Choriyeva mohira elbekovna


Matematik hisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati


Download 0.54 Mb.
bet14/18
Sana26.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1296435
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Jis.mad.Mustaqil.2

3. Matematik hisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati
Hozirgi kunda o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning natijalarini ishonchliligini aniqlash, ularni qiyoslash, tasdiqlash va boshqalarda fanlarning barchasida tadqiqot lrning matematik hisoblash uslubiyotlaridan keng foydalan ilmoqda. Atrofimizni o‘rab olgan voqea-xodisalar, har qanday jarayonlarning ikki tomoni – sifat va miqdor tomoni mavjud. Ma’lumki, matematika voqelarning abstrakt shakldagi miqdor tomonini o‘rganadi. «Fan matematikadan foydalanishga muyassar bo‘lgandagina o‘zining takomiliga yetadi» - degan edi Pol Lafarg. Shunga ko‘ra jismoniy madaniyat nazariyasining tadqotlarida keyingi yillarda matematika fanlaridan foydalanilmoqda, lekin hozirgi paytda asosan matematik statistika ilmiy tadqiqot jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
4. Suhbat, intervyu olish va so‘rovnomadan foydalanish usullari
Pedagogika amaliyotida tadqiqotning quyidagi so‘rov usul lari keng qo‘llaniladi: suhbat, intervyu olish va so‘rovnomadan foydalanish. Usullarning bu guruhi sub’ektiv hisoblanadi, chunki u respondentdan (so‘rovda ishtirok etuvchidan) olinadigan og‘zaki axborotga asoslanadi.
Suhbat - o‘rganilayotgan masalani ikki tomonlama (yoki ko‘p tomonlama) muhokama qilish yo‘li bilan shaxsni o‘rganish va axborot olish usulidir. Suhbat usulidan xatti-harakatlarni muhokama qilish va tahlil etish hamda shaxsning ma’naviy bahosini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Intervyu- maqsadli savollar tizimiga respondentning og‘zaki javoblarini olishga asoslangan axborot olish usuli tushuniladi.
So‘rovnomadan foydalanish - ilmiy tadqiqot usullari dan biri bo‘lib, uning yordamida tadqiqotchi so‘roqla nuvchining og‘zaki xabarlari zamiridagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. So‘rovnomadan foydalanish tadqiqotchi tomonidan izchillik asosida tuzilgan savollarga so‘raluvchidan yozma axborot olish jarayoni bo‘lib, tadqiqotning eng keng tarqalgan, matematik ishlov berish ancha qulay bo‘lgan, ko‘p sonli so‘raluvchilarni qamrab olishga imkon beradigan usulidir. Oqilona ishlab chiqilgan so‘rovnoma tadqiqotchi uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: tanlangan muammodagi tadqiqot uchun eng dolzarb yo‘nalishlarni aniqlash, muammo mohiyatini aniq maqsad asosida tekshirishni tashkil qilish; o‘tkaziladigan ilmiy tajriba maydonini imkon qadar toraytirish; farazlarni ifodalash uchun ishonchli amaliy dalillar olish; o‘rganilayotgan hodisaning tasodifan ko‘zga tashlanadigan ayrim jihatlarini emas, balki tipik manzarasini ochib berish; muayyan o‘quv-mashqlanish muammosini hal etishda trener yoki sportchi faoliyatidagi tipik kamchiliklarni aniqlash; ularning mazkur faoliyati uchun tipik murakkabliklarni ochish; aniqlangan kamchiliklar va qiyinchiliklarning sabablarini o‘rganish; o‘rganilayotgan masalalarni hal etishda trenerlik tajri­ba­si­ning ijobiy tipik jihatlarini yuzaga chiqarish.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling