3-band.
Asl nusxaning 3-bandi 1-misrasida “yumulmas” so’z shakli qollangan. Qolgan barcha nusxalarida “yumilmas” shaklida. 2-misrada “borlig’ingdirkim” so’z shakli “Oydan-da go’zal”(1997), “Buloqlar quchog’ida” (2007), 3 jildlik asarlarning 1-jildi(1994)da “borlig’ingdurkim” shaklida qolgan to’plamlarda asl shaklda qo’llangan. “Yana oldim sozimni”(1991) va “Ko’klam ruhi”(2019) to’plamlarida ushbu so’z ikki so’z tarzida yozilgan. Bu yerda ham bizga imlo qoidalari muhim rol o’ynaydi. “Borlig’ingdirkim” so’zini qo’llash to’g’ri bo’lmaydi. Sababi ushbu she’r aruz vazniga monand tarzda yozilgan. Bunday holatda qo’llash bo’g’inlarni cho’zib yuborilishiga olib keladi, misradagi o’ziga xos ritm buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |