Choriyeva mohira elbekovna


Download 0.54 Mb.
bet3/18
Sana26.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1296435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Jis.mad.Mustaqil.2

Mavzu rejasi:
1.Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari
2. Jismoniy mashqlarning tavsifi.
3. Mashqlarning mazmuni va uning shakli.
4. Jismoniy mashqlar ta’sirini aniqlaydigan omillar.

Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni
. mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. J. t.ning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. J. t. aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n qoʻshib olib boriladi.
Ibtidoiy davrdan boshlab J. t.ga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʻlgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uygʻonish davrida J. t.ga eʼtibor yanada kuchaydi. Gumanistlar J. t.ni oʻquv dasturiga kiritishga uringanlar. J. t.ga oʻrta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida karala boshlandi. J. J. Russo "Emil, yoki Tarbiya toʻgʻrisida" deb atalgan pedagogik risolasida J. t.ning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini taʼkidlagan. 18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada paydo boʻlgan "insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — filantropinlar J. t.ning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam oʻrin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Fransiya, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlarda J. t.ning milliy tizimlari tarkib topdi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling