|
Maktablarida qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish
|
2021 yil
25 dekabr
|
ta’lim muasassasalari direktori MMIBDU
|
|
Maktabda o‘quvchilar tomonidan “Men qishki ta’tilni qanday o‘tkazaman” mavzusida qisqa insho yozish hamda Yangi yil munosabati bilan o‘z ota-onalariga tabriknoma, rangli qog‘ozlarda turli o‘yinchoqlar tayyorlash, bayram kunlari oila davrasida she’r, topishmoq aytish orqali Yangi yilni a’lo kayfiyatda nishonlashga o‘rgatish.
|
2021 yil
26-27 dekabr
Bayram kunlari
|
MMIBDU
YOshlar yetakchisi
|
|
Qishki ta’til kunlari boshlanishidan avval maktabda sinf rahbarlar tomonidan sinflarda yig‘ilishlar o‘tkazish va unda choraklik baholarni e’lon qilish, o‘quvchilarni Yangi yil bayrami bilan tabriklash, o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarni “Maqtov yorliqlari” bilan taqdirlash.
|
2021 yil
26-27 dekabr
|
Ta’lim muasassasi direktori
MMIBDU
O`TIBDO`
YOshlar yetakchisi
|
|
Qishki ta’til kunlari maktabda o‘quvchilar o‘rtasida “Qishki ta’til kitobxoni” mavzusida onlayn ko‘rik-tanlov o‘tkazish.
|
Ta’til kunlari
|
MMIBDU, Yoshlar yetakchisi
Maktab kutubxona mudirasi
|
|
Maktabda kishki ta’til vaktida to‘garak a’zolari o‘rtasida “Qishki ta’tildagi orzuim”, “Qishki ta’til manzaralari”, “Mening tasavvurimdagi Qorbobo va Qorqiz” mavzularida tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash.
|
Ta’til kunlari
|
MMIBDU, Yoshlar yetakchisi
Maktab kutubxona mudirasi,
Tugarak raxbarlari
|
|
Maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida onlayn tarizda “Yurtim jamoli” mavzusida rasmlar, “Yangi yilim — yaxshi yilim”, “Qorday oppoq orzularim” mavzusida she’riyat yo‘nalishida, “Ozod va obod Vatan farzandlarimiz” mavzusida musiqiy yo‘nalishdagi ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash
|
Ta’til kunlari
|
MMIBDU, YOshlar yetakchisi
Maktab kutubxona mudirasi,
Tugarak raxbarlari.
|
|
Maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida onlayn tarizda “Kumush qish tarovati” mavzusida rasmlar, “Yangi yilga Yangi qadam” she’riyat yo‘nalishida, “Qish ziynatini madh etaman” mavzusida insholar ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash
|
Ta’til kunlari
|
MMIBDU, YOshlar yetakchisi
Maktab kutubxona mudirasi,
Tugarak raxbarlari.
|
|
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘z xonadonlarida oilaviy ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlarini haqida targ‘ibot ishlarini olib borish.
|
2021 yil
Ta’til kunlari
|
MMIBDU, YOshlar yetakchisi
Tugarak raxbarlari.
|
|
Qishki ta’til kunlari o‘quvchilarni uyda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Kenja botir”, “Zumrad va qimmat”, “Taqa”, “Ikki qo‘shni va qovun”, “Xo‘ja Nasriddin”, “Yulduz yog‘dusi”, “Oq bo‘taloq”, “Zanjabil odamcha”, “Echki bolalari”, “Shiroq haqida afsona”, “Bo‘ri bilan echki” kabi o‘zbek milliy multfilmlari tamosha qilishini tavsiya qilish.
|
2021 yil
Ta’til kunlari
|
MMIBDU, YOshlar yetakchisi
Boshlangich ta’lim metod birlashma a’zolari
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4884 qarori hamda “O‘zbekistonning Yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli Farmoni mazmun mohiyatini targ‘iboti yuzasidan maktabda o‘quv-semina tashkil etish.
|
2021 yil
29 dekabr
|
Ta’lim muasassasi direktori MMIBDU, O`TIBDO`
Maktab psixologi
YOshlar yetakchisi
|
|
Viloyat hokimining 2021 yil 3 dekabrdagi 103-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash yuzasidan Pastdarg‘om va Urgut tumanlari misolida ishlab chiqilgan “Samarqand viloyati tajribasi”ni umumta’lim maktabda amaliyotga joriy etish yuzasidan aniq chora-tadbirni belgilash.
|
2021 yil
30 dekabr
|
Ta’lim muasassasi direktori MMIBDU, O`TIBDO`
Maktab psixologi
YOshlar yetakchisi
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 13 avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-son buyrug‘i 2-ilovasi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining metodbirlashmalari to‘g‘risidagi”, 3-ilovasi “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi Metodik kengash to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan vazifalar yuzasidan maktabda o‘quv-seminar tashkil etish
|
2021 yil
30 dekabr
|
Ta’lim muasassasi direktori MMIBDU, O`TIBDO`
Maktab psixologi
YOshlar yetakchisi
|
|
2021 yil 5-8 yanvar kunlari maktabda “Ustozlar bellashuvi”ni o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish.
|
2022 yil
5-8 yanvar
|
Ta’lim muasassasi direktori O`TIBDO`
|
|
“Samarqand viloyati tajribasi” ikkinchi yo‘nalishida belgilangan umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilarini OTMlariga kirish ko‘rsatkichini yaxshilash bo‘yicha o‘quvchilarni II-chorak davomida fanlardan o‘zlashtirish natijalarini tahlil qilish va ota-onalar yig‘ilishlarida muhokamaga qo‘yish.
|
2022 yil
7 yanvar
|
Ta’lim muasassasi direktori MMIBDU, O`TIBDO`
Maktab psixologi
YOshlar yetakchisi
|
|
Qishqi ta’til davrida maktabda fanlardan repitetorlik qilayotgan o‘qituvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ertalab soat 8:00 dan 17:00 gacha sinfxonalardan foydalanishini ta’minlash.
|
Qishki ta’til kunlari
|
ta’lim muasassasi direktori,
O`TIBDO`
|
|
Metodbirlashmalar tomonidan II-chorak davomida sinflar kesimida olingan ichki nazorat ishlari tahliliga ko‘ra fanlardan aniqlangan bo‘shliqlar bo‘yicha fan o‘qituvchilari bilan birgalikda dars ishlanmalari va metodik tavsiyalarini ishlab chiqish.
|
2022 yil
4-9 yanvar
|
ta’lim muasassasi direktori,
O`TIBDO`
|
|
Matematika, kimyo, biologiya, fizika, informatika fanlari o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi nazorat materiallari” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish va eng sara nazorat materiallarini tayyorlagan o‘qituvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
|
2021 yil 28 dekabrdan
2022 yil 15 yanvar
|
ta’lim muasassasi direktori,
O`TIBDO`
|
|
Ta’lim muassasasida qishki ta’til davomida amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish
|
Ta’til kunlari
|
MMIBDU, O`TIBDO`
Maktab psixologi
YOshlar yetakchisi
|