Chor rossiyasi tomonidan Orta Osiyoning istilo qilinishi


BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI (BXSR)


Download 190.88 Kb.
bet4/5
Sana03.02.2023
Hajmi190.88 Kb.
#1150666
1   2   3   4   5
Bog'liq
tarix

BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI (BXSR) (192024) Buxoro amirligida amirlik tuzumi agʻdarib tashlangach, yuzaga kelgan xalq respublikasi. Mayd. 182,193 ming km2, axoliyey 2,2 mln. kishidan ortiq, asosan oʻzbeklar, tojiklar va turkmanlar, qisman qozoq, qoraqalpoq, tatar va buxoro yahudiylari yashagan. BXSR Xorazm Respublikasi, Turkiston ASSR va Afgoniston davlatlari bilan chegaradosh boʻlib, poytaxti Buxoro sh. boʻlgan.
Sharqdagi yirik davlatlardan biri hisoblangan Buxoro amirligi 1868-y. ga kelib podsho Rossiyasining yarim mustamlakasiga aylangandan soʻng xalqning tirikchiligi ilgaridan ham ogʻirlashgan edi. Amirlikdagi xalq qoʻzgʻolonlari podsho Rossiyasi qoʻshinlari yordamida bostirilardi. Rus maʼmurlari amirlikda katta imtiyozlarga ega boʻlgan. Rossiyadagi demokratik jarayonlar, 1908-y. Turkiyada boʻlgan yosh shurklar iщilobi, xususan Petrograddagi 1917-y. fev. inqilobidan keyin amirlik hududida jadidchilik va undan oʻsib chiqqan yosh buxoroliklar harakati kuchaydi.
1917-y. 7 apr. da amir Olimxon mamlakatda islohotlar oʻtkazish toʻgʻrisida farmon chiqardi. Lekin amirning bu farmoni amalda joriy qilinmadi. Jadidlar Buxoro sh. da namoyish uyushtirgandan soʻng q(. Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi), mamlakatda ularni yeppasiga taʼqib qilish boshlandi. Okg. toʻntarishidan keyin Rossiya bilan Buxoro oʻrtasida munosabatlar yomonlashdi. Turkiston XKS Buxoro davlatiga gʻanimlik qilib, amir hukumatini kuch bilan agʻdarishga urindi. Bolsheviklar shu maqsadda yosh buxorolik jadidlarni qoʻllabquvvatlashdi. 1918-y. mart oyida Turkiston oʻlkasi XKS raisi F. Kolesov qoʻmondonligidagi qizil askarlar mamlakat poytaxti Buxoro sh. ga hujum uyushtirdilar (q. Kolesov voqeasi). Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan boʻlsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni oʻzgartirish uchun urinish toʻxtamadi. Afsuski, amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muxolifatdagi yosh buxoroliklar firkasi (partiyasi) arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatda konstitutsion monarxiya va demokratik tartibotlarni oʻrnatmoqchi boʻlgan jadidlar — yosh buxoroliklarni yoʻqotish yoʻlini tutdi. Fayzulla Xoʻjayevnint taʼkidlashicha, Kolesov voqeasidan keyin amir mamlakatda 3000 kishiii qatl qilgan. S. Ayniyiint yozishicha, faqat poytaxt — eski Buxoro emas, balki Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorakoʻl, Chorjoʻy, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidlikda ayblanib nohaq oʻldirildi. Buxorolik jadidlarning tirik qolgan vakillari Samarqand, Toshkent va Moskvaga joʻnab ketishga majbur boʻlishdi, yosh buxoroliklarning bir kismi 1918-y. yozida Toshkentda Buxoro Kompartiyasini tuzishdi, F. Xoʻjayev Moskvadagi muhojirlik davrida — 1918-y. okt. da Turkiston respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasi qoshida yosh buxoroliklar partiyasining boʻlimini tashkil qiddi. 1920-y. yanvda Toshkentda F. Xoʻjayev boshchiligida inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tashkil qilindi. Bolsheviklar yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini agʻdarishda foydalandilar. Ular ham taktik maqsadlarni koʻzlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi. 1920-y. 25 avg. da qoʻmondon M. V. Frunze Turkfront qoʻshinlariga q«oʻzgʻolon koʻtargan Buxoro mehnatkashlariga yordam koʻrsatish toʻgʻrisida» buyruq berdi. 1920-y. 2 sentda Turkfront qoʻshinlari amirlik hokimiyatini agʻdarib tashladi (q. Buxoro bosqini).
1920-y. 14 sent. da boʻlgan Xalq Nozirlar Shoʻrosi, Revkom va BKP MKning umumiy yigʻilishida 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qoʻmitasi (raisi Abdulqodir Muxitdinov) va respublika hukumati — 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi Fayzulla Xoʻjayev) tuzildi. Buxoro inqilobiy qoʻmitasining aʼzolari qilib Muinjon Aminov, Olimjon Akchurin, Abdulhamid Oripov, Sobir Yusupov, Hoji Hasan Ibrohimov, Fayzulla Xoʻjayev, Qulmuhamedov tayinlandi. Mamlakatni boshqarish maqsadida tuzilgan Buxoro Xalq Nozirlar Shoʻrosi tarkibi quyidagicha edi: rais va xorijiytashqi ishlar (nozir — F. Xoʻjayev), maorif (Qori Yoʻldosh Poʻlatov), ichki (doxiliya) ishlar (M. Saidjonov), moliya (U. Poʻlatxoʻjayev), davlat nazorati (N. Husainov), favqulodda komissiya (raisi — Ibrohimov), adliya (M. Burhonov), harbiy (Shihobuddinov), savdo va sanoat (M. Mansurov) nozirliklari. Bu paytga kelib inqilobchi yosh buxoroliklar firqasi aʼzolari Buxoro Kompartiyasi safiga kirishga majbur boʻlgan edilar. Ushbu oʻrinda taʼkidlash joizki, asosan jadidlardan tashkil topgan Buxoro hukumati oʻsha paytda maʼlumotli kishilar yigʻilgan hukumatlardan biri hisoblangan. Nozirlar Buxoro, Istanbul, Moskva va b. shaharlarda taʼlim olishgan edi. Buxoro jadidlari oʻzlarining islohotchilik gʻoyalarini yangi hukumatdagi faoliyatlari davomida amalga oshirishga harakat qildilar.




Download 190.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling