Mavzu rejasi:
1. Ilmiy tadqiqotning nazariy tahlil va umumlashtirish uslubiyoti.
2. Pedagogik kuzatish va eksperiment ilmiy tadqiqot metodi.
3. Matematik hisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati.
4. Suhbat, intervyu olish va so‘rovnomadan foydalanish usullari.
Ilmiy tadqiqotning nazariy tahlil va umumlashtirish uslubiyoti.
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fani ta’lim-tarbiya jarayoning ilmiy-tadqiqotlarini olib borishda qator ilmiy izlanish uslublaridan - nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik hisoblash, suhbat, intervyu, sotsiologik tadqiqotlar – tarbiya jarayonining turli muammolarini o‘rganishda foydalaniladi. Hozirgi kun amaliyotida sinalgan, o‘zini oqlagan, tadqiqotchiga yaqin yordamchi sanalgan fan - “bibliografiya” tadqiqotchining vazifasini biroz yengillashtirmoqda.
Bibliografiya nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro‘yxatini tuzib chiqadi.
Retrospektiv uslub orqali ularni sistemaga solib ma’lum davrga oid adabiyotlarning ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha yangilikla riga qisqa izoh beradi.
Bundan tashqari, tadqiqotchi “bibliografik tavsifnoma” dan ham foydalanadi. Tavsifnoma nashrdan yangi chiqqan adabiyotlar uchun yozma ravishda yoki referat sifatida - ilmiy ish natijasini qisqartirgan holda matnini tayyorlaydi, unga izoh beradi.
Tadqiqotchining ilk faoliyati bibliografik izlanish lardan iborat bo‘lib, o‘rganilishi yoki tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan muammoning farazi, undan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqliklar, qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs, qiyoslashlar qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir uslubi hujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy tarbiya jarayonining mazmun, tashkiliy tomonlari asosan mashg‘ulotlar uchun tuzilgan rejalar, ularni amalga oshirish uchun dasturlar, ishchi dasturlar, mashg‘ulotlarning texnologik xaritalari, mashg‘ulot (dars)larning konspektlar, murabbiylar, tarbiyachi yoki o‘qituvchilarning kundaliklari, haftalik, oylik, choraklik, yillik hisobotlar va shunga o‘xshashlarda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |