Choriyeva mohira elbekovna


JISMONIY MADANIYATNING DIDAKTIK TAMOYILLARI


Download 0.54 Mb.
bet7/18
Sana26.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1296435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Jis.mad.Mustaqil.2

JISMONIY MADANIYATNING DIDAKTIK TAMOYILLARI






Umumiy metodologik tamoyillar


Onglilik va faollik tamoyili


Ko‘rsatmalilik tamoyili

4-MAVZU: JISMONIY MADANIYATNING JAMIYATDAGI ASOSIY FUNKSIYASI VA SHAKLLARI


Mavzu rejasi:


  1. Jismoniy tarbiya tizimi tushunchasining mazmuni.




  1. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalari.

3. Jismoniy tarbiya tizimining xususiyatlari.
4. Jismoniy tarbiya tizimining zvenolari.

Jismoniy tarbiya jarayoni aniq bir tizim asosida yo‘lga qo‘yilsagina oldindan ko‘zlangan natijaga erishishi muqarrar. Jismoniy tarbiya tizimi tushunchasining mazmuni o‘z ichiga jamiyatda amalga oshirilayotgan jismoniy tarbiyaning prinsiplari, vositalari, metodlari va uni tashkillash shakllarining shunday umumiyligini o‘zida mujassamlashtiradiki, u mavjud jamiyat a’zosini ma’nan boy va har tomonlama garmonik rivojlantirishdek maqsad va vazifalariga mos tushsin (L.P.Matveev, A.D.Novikov, 1976).


Vatanimizning mudofaasi masalasi jamiyatimizda yo‘lga qo‘yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar qo‘ya diki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining ob’ektiv xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Bunday xususiyatlarga diyorimiz xalqlarining har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarining rivojlan ganligi darajasining ko‘rsatkichi, jamiyatimiz a’zolarini Vatan mudofaasiga tayyorligi faktori sifatida qaraladi va ular mamlakat jismoniy tarbiya tizimining maqsadida ifodalanadi.
Mamlakat jismoniy tarbiya tizimining asosiy maqsadi Respublikamiz xalqlarini huquqiy demokratik davlatning aktiv quruvchilari sifatida jamiyat a’zosini ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorlash, sog‘lom, uzoq umr ko‘rish uchun lozim bo‘lgan turmush tarzini yo‘lga qo‘yish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar va amaliy malakalarni berishdan iborat.
Qayd qilingan maqsad mamlakatimizda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir.
Mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimi maqsadining umumiyligi, jismoniy tarbiya tizimining asosiy qonuniyat laridan biridir.
Bashariyat tarixiga nazar tashlasak, har bir millat, elat o‘zining pahlavonlari, jismonan barkamol o‘g‘lonlari bilan faxrlangan. Diyorimiz xalqlari esa o‘z farzandlarini xalq og‘zaki ijodi qahramonlari Alpomish, Rustam, Go‘ro‘g‘li, Barchinoy kabi jisman va ma’nan shakllangan bo‘lishlarini orzu qilganlar va shu maqsadda elati, millati jismoniy tarbiya tizimi maqsadini shunga yo‘naltirganlar.
Ko‘rsatilgan maqsadni amalga oshirishda shug‘ullanuvchi-larning yoshi, sog‘ligi, jismoniy tayyorgarligi, shug‘ullanadigan kasbining jismoniy tayyorgarligi talablaridan kelib chiqib mamlakat jismoniy tarbiya tizimi jamiyat a’zolarining jismoniy tarbiyasini amalga oshirishda qator aniq vazifalarini hal qilishga to‘g‘ri kelmoqda.
J i s m o n i y t a r b i ya t i z i m i n i n g u m u m i y v a z i f a l a r i:
a) odam organizmi funksiyasini garmonik rivojlantirish, jismoniy qobiliyatini har tomonlama kamolga yetkazish, sog‘ligini mustahkamlash va jamiyat a’zosini uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga yo‘naltirish;
b) hayotiy zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini oshirish, kundalik turmushda zarur bo‘ladigan jismo- niy madaniyatga molik maxsus bilimlarini shakllantirish;

Jismoniy tarbiyaning vazifalari
v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismoniy sifatilarni tarbiyalash;








odam organizmi funksiyasini garmonik rivojlantirish

hayotiy zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini oshirish




har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismoniy sifatilarni tarbiyalash



Jismoniy tarbiya tizimining maqsadi va vazifalari mavjud jamiyat tarbiya jarayonining elementlari bilan lozim darajadagi muvofiqlikda uzviy bog‘lansa va bu muvofiqlik ob’ektiv xarakterga ega bo‘lsagina jismoniy tarbiya jarayoniga qonuniy yo‘nalish beradi.
Mazmunida ma’naviy qadriyatlarimiz, jismoniy barkamol lik saboqlari, tizimning xalqchilligi, uning ilmiyligi va boshqa qator xususiyatlarini mujassamlashtirish zaruriyatga aylanadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling