2-band:
Asl nusxada 2- misrada “safhasi” so’z shakli qo’llangan. Qolgan to’plamlarda “sahfa” tarzida ishlatilgan. 2-shakl she’r mazmuniga mos tushadi.
“Go’zal Turkiston”(1997), 4 jildli asarlarning 1-jildi(2013), (2016), “Ko’klam ruhi”(2019) to’plamlarida 1-misrada “qizg’anmas” so’z shakli qo’llangan. Qolgan barcha to’plamlarda ushbu so’z “qizg’onmas” shaklida yozilgan. Bugungi imlo qoidalariga ko’ra 1-shakl to’g’ri sanaladi. “Yana oldim sozimni”(1991), “Ko’klam ruhi”(2019)da boshqa to’plamlarda qo’llangan “na qizg’anmas” so’zi tarkibidagi “na” yuklamasi tushib qolgan. Bunday qo’llash xato. Chunki birgina so’zni tushurib qo’yish bilan she’r ohangiga jiddiy putur yetgan. Ushbu bandda asl nusxa va “Ko’klam ruhi”(2019) to’plamlarida qo’llangan “manhus” tarzida, boshqa nusxalarda esa “manxus” holatida qo’llangan. Lekin 2-variantli so’z o’zbek tilining izohli lug’atida yo’q. Shuning uchun 2-nusxasi qo’llash na’qul bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |