Chorshanbiyeva shodiyaning mintaqaviy iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.6 Mb.
bet1/7
Sana17.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1205675
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
CHORSHANBIYEVA SHODIYA MINTAQAVIY IQTISOD FANIDAN MUSTAQIL ISHI





TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
IQTISODIYOT - YO’NALISHI
3-BOSQICH 821- GURUH TALABASI
CHORSHANBIYEVA SHODIYANING
MINTAQAVIY IQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI



Topshirdi : Chorshanbiyeva. Sh
Qabul qildi : Norqobilov. N

Termiz 2023 – yil
EKSPORT QILINAYOTGAN MAHSULOTLAR VA UNI EKSPORT QILAYOTGAN MINTAQALARNI JADVAL USULIDA TASVIRLANG.


REJA:
KIRISH
Asosiy qism:
1. Tаshqi iqtisоdiy аlоqаlаrning mоhiyati vа tаsnifi.
2. Mintаqаlаrning ekspоrt sаlоhiyati.
3. Mintаqаlаrdа qo’shmа kоrxоnаlаrni rivоjlаnishi. Tаyyor mаhsulоt ekspоrtini ko’pаytirish yo’llаri.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

KIRISH
Mamlakatimizning iqtisodiy tarmogʻida oʻzining yuksak salohiyati bilan alohida oʻrin tutadi. Hududda togʻ-kon va kimyo sanoati, metallurgiya, qurilish materiallari kabi muhim tizimlarda mahsulot va xomashyolar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ayni damda mahsulotlarni eksport qilish sohasi ham tobora takomillashib bormoqda. Joriy yilning yanvar-may oylarida bu borada belgilangan 176,6 mln. dollar miqdoridagi reja taxminlari amalda 180,4 mln. dollar yoki 102 foiz qilib bajarildi. Viloyati hokimligi mutasaddilari va Axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, oy yakunigacha bu koʻrsatgich 110 foizga uddalanishi kutilmoqda.
Viloyatning eksport salohiyati yuksalayotganligiga koʻplab misollar keltirish mumkin. Masalan, 2019-yilning shu davrida eksportyor korxonalar tomonidan 514 turdagi mahsulotlar xorijga joʻnatilgan boʻlsa, bu raqam bugunga kelib 582 xilni tashkil etmoqda.
Eksport qilinayotgan mahsulotlar roʻyxatida qurilish materiallari, etil spirti, maishiy roʻzgʻor buyumlari, turli xildagi koʻzoynaklar, gilam, ayollar va erkaklar oyoq kiyimlari asosiy oʻrin tutayapti.
Hukumatimiz tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlarga yaratilayotgan sharoitlar va hududda olib borilayotgan izlanishlar natijasida oʻtgan yillarda import qilib kiritilgan gazoblok mahsulotlarini viloyatning oʻzida katta hajmlarda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Eʼtiborli jihati shundaki, bu mahsulotlar biznes maydonidan importni siqib chiqardi va eksportga yoʻnaltirildi.
Toʻqimachilik sohasidagi tayyor mahsulotlar, paxta sellyulozasi hamda meva-sabzavotlarni eksport qilish hajmi ham muttasil oʻsib bormoqda.
Viloyatning bu boradagi yutuqlariga yana bir misol xorijdagi hamkorlar koʻlamining ortib borayotganidir. Oʻtgan yilda hududdan 58 ta mamlakatga mahsulotlar joʻnatilgan boʻlsa, hozirda xorijdagi xaridorlar safiga Portugaliya, Ruminiya, Argentina va Vengriya kabi davlatlar ham qoʻshildi.
Viloyat hokimligi tomonidan tuman va shaharlardagi korxonalar hamda qishloq xoʻjalik sektorlarining eksport salohiyatini kengaytirish borasida olib borilgan izlanishlar va tavsiyalar natijasida 92 ta yangi korxonalar (72 ta sanoat, 27 ta qishloq xoʻjaligi) eksport jarayoniga jalb etildi. Bugungacha bu jamoalar tomonidan 38,2 mln. dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston tomonidan eng ko‘p eksport qilingan mahsulotlar ro‘yxati.






Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling