Chordata tipining umumiy tavsifi va tasnifi


Download 26.32 Kb.
bet5/5
Sana06.11.2023
Hajmi26.32 Kb.
#1750296
1   2   3   4   5
Bog'liq
portal.guldu.uz-1-Ma`ruza

Qobiqlilar (Tunicata), ya’ni lichinka xordalilar (Urochordata) kenja tipi vakillari ham tuban xordalilar bo’lib, faqat lichinkalik davrida xordalilar tipiga xos tuzilishiga ega. Voyaga yetayotgan hayvonlarning xordasi yo’qolib ketadi, nerv nayi o’zgarib, yagona nerv tugunini hosil qiladi. Faqat appendikulyariyalarning xordasi va nerv nayi hayoti davomida saqlanib qoladi. Tuzilishining bunday soddalashuvi erkin yashovchi lichinkani voyaga yetgan davrida o’troq yashashga o’tishi bilan bog’liq. Tanasi kletchatkaga o’xshash moddadan hosil bo’lgan qobiq bilan o’ralganligi tufayli bu hayvonlar qobiqlilar deb ataladi.
Lichinka xordalilar kenja tipiga 1500 tadan 2100 tagacha tur kiradi. Shulardan 150 ta turi MDHda uchraydi. Ular o‘ta passiv, ya’ni suvni filtirlab oziqlanadi. Qon aylanish sistemasi tutash emas.
Lichinka xordalilar yoki qobiqlilar (pardalilar) kenja tipi 5 ta, y’ni Assidiyalar (Ascidiae), Olovtanlilar (Pyrosomidae), Salplar (Salpae), Bochkalilar (Doliolidae) va Appendikulyariyalar (Appendiculariae) sinflariga bo‘linadi1.
Ular orasida assidiyalar (Ascidia) va appendikulyariyalar (Appendicularia) sinflarining vakillari keng tarqalgan. Assidiyalar tanasining uzunligi 0,1 mm.dan 300 sm gacha keladi. Voyaga etgan hayvonning tanasi xaltasimon bo’lib, qalin qobiq – tunika bilan o’ralgan.
Assidiya tanasining ostki tomoni bilan suv tubiga yopishib hayot kechiradi. Tanasining yuqori uchida og’iz teshigi (og’iz sifoni), undan pastroqda esa chiqarish teshigi (kloaka sifoni) joylashgan. Suv tana bo’shlig’iga og’iz sifoni orqali kirib, kloaka sifoni orqali chiqib ketadi. Ko’pchilik assidiyalar yakka yashaydi. Faqat ayrim turlari koloniya hosil qiladi.
Assidiyalar va boshqa qobiqlilarning qon aylanish sistemasi tutash emas. Qonni yurak harakatga keltiradi. Yurakdan organlarga qon tomirlari ketadi. Halqum devorida juda ko’p jabra teshiklari joylashgan. Jabra teshiklari devorida juda ko’p kapillyar qon tomirlari bo’ladi. Ana shu kapillyar devorlari orqali gaz almashinuvi sodir bo’ladi. Assidiyalar tanasida hosil bo’lib turadigan dissimilyatsiya mahsulotlari ayrim hujayralar ichida to’planib turadi. Bu mahsulotlar organizmdan chiqarilmaydi.
Assidiyalar va boshqa qobiqlilar germafrodit hayvonlar. Tuxum hujayrasi organizm ichida (ichki urug’lanish) yoki tashqi muhitda (tashqi urug’lanish) urug’lanadi. Ayrim turlari jinssiz yo’l bilan kurtaklanib ko’payadi. Assidiyalar tuxumidan harakatchan mikroskopik lichinka chiqadi. Lichinka bir qancha vaqt erkin suzib yuradi, keyin suv ostidagi toshga yoki biron narsaga yopishib oladi. Ana shundan so’ng uning dumi, xordasi va nerv nayining ko’p qismi yo’qolib, tuzilishi soddalashadi.
Nazorat savollari:
1. Xordalilar tipining sistematikasini bayon qiling
4. Lichinka xordalilar kenja tipiga kiruvchi hayvonlarning o’ziga xos tuzilishi, ko’payishi, tarqalishi va ahamiyatini tushuntiring.

1


Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling