyat, Ana shul jamiyat. Ana shul iroda, Ana shul haq niyat. Zolimning qoʻlidan Qudratni oldi-da, Oʻzining mahsuli— Zindonga soldi-da, Oʻzicha yashashning Yoʻliga qaradi; Oʻziga bir olam Qurmoqqa yaradi. Shugina:
Olamni yiqmadi, Va yerning kurrasi Mehvardan chiqmadi. 3-qism sheʼrning tugallanishi, xuddi gapning kesimi vazifasini oʻtagan. Ham shaklan, ham mazmunan tugallik kasb etgan va bir vaqtning oʻzida oldingi qismlardan farqli, va ayni vaqtda, ular bilan bir butunlik hosil qilgan. Soddadil, pok qalbli oddiy xalq ommasining bu tariqa aldanishi aql bovar qilmas voqea ekani, bu yolgʻon vaʼdalar va qilingan umidlar puchga chiqishi oldida butun dunyo vayronaga aylanishi ham hech nima emas ekani qisqa misralar orqali yuzaga chiqarib berilgan. Bu ham yozuvchining mahoratidan darak beradi. III qism U kunning kuyi ham, She'ri ham koʻp sodda, Lekin u soddalik, Ravonlik oldida: Do'llarning olamni yiqishi hechdir! Kurraning mehvardan chiqishi hechdir! Download 152.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling