Choriyeva mohira elbekovna


Download 0.54 Mb.
bet1/18
Sana26.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1296435
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Jis.mad.Mustaqil.2

Toshkent viloyati


Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti
Sport va ChHT fakulteti Jismoniy madaniyat XQS 21/1 guruh talabasi
CHORIYEVA MOHIRA ELBEKOVNA ning
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan yozgan
MUSTAQIL ISHI


Chirchiq-2022
1-Mavzu: Jismoniy madaniyat tushunchalari, maqsad va vazifalari
Mavzu rejasi:
1. O‘quv predmeti, ilmiy, amaliy fan sifatida va uning mazmuni.
2. Jismoniy madaniyat nazariyasining manbalari.
1. O‘quv predmeti, ilmiy, amaliy fan sifatida va uning mazmuni
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yo‘naltirilgan o‘quv predmeti sifatida jismoniy madaniyat mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi, unga erishishni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida inson jismoniy kamolotining vositalari, ulardan amalda foydalanishni, jismoniy sifatlarni tarbiyalashning mashg‘ulot shakllari va uning uslubiyotlari haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni o‘z ichiga olgan va jamiyatimiz a’zolarini, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini boyitish uchun xizmat qiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanadi va takomillashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy-tadqiqot ma’lumotlari, jismoniy madaniyat nazariyasi va uni uslubiyotini yangicha tamoillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun ham jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti predmeti qotib qolgan, o‘zgarmas ma’lumotlar to‘plashdan iborat bo‘lishi mumkin emas. Tan tarbiyasiga oid nazariy bilimlar boyib o‘zgarishda bo‘ladi – bu qonuniyat.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti ijtimoiy, tabiiy, pedagogika va boshqa qator fanlar erishgan yutuqlarga tayanadi.
O‘quv fani sifatida shakllanishi va rivojlanishi orqali amaliy o‘quv fani sifatida jamiyat a’zolarining jismoniy tayyorgarligiga, jismoniy rivojlanishiga ta’sir etadi. Bu o‘z navbatida ijtimoiy mehnat va harbiy amaliy tayyorgarlik uchun zarurdir.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyot fanining m a z m u n i g a quyidagilar:
- jismoniy madaniyat ijtimoiy hodisa tarzida jamiyat mahsuli sanalgan tarbiyaning boshqa shakllari bilan uzviy bog‘liqligiga oid bilimlarni;
- mamlakatdagi mavjud jismoniy tarbiya tizimi, uning maqsadi, vazifalari va zvenolari;
- jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va nazariy tamoillari;
- jismoniy tarbiyaning vositalari va uning usulubiy tamoillari;
- harakatga o‘rgatish, jarayonining mazmuni, vositalari, jismoniy tarbiya ta’limi uslubiyatlari;
- jismoniy sifatlarni rivojlantirish qonuniyatlari;
- jismoniy mashqlar, ularning mazmuni, tuzilishi texnikasining asosi, zvenolari va detallarini;
- jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining mazmuni, tuzilishi, tashkillashning shakllari;
- o‘quvchi talaba yoshlar jismoniy tarbiya jarayoni va uni yo‘lga qo‘yish va bu jarayonni rejalashtirish;
- maktabgacha yoshdagi va umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, o‘quvchi va yoshlarning jismoniy tarbiyasi mazmuni;
- sport trenirovkasi jarayonining tavsifi, mazmuni, tashkillash uslubiyotini o‘zida mujassamlashtirgan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti har qanday holatda ilmiy pedagogikaning ajralmas bir qismi tarzida uning negizini tashkil etuvchi umumiy qonunlar, tamoillar, uslubiyotlaridan foydalanadi, barcha sport fanlari uchun ham bu qonunlar, qoidalar mos keladi va o‘ziga xos ma’no kasb etadi. Jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, pedagogik jarayon tarzida, jismoniy madaniyat nazariyasining o‘rganish predmeti hisoblanadi. Aholining har qanday tabaqasi bolalar, o‘smirlar, yoshlar, o‘rta yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni endigina boshlaganlar, malakali sportchilarning jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlarining umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling