Chortoq pedagogika kolleji


Download 1.46 Mb.
bet34/135
Sana24.10.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1718022
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135
Bog'liq
Chortoq pedagogika kolleji

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

atrofdagilar kayfiyatini so‘zlashuv ohangiga qarab aniqlaydi (onam xursand bo‘lyapti, bobomning jahli chiqyapti);
qarsak chaladi, xursand bo‘ladi, biron-bir tovush yoki harakati atrofdagilarga ta’sir qilishini anglasa, ushbu tovush va harakatlarni qaytaradi.

kattalarning unga munosabatidan o‘z hissiyotlarini, taassurotlarini namoyon qiladi;
hayrat, zavq, qo‘rqinchni ifodalaydi;
mustaqil o‘yin harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan quvonchni (xafalikni) ko‘rsatadi.

muloqotda ochiq, ijobiy emotsional ruhiyat ustun, atrofdagilarga asossiz tajovuzkorlik ko‘rsatmaydi;
boshqalarga achinadi, qayg‘uradi ;
boshqa odamning emotsional holatini tushuna boshlaydi va shunga mos munosabat bildiradi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolaning har bir yutug‘ini maqtash va qo‘llab-quvvatlash;
o‘yinchoqlarga ovoz berib, turli hissiyot va harakatlarni tanish imkoniyatini berish;
oilada emotsional ijobiy holatni yaratish va har kuni bola bilan o‘ynash;
o‘yin vaqtida bolaga o‘ziga ishonch hissini oshirish uchun yaqin turishga harakat q�lish va barcha birgalikda bajarilayotgan harakatlarni bolaga aniq va lo‘nda tushuntirish;
baland tovush va shovqinlarni cheklash.

bola bilan u bilan bog‘liq bo‘lgan turli vaziyat va hissiyotlarni muhokama qilish;
bolaga rad javobini berilishi sababini tushuntirish;
bolaning jahli chiqganda, xafa bo‘lganda yoki o‘zini yomon his etganda yonida bo‘lish.

bola bilan suhbatda hissiyotlarni ta’riflovchi so‘zlarni qo‘llash;
multfilm qahramonlarining yorqinligini tahlil qilish; hissiyotlarni ifodalovchi so‘zli o‘yinlardan foydalanish, kayfiyat va his tuyg‘ular haqidagi hikoyalar va she’rlarni o‘qish.

Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda hissiy rivojlanish talablari hisoblanadi:



  • bola o‘zining “men” konsepsiyasini rivojlantirishi;

  • bola boshqalarning ruhiy kechinmalariga munosabat bildirish va o‘z hissiyotlarini ifodalash qobiliyatiga ega bo‘lishi.

Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda hissiy rivojlanish indikatorlari hisoblanadi:

  • u bilan o‘ynaganda baland ovozda kulish;

  • o‘z ehtiyojlarini yig‘lash orqali ifodalash;

  • o‘zini ko‘zguda ko‘rib jilmayish, ko‘zguni qo‘li bilan silash.

Bola bilan munosabatlarda quyidagilarga amal qilish lozim:

  • bola bilan birgalikda ko‘zguga qarash va tabassum qilishni rag‘batlantirish;

  • bola bilan so‘zlashish va turli o‘yinlar o‘ynash;

  • bola o‘z ehtiyojini ifodalab yig‘layotganda buni payqashga urinish va uning ehtiyojlarini qondirish.

Bola bilan munosabatda unga kulib qarash va do‘stona ohangda gapirish lozim.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling