4-band:
“Tong sirlari”(1926)da 1-misradagi “qulf” so’zi “qulup” tarzida qo’llangan. “Ko’p” so’zi esa “ko’b” tarzida. 2- misrada esa “qutulishlik” so’zi “qurtulishliq” shaklida yozilgan. Qolgan to’plamlarda “qulf”, “ko’p” va “qutulishlik” shaklida. Bu yerda 2-ko’rinish to’g’ri sanaladi. 1-shaklda imlo qoidalariga zid tarzda yozilib qolgan. Lekin “Oydan-da go’zal”(1997), “Buloqlar quchog’ida” (2007), 3 jildlik asarlarning 1-jildi(1994)da “qulf” so’zi o’rniga “qilich” so’zi ishlatilgan. Yana she’r janriga qaytamiz. Ushbu misra asl nusxada 16 bo’g’inli holatda. Chunki so’z ‘qulup” tarzida qo’llangan. Shuni e’tiborga olib, ushbu so’z o’rniga ‘qilich” so’zi qo’llangan. Bu yerda ushbu so’zni qo’llaydigan bo’lsak, she’r mazmuni oydinlashmaydi. Mazmun g’aliz bo’lib qoladi. Shuning uchun “qulf” so’zini qo’llagan ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |