Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi


Download 138.04 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi138.04 Kb.
#1497982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
26-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti.

naslchilik ishlari tizimi – chorva mollarining mahsuldor va kasalliklarga chidamli zotlarini yaratish, nasldor chorva mollarini saqlash va urchitish ishlarini yaxshilash choralari bilan xarakterlanadi. Bu ish bilan asosan davlat yoki xususiy naslchilik xo’jaliklari qonunchilikda belgilab berilgan tartibda ish olib boradi.

  • zoovetrinariya tadbirlari tizimi – chorva mollarining turli kasalliklarga chalinishini oldini olish va profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, kasallikka chalingan chorva hayvonlarini samarali davolash orqali ularning mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi.

  • chorva mollarini boqish tizimi – ularning mahsuldorligi va mahsulot sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omil sanaladi. Ilmiy asoslangan oziqa rasionlari asosida to’yimli elementlarga ega bo’lgan oziqlantirish mahsuldorlikni oshirishga, chorva mollarining sog’lom bo’lishiga va mahsulot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi. Oziqlantirishning silos-konsentrat, senaj-konsentrat va boshqa usullari oziq rasioni tarkibi va to’yimli mikroelementlar bilan boyitilishi jihatidan bir-biridan farqlanadi. Oziq rasionida kerakli elemetlarni hisobga olmaslik mahsuldorlikning pasayib ketishiga va chorva mollarining kasalliklarga chalinishini oshirishga olib keladi.

  • chorva mollarini saqlash tizimi – chorvachilik tizimida muhim omillar qatoriga kiradi. Ishlab chiqarishning mexanizasiyalashuv darajasining oshishi munosabati bilan chorva mollarini saqlash sharoitlarini yaxshilashga imkon beruvchi yangi usullar joriy etilmoqda.

  • oziqa yetishtirish tizimi – butun chorvachilik tizimini tashkil etishning asosiy bo’g’inlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Mustahkam oziqa bazasiga ega bo’lmasdan turib, chorva mollarining mahsuldorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash mumkin emas. Chorva mollari zoti mahsuldor va sog’lom bo’lsa ham oziqa yetishmasligi uning sifat ko’rsatkichlarini tushirib yuboradi. Oziqa bazasini yaratishni almashlab ekish tizimi va ekinlar tarkibini oqilona joylashtirish bilan birgalikda hal etmoq lozim.


    Download 138.04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling