Chortoq pedagogika kolleji
Inklyuziv ta’lim tamoyillari
Download 1.46 Mb.
|
Chortoq pedagogika kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolaning mustaqil faoliyatini qo’llab-quvvatlash tamoyili
- Inklyuziv maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’ziga xos xususiyatlari
Inklyuziv ta’lim tamoyillari
Inklyuziv ta’lim quyidagi tamoyillarga asoslanadi: Individual yondashuv tamoyili- guruh bolalarining har birining individual tarbiyaviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiyaning shakl, metod va vositalarini tanlashni o’z ichiga oladi. Bolalarni individual rivojlantirish dasturlari bolaning funksional holatini tashxislashga asoslanadi va muayyan bolani rivojlantirish bo’yicha individual strategiyani ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Individual yondashuv nafaqat bolaning ehtiyojlariga tashqi e’tibotni o’z ichiga oladi, balki bolaga ularning individualligini amalga oshirish imkoniyatlarini ham beradi. Bolaning mustaqil faoliyatini qo’llab-quvvatlash tamoyili- Inklyuziv ta’lim muvaffaqiyatining muhim sharti bolaning mustaqil faoliyati uchun shart-sharoit yaratishdir. Bu tamoyilni amalga oshirish ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish muammosini hal etadi. Ko’pincha faoliyat bolaning o’z xususiyatlari, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishga imkon bermasligni hisobga olib, kattalar tamonidan ularga g’amxo’rlik ko’rsatiladi.bunday holda bola tashqi tabassumni kutadigan bo’lib, sust harakat qiladigan bo’lib qoldi. Xuddi shu narsa alohida ehtiyoji bor bolalar ota-onalari bilan ham sodir bo’lishi mumkin. Ota-onalar ijtimoiy hayot va ta’limda bola rivojlanishida ishtirok etish uchun o’z imkoniyatlarini to’g’ri baholay olmay davlatdan yordam va imtiyozlar kutishlari mumkin. Inklyuziv maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’ziga xos xususiyatlari alohida ehtiyojga muhtoj bolalarning umumiy ta’lim bilan muntazam guruhlarda pedagoglar bilan birgalikda mutaxassislar jamoasi shug’ullanadilar; alohida ehtiyojga muhtoj bolalarning qanchasini bir guruhga muvaffaqiyatli kiritish mumkinligini aniqlab olish zarur. Odatda bu miqdor har bir bolaning xususiyatlari turiga va pedagogning o’z maktabgacha ta’lim tashkilotidan oladigan yordamiga bog’liq.Masalan, boshqa mutaxassislar yordami bilan pedagog faqat bitta og’ir kasallikka chalingan bolani yoki yengil tashxis qo’yilgan bir necha bolani o’z guruhiga olishi mumkin. Guruhdagi bolalar umumiy sonining 5-10% dan ko’p bo’lmagan shtadi bo’yicha alohida ehtiyojga muhtoj bolalarni ham o’z ichiga olishi amaliyoti mavvjud. Agar guruhda 20 nafar bpla bo’lsa alohida ehtiyojga muhtoj 1-2nafar bolani qabul qilish; farzandlarining ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishiga doir qaror qabul qilishda ota-onalar va boshqa oila a’zolari faol ishtirok etishi; barcha pedagoglar (guruh tarbiyachisi, maktabgacha ta’lim psixologi va defektologi, musika rahbari, jismoniy tarbiya yo’riqchisi) jamoa bo’lib ishlaydi va ularning say – harakatlarini muvofiqlashtiradi. Qarorlar bir-biri bilan samarali xamkorlik qiladigan jamoa a’zolari tomonidan qabul qilinadi. strategiyalar va ta’lim berish butun bolalarning rivojlanishini ta’minlaydi va har bir alohida bolaning maxsus rivojlanish ehtiyojlarini hisobga oladi. maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash individual bolanining rivojlanish xaritasi bolalarning kuchli tomoni va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tuzilgan. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling