Chordata tipining umumiy tavsifi va tasnifi


Download 26.32 Kb.
bet4/5
Sana06.11.2023
Hajmi26.32 Kb.
#1750296
1   2   3   4   5
Bog'liq
portal.guldu.uz-1-Ma`ruza

To’rtinchi savol bayoni:
Xordali hayvonlar inson faoliyatida beqiyos katta ahamiyatga ega. Yovvoyi xordalilar go’shti, terisi, mo’ynasi, yog’i uchun va boshqa maqsadlarda ovlanadi. Yovvoyi xayvonlardan uy hayvonlari zotini yaxshilash, yaxshi mahsuldor hayvonlar zotlarini chiqarish maqsadida ham foydalaniladi. Shuning uchun noyob va yo’qolib borayotgan turlarni muhofaza qilish orqali ularni saqlab qolish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari uy hayvonlarining deyarli hammasi xordalilar hisoblanadi. Uy hayvonlari inson uchun sifatli oziq-ovqat manbai, ularning mo’ynasi, terisi va juni esa yengil sanoat uchun qimmatli xom-ashyo hisoblanadi. Odamlar qadim zamonlardan boshlab itlardan qo’riqchi; ot, eshak, tuya va boshqalardan esa transport vositasi, ishchi hayvon sifatida va sport musobaqalarida foydalanib kelishgan.
Bir qancha xordalilar ustida inson hayoti va sog’lig’i uchun nihoyatda muhim bo’lgan tadqiqotlar o’tkaziladi. Nihoyat, umurtqali hayvonlarning tuzilishi va hayotini o’rganish ekologiya, genetika, sistematika, qiyosiy anatomiya, biogeografiya va boshqa fanlarni hamda evolyutsion nazariyaning ko’p muammolarini tushunib olishga yordam beradi.
Nazorat savollari:
1. Chala xordalilar tipiga kiruvchi hayvonlarning tuzilishi, ko’payishi, tarqalishi va ahamiyati.
2. Umurtqalilar zoologiyasining qisqacha rivojlanish tarixi.
3. Xordalilarning o’ziga xos xarakterli belgilari.
4. Umurtqali hayvonlarning Markaziy Osiyoda va O’zbekistonda o’rganilganlik holati.
5. Umurtqalilar zoologiyasi fanining maqsadi, vazifalari va muammolari.
6. Umurtqali hayvonlarning qishloq xo’jaligi, o’rmonchilik, baliqchilik, ovchilik, sog’liqni saqlash va veterinariyadagi ahamiyati.


2. Mavzu: Xordalilar tipining sistematikasi. Lichinka xordalilar kenja tipi
reja:
1. Xordalilar tipining sistematikasi.
2. Lichinka xordalilar kenja tipi.
Mavzu bayoni:
Xordalilar tipiga 40-43 mingga yaqin tur kiradi. Xordalilar tipi bosh skeletsizlar, lichinka xordalilar (qobiqlar) va bosh skeletlilar (umurtqalilar) kenja tiplariga bo’linadi. Xordalilar yer yuzida ma’lum bo’lgan barcha muhitni egallagan.

Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling