Chorvachilik tizimining texnikaviy elementlari chorva mollarini saqlash va boqish davrida ishlatiladigan bino-inshootlar, molxonalar, qo’l mehnatini yengillashtiradigan mexanizasiya va elektrlashtirish vositalari, mashina-uskunalardan unumli foydalanish tadbirlarini mujassam etadi. Chorva mollari saqlanadigan binolar keng, quruq va turli kasalliklarga chalinishga qarshi profilaktik talablarga javob berishi, keng mexanizasiyalashganligi bilan ajralib turishi lozim.
Chorvachilikning u yoki bu tizimiga iqtisodiy baho berishda quyidagi ko’psatkichlardan foydalaniladi:
davlat tomonidan chorvachilik mahsulotlari va ularning turlari bo’yicha sotib olish buyurtmalari bajarilishini ta’minlanishi;
har 100 ga yem-xashak maydoniga chorva mollari soni va mahsuldorligi to’g’ri kelishi;
chorva mollarining maxsuldorligi, bir bosh molga to’g’ri keladigan xarajatlar;
yem-xashak birligiga yetishtirilgan mahsulotlar miqdori;
mehnat unumdorligi va mahsulot tannarxi.
Podani takror ishlab chiqarish va poda aylanmasi
Podani takror ishlab chiqarish quyidagi talablarga rioya qilishni taqozo etadi:
podani to’ldirish uchun qoldirilgan yosh mollarni o’z vaqtida urchitish;
podadan ona mollar sifatida foydalanish muddatlarini belgilash, qisir qoldirmaslik, serpushtlarini ko’paytirib borish;
yosh mollarni nobud qilmasdan to’la saqlab qolish, ularni parvarish qilishni yaxshilash, 18-24 oylikka yetganda sotish uchun 400-500 kg yetkazish;
intensiv o’stirish va semirtirishni tashkil qilish;
mollarni urchitish va ularning bolalash kalendar muddatlarini to’g’ri belgilash, chorva mollari zotini butun choralar bilan yaxshilash.
Chorva mollari ulardan unumli foydalanilgandan keyin yoki qariganligi, zotining pastligi va boshqa sabablarga ko’ra mahsuldorligini pasaytirganligi yoxud pastligi uchun podadan chiqariladi, brak qilinadi. Poda normal holda tashkil qilinganda sigirlar har yili o’rtacha 10-12 foiz miqdorida brak qilinishi kerak. Podani to’ldirish deyilganda brak qilingan mollar o’rnini to’ldirish uchun mollarni asosiy podaga o’tkazish tadbirlari tushuniladi. Buning uchun yosh mollar ichidan eng yaxshilari tanlab olinadi va aloxida parvarish qilinadi. Ular maqsadga muvofiq yoshga va og’irlikka yetganda asosiy podaga o’tqaziladi.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |