Choriyeva mohira elbekovna


Reja: 1.Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika


Download 0.54 Mb.
bet9/18
Sana26.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1296435
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Jis.mad.Mustaqil.2

Reja:
1.Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika.


2. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.



1.Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika.
Ijtimoiy fanlarda "funksiya" atamasi matematika, fiziologiya va
boshqa fanlarga qaraganda boshqacha ma’noga ega. Jamiyatshunoslikda
bu atama (ya’ni "funksiya") qatnashmoq, ta’sir etmoq, faoliyatida
qatnashmoq va shu kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’langan.
Jismony madaniyat funksiyalari boshqa funksiyalar kabi amaliyotda
Bo’ladigan ma’lum shakllardan ajraladi. "Shakllar" atamalari bu yerda
jismoniy madaniyatning tarkibiy turlarini, ya’ni tarkibiy aniqlikni
bildiradi.
Jismoniy madaniyat jamiyat va inson faoliyatining asosiy sohasidagi
Bog’lanishlar hamda o‘zaro qonuniy munosabatlar turlarining
yigindisisanaladi. Shu asosda - jismoniy holatini hamda sog’liqni
mustahkamlash qonuniy atlariga mos ravishda organizmni rivojlantiradi
va hayotda zarur bo’lgan jismoniy qobiliyatni ta’minlaydi. Jismoniy
madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari mavjud. Ular quyidagicha
farqlanadi:
1. Ta’limiy maxsus funksiyalar - umumiy ta’lim tizimida ko‘nikma
va malakalar bilan bog’liq bo’lgan bilimni muntazam shakllantirish;
2. Amaliy maxsus funksiyalar - amaliy tizimda mehnatga va kasbiy
yo‘nalishga qaratilgan;
3. Sport funksiyalari - yuqori natijalarni ko‘rsatish, bor
imkoniyatini ishlata bilishga qaratilgan;
4. Rekreativ va sog’lomomlashtiruvchi - tiklovchi maxsus funksiyalar
- dam olishda jismoniy mashqlarni ishlata olish, tiklash maqsadida
Qo’llash;
5. Jismoniy madaniyatdan jamiyat foydalanish bilan bog’liq bo’lgan
umumiy-madaniy, tarbiyaviy va boshqa ijtimoiy funksiyalar o‘zining
jismoniy tayyorgarligini, sog’ligini qanoatlantirishga qaratilgan.
Bazaviy jismoniy madaniyatga, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan
yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalash tizimiga xos jismoniy
madaniyatning fundamental qismi kiritiladi.
Bunday
jismoniy tayyorgarlikni, sportga yo‘nalishni va boshqalarni jismoniy
madaniyat negizi amalga oshiradi va imkoniyat yaratadi. Shuning uchun
ham bu maxsus funksiya deyiladi.
2. Sport - jismoniy madaniyatning komponenti sifatida
Oldin aytib o ‘tilganga ko‘ra zamonaviy sport turlarining ko'pchiligi
jismoniy madaniyat maxsus elementlari sifatida shakllana borgan.
Ommaviy sport - ommaviylikni oshirishga imkoniyat yaratadi.
Jismoniy madaniyat negizi umumiy jismoniy tayyorgarlikni saqlash va
oshirishga qaratilgan.
3. Kasb - amaliy jismoniy madaniyat. U xususiy kasb-amaliy va
harbiy-amaliy jismoniy madaniyatga bo’linadi.
Kasb-amaliy jismoniy madaniyat va bazali jismoniy madaniyat
umumiy jismoniy tayyorgarlikni tashkil qilish asosida kasb-amaliy
jismoniy tayyorgarlik ko‘riladi.
4. Sog’lomlashtiruvchi - tiklovchi jism oniy madaniyat. Jismoniy
madaniyatning bu bo’limi jismoniy mashqlardan kasallikni davolovchi
va kasallik, shikastlanish, charchash va boshqa sabablarga ko‘ra
buzilgan yoki yo‘qotilgan organizm funksiyalarini tiklovchi vosita
sifatida ajralib chiqdi - davolovchi gimnastika, vaqtni nazorat qilgan
holda yurish, yugurish va h.k.
5. Fonli jismoniy madaniyat. Bunga gigiyenik jismoniy madaniyat
(ertalabki gigiyenik gimnastika, sayrlar va boshqa jismoniy mashqlar
bo4lib, katta yuklama bilan bog’liq bo’lmaydi) va reaktiv jismoniy
madaniyat (faol turizm, ov, jismoniy madaniyat, sport o ‘yinlari va
ko‘ngil ochishlar) kiradi.
6. Jismoniy-madaniyat va boshqa madaniyat bo‘lim!arining
birlashgan komponentlari:
A) Jismoniy madaniyat teatrlashtirilgan shakllari - Jismoniy
madaniyat paradlari, ko‘rgazmali sport chiqishlari va h.k..
В) Jismoniy madaniyat arxitekturasi. Jismoniy madaniyat -
jismoniy tarbiya nazariyasining eng keng tushunchasidir. U yuqorida
ko‘rib o ‘tilgan hamma tushunchalarni o'z ichiga oladi. Boshqacha
aytganda, jismoniy tarbiya poydevorini qurish demakdir.
3. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshiarni jismonan sog’lom,
baquwat; Ko'rsatilgan maqsad asosida 1) sog’lomlashtirish; 2) ta'limiy; 3)
tarbiyaviy vazifalar hal etiladi Suyak, bo‘gin tizimi, tana holati, shuningdek, tarkibiy qismlarining
turli yo‘nalishlarda harakatlanish imkoniyatini ta’minlaydi. Suyak
apparati bog’lam va bolg ‘inlarini to4g ‘ri va vaqtida rivojlantirish tanani
me’yorda ushlab turishni hamda hamma organ va tizimlar rivojlanishini
ta’minlaydi. Umurtqa pogconasining qiyshayishi, bukirlik, yassioyoqlik
muhim organlarning faoliyat jarayonini buzadi, bu esa kelajakda kasallikka olib keladi. Bolalarda suyak tizimi nisbatan bo‘sh, chunki unda bir
qancha nayhujayralari bo’ladi: bo‘g’lnlar ancha harakatchan, bog’lash
apparati oson cho‘ziladi, paylari kattalarnikiga qaraganda bo‘sh va kalta.
Shu munosabat bilan suyakning qotishi, umurtqa pog‘onasi
egiluvchanligi, bo'gin apparati oson cho‘zilishi va mustahkamlanishi
uchun to‘gri va o ‘z vaqtida yordam berish zaruriyati kelib chiqadi.
Nafas olish tizimi. Burun orqali nafas olganda havo biroz isiydi va namlanadi. Burun Yo’llaridan o ‘tadigan havo maxsus asbob nuqtalariga ta’sir etadi,
natijada nafas olish markazi qo‘zgalishi yaxshilanadi, chuqurroq nafas
olinadi. Og’lz orqali nafas olganda sovuq havo nafas olishning
shilimshiq qobig’lga ta’sir etib, uning kasallanishi, natijada organizmga
og‘riq beruvchi bakteriyalai lushibhi mumkin. Agar bola burin orqali
nafas olsa, shilimshiq qobiqdagi qilchalar havodagi changni ushlab
qoladi, shunday qilib havo tozalanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda
issiqni boshqarish kam rivojlangan bo’lgani uchun organizmni tashqi
muhitning noqulay sharoitlariga, ya’ni chiniqishni tavsiya etadi.
0 ‘zbekistonda maktabgacha tarbiya konsepsiyasida ko‘rsatilganiga
ko‘ra maktabgacha tarbiyani maqsadi bolani shaxs sifatida oyoqqa
turg‘azishdir. Oldindan tuzilgan dasturga asosan jamoa maktabgacha
tarbiya tizimi oilaviy tarbiya bilan bog’liq holda olib borilganidagina
bolalarga ham jismoniy, ham tarbiyaviy yordam berish mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda etnik va
etnopsixologik xususiyatlarni hisobga olish zarur. Bolaning psixik va
shaxsiy rivojlanishida oiladagi tarbiya o‘zining ahamiyati jihatidan
yuqori bo’lishi kerak. Oilada bola birinchi marta o ‘z xalqining
madaniyati va turmushi bilan to ‘qnashadi, milliy odatlarni o ‘zlashtira
boradi. Oiladagi tarbiya bola himoyasini amalga oshiradi - jismoniy va
hissiy qulayliklar yaratadi Maktabgacha tarbiya muassasalarida yoshlardan boshlab sog’liqni saqlash an’anaviy tus olish lozim.
Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha ta’lim va boshlang’lch ta’lim
yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni:
harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, jismoniy sifatlarni
rivojlantirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena ko‘nikmalarini singdirib
borish, maxsus bilimlami egallash, mustaqillik ko‘nikmasini singdirish
kabilarni ham hal etib borish zarur.
Asab tezligining elastikligi tufayli harakat malaka va ko‘nikmalari
ancha oson shakllanadi. Ko‘pgina harakatlar (emaklab yurish, yugurish,
velosiped uchish va boshqalar) oddiy hayotda bolalar tomonidan ko‘p
foydalaniladi, bu esa atrof-muhit bilan aloqani yengillashtiradi va uni
bilish imkonini beradi.
6-MAVZU: JISMONIY TARBIYA VOSITALARI TEXNIKASIGA TAVSIF.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling