Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi
Yem-xashak rejasi va yem-xashak balansini tuzish. Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tizimlarini rivojlantirish
Download 138.04 Kb.
|
26-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti.
4.7.4.Yem-xashak rejasi va yem-xashak balansini tuzish. Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tizimlarini rivojlantirish.
Turli chorva mollarini boqish tartibi mamlakatimizning u yoki bu zonasidagi mavjud yem-xashak turlariga, ularni yetishtirish usullariga, chorva mollarini asrash hamda tarmoqning intensivlik darajasiga ko’ra belgilanadi. Chorvachilikda foydalaniladigan yem-xashaklar turli xillarga bo’linadi. Yem-xashaklar asosan qishloq xo’jalik mahsulotlari yoki uni qayta ishlashdan hosil qilinadi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlanadigan oziqqa sut va uning chiqindilari go’sht, baliq, suyak unlari va boshqa chorvachilik chiqindilaridan tayyorlangan oziqlarga suyak uni, fosfor har xil tuzlar va tarkibida turli mikro elementlar bo’lgan yemlar kiradi. Har bir qishloq xo’jalik zonasi va korxonasida yem-xashak yetishtirishni to’g’ri tashkil qilish va chorvaning oziq bazasini mustahkamlash chorva mollarini oziqlantirishni maqsadga muvofiq tashkil qilishning asosiy sharti chorva rasionida mollar o’zlashtirishi uchun zarur xamma moddalar mavjud bo’lgan yem-xashaklar optimal tartibini tanlab olish va mahsulot birligiga eng kam oziq birligi sarflashdir. Oziq rasioni chorva mollariga beriladigan yem-xashak turlarini va ularning oziq me’yoridagi salmog’ini ifoda qiladi. Oziq rasioni har bir chorva turi bo’yicha har qaysi korxonaning o’ziga xos xususiyatlarini, ya’ni yem-xashak turlari, ularni yetishtirish usullari va yo’llari hisobga olingan holda belgilanadi. Oziq rasioni chorva mollarining biologik ehtiyojlarini to’la qondirish va yem-xashak sarfiga chorva mollarini asrash usullari va mollar maxsuldorligi katta ta’sir qiladi. Mahsuldorlik qanchalik katta bo’lsa, mahsulot birligiga shunchalik kam yem-xashak sarf qilinadi. Chunki chorva mollarining hayotini saqlab turish uchun talab qilinadigan yem bo’lsa, u shuncha ko’p mahsulot o’sishiga taqsim qilinadi. Masalan, sigirlardan 2000 kg sut olinganda 1 kg sut yetishtirish uchun 1,4 kg oziq birligi , 125 gr oqsil modda, 3000 kg sut olinganda 1,14 kg oziq birligi sarflanadi. Ayrim turdagi yem-xashakka, shirali oziq, suvli, dag’al va ko’k oziqqa bo’lgan talab shu turdagi chorva moli uchun qabul qilingan rasiondagi uning salmog’iga ko’paytiriladi. Yuqoridagi misolda sigirlar uchun qabul qilingan rasiondagi shirali oziqlar 22 foizni tashkil qilishi kerak bo’lganda rejalashtirilgan mahsulot uchun talab qilinadigan shirali oziqlarning umumiy hajmi 9029 s ni (41041x22):100 tashkil qiladi. Zarur yem-xashak talabining umumiy miqdori aniqlangach, yem-xashak balansi tuziladi. Balansda yem-xashakning hamma turlari ko’rsatiladi. Balansda yem-xashaklar jismoniy xolidagina emas, balki oziq turlalarida va o’zlashtiriladigan oqsil moddalari tarzida ham hisobga olinadi. Chorvachilikning ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda eng asosiy e’tibor uning yem-xashakka bo’lgan talabini to’g’ri aniqlashga qaratilishi kerak. Xo’jaliklarda chorvachilikning yem-xashakka bo’lgan talabi ikki davrga rejalashtirilayotgan kalendar yilga hamda rejalashtirilayotgan yilning hosilidan kelasi yilning hosiliga bo’lgan davrga aniqlanadi. Rejalashtirilayotgan kalendar yilga yem-xashakka bo’lgan talabni aniqlash yem-xashakka bo’ladigan sarflarni hamda chorvachilik mahsulotlari tannarxini aniqlash uchun zarur. Chorva mollarining o’rtacha yillik soni va boqish me’yorlariga ko’ra chorvachilikning yem-xashakka bo’lgan talabi aniqlanadi. Chorva yirik mollarini boqishni tashkil qilishda rasionga qo’yiladigan zootexnik talablar to’la hisobga olinishi kerak. Xo’jalikda qo’llaniladigan rasion ham zootexnik talablariga hamda iqtisodiy talablarga, ya’ni chorva mollarining yuqori mahsuldorligini ta’minlash uchun turli-tuman va to’yimli bo’lishi bilan birga rasion qiymati arzon bo’lishini ta’minlash kerak. Yem-xashak balansi ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida talab qilinadigan yem-xashaklar, ikkinchi qismida yetishtiriladigan yem-xashaklar va farq ko’rsatiladi. Agar ayrim yem-xashak turlari bo’yicha biror-bir farq sodir bo’lsa, uni bartaraf qilish choralari ko’riladi. Bunda asosiy e’tibor korxonaning o’zidagi ichki imkoniyatlarni ishga solishga qaratilishi kerak. Buning uchun birinchi navbatda boqish rasioniga rioya qilgan holda o’zaro bir-birining o’rnini qoplaydigan ekinlarning hosildorligiga ko’ra ekin maydonlarini qayta ko’rib chiqish, kam hosilli ekinlarni yuqori hosilligi bilan almashtirish yoki ekinlarning hosildorligini oshirish tadbirlarini ko’rish talab qilinadi Download 138.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling