Choriyeva mohira elbekovna
Download 0.54 Mb.
|
Jis.mad.Mustaqil.2
2. Jismoniy mashqlarning tavsifi.
Jismoniy mashqlar tarixan gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelinmoqda. “J i s m o n i y m a sh q” atamasi jismoniy madaniyat nazariyasining yetakchi tushunchalaridan biri hisoblanadi. Jismoniy mashq tushunchasining ta’rifi qator mualliflar tomonidan turlicha ifodalangan. A.D. Novikov, L.P. Matveev, B.A. Ashmarin, B.A. Shiyan va boshqa qator mualliflarning ta’rifiga ko‘ra “J i s m o n i y m a sh q” deb jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, uslubiyotlari majmuasi to‘plandi va hozirgi kun davomida tushunchaning mazmuni to‘ldirilmoqda. Qator darsliklarda (A.D. Novikov, B.A. Ashmarin va boshqalar, 1966, 1979) jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixi ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘g‘ri keladi deb, ularning o b ‘ b ye k t i v va s u b ‘ ye k t i v sabablarini ochib berishga harakat qilingan. Jismoniy mashqning vujudga kelishida o b ‘ ye k t i v sabab qilib ibtidoiy odamning qorin to‘ydirish maqsadida ov qilishi, s u b ‘ ye k t i v sabab sifatida esa asta sekinlik bilan uning ongning shakillanishi jarayoni qabul qilingan. Ibtidoiy ov qilish qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odamlar o‘z o‘ljasini (ovini) holdan toydirguncha quvlaganlar. Bu ovchining organizmiga katta jismoniy tayyor garlikka ega bo‘lish talabini yuklagan. Jismoniy tayyor garligi yetarli bo‘lmaganlarning o‘zlari oviga yem bo‘lganlar. Keyinchalik ibtidoiy odamlar gala-gala bo‘lib yashashga o‘tgan laridan so‘ng, yakka ov qilishdan ko‘ra ovga jamoa bo‘lib chiqishning afzalligini tushuna boshlaganlar. Bu esa ibti doiy odamning ongi shakllana boshlaganligini ko‘rsatardi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling