Choriyeva mohira elbekovna


Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyoti


Download 0.54 Mb.
bet13/18
Sana26.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1296435
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Jis.mad.Mustaqil.2

2. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyoti
Tadqiqotchi qo‘llayotgan bu uslubiyotning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o‘zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Tadqiq qilinuvchilarni tadqiqot o‘tkazilishidan xabardorligi, tadqiqot natijasiga salbiy ta’sir qilishi tadqiqotlar o‘tkazish amaliyotidan ma’lum. Kuzatish jarayonida sodir bo‘lgan bahsli, munozarali holat larni olingan foto surat, kinosyomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar orqali qayta kuzatuvlarni tashkillab baxsli, munozarali xulosalarga lozim bo‘lgan tuzatishlarni qilish mumkin buladi. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubida nisbatan keng foydalaniladigan uslublardan biri, natijani aniq hisobga olish uslubiyotlaridan biri x r o n o m ye t r l a sh d i r. «Xrono»-vaqt, «metr»-o‘lchov demakdir. Bunda harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija tahlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo‘lgan vaqt yoki dars, trenirovka mashg‘ulotining boshidan oxirigacha mashg‘ulot zichligini aniqlash maqsadida mashg‘u lotning asosiy vaqti samarasiga baho berish uchun xronomerlashdan foydalaniladi.
2. Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi
Ilmiy tekshirishning bu metodi faqat tadqiqotchi tomo nidan uyushtiriladi va eksperimentda tadqiqotchining o‘zi aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Eksperimentni ob’ektiv o‘tkazish amaliyotida tabiiy, modulli va laboratoriya eksperimentlari, deb nomlangan xilla ridan foydalaniladi.
Tabiiy eksperiment tadqiq qilinayotgan nazoratdagi masala hayotiy sharoitda qanday holatda uchrasa, foydalanilsa, qo‘llanilsa, aynan o‘sha holatda olib boriladi. O‘tkazilayotgan tajribadan uning ishtirokchilari butunlay bexabar bo‘lsalar, tajriba natijasi shunchalar samarali bo‘lishi ilmiy- tadqiqotlarning shu uslubidan foydalanishda isbotlangan.
Misol tariqasida o‘tkazilgan bir tadqiqot mazmuniga to‘xtalaylik: bir maktabning ikki sinfidagi jismoniy tarbiya darslarida dastur materialini o‘zlashtirilishi an’anaviy o‘qitish uslullari bilan, boshqasida esa maxsus tanlangan uslubiyotlar bilan olib borilib, natijani taqqoslash orqali qaysi sinfda samaradorlik yuqori bo‘lganligini aniqlash kerak bo‘lib qoldi. Modulli eksperiment metodidan foydalanishda kuzatuvchi hayotda uchraydigan oddiy sharoitdan bir oz o‘zgargan muhitni yaratib tajriba o‘tkazadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling