Choriyeva mohira elbekovna
Download 0.54 Mb.
|
Jis.mad.Mustaqil.2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘r satmali lik tamoyili . 4. Bajara olish va individuallashtirish tamoyili
3. Mashqlarning mazmuni va uning shakli.
Jismoniy mashqlarning m a z m u n i v a u n i n g sh a k li. Barcha xodisa va jarayonlarga o‘xshash jismoniy mashqlar o‘zining mazmuni va shakliga ega. Jismoniy mashqni bajarishda sodir bo‘ladigan mexanik, biologik, psixologik jarayonlar mazmunlarining majmuyi-to‘plami jismoniy mashqlarning m a z m u n i n i yuzaga keltiradi, ularning o‘zaro muvofiqligi esa harakat faoliya tidagi qobiliyatni namoyon bo‘lishi orqali ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, mashq mazmuniga harakat bo‘laklarining to‘plami, masalan, uzunlikka sakrashda tanaga tezlik berish (yugurish), depsinish (sakrash chuqurligi taxtasi ustidan), havoda uchish, yerga tushishdek shu mashqning xarakat tarkibidagi zvenolari va ularga qo‘shimcha mashqni bajarish jarayonidagi hal qilinadigan umumiy va xususiy vazifalar, mashqni bajarishda organizmda sodir bo‘ladigan funksional o‘zgarishlar haqidagi nazariy bilim va amaliy harakat malakalari kiradi. Bu elementlarning barchasi jismoniy mashqning umumiy mazmunini vujudga keltiradi. 1-rasm. ( Umumrivojlantiruvchi mashqlar). Umumrivojlantiruvchi mashqlar jismoniy mashqlar majmuasi bo`lib, har tamonlama jismoniy sifatlarini rivaojlantiradi. Inson tanasini maxsus mashqlardagi yuklamaga jismonan tayyorlaydi. Shuning unchu har qanday jismoniy maxsus mashlardan oldin umumrivojlantiruvchi mashqlar bajariladi. 2-rasm. (Maxsus mashqlar) 3-MAVZU: JISMONIY MADANIYATNING DIDAKTIK TAMOYILLARI Mavzu rejasi: Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi. 1. Tamoyillar tizimi 2. Onglilik va faollik tamoyili 3. Ko‘rsatmalilik tamoyili. 4. Bajara olish va individuallashtirish tamoyili Tamoyilning umumiy ta’rifi rus tili izohli lug‘atida biror nazariya, ta’limot, fanning asosiy boshlang‘ich qonuni (qoidasi) sifatida tushuntiriladi. Ta’lim va tarbiya tizimida tamoyil deganda “Yo‘naltiriluvchi qoida”, “Asosiy qoida”, “Ko‘rsatma” tushuniladi. Tamoyillarning amaliy ahamiyati shundan iboratki, ular sinovlar va xatolar qilish yo‘lidan holi ravishda belgilangan maqsadga aniq borishga imkon beradi, vazifalarni hal etish negizini ochadi hamda ularni amalga oshirishning asosiy qoidalarini belgilab beradi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling