Chorvachilik kovorking
Download 35 Kb.
|
Farg\'ona davlat universiteti Chorvachilik ma\'lumotnoma
Chorvachilikni yangi innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish istiqbollari. “Chorvachilik kovorking” markazini tashkil etish loyihasi bo‘yicha ma’lumot Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda qishloq xo‘jaligining o‘ta muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan chorvachilik tarmog’ini jadal rivojlantirish, xalqimizni arzon va sifatli go‘sht hamda boshqa oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash, chorva mollarining ozuqa bazasini ko‘paytirish, chorvachilik tarmoqlarida seleksiya-naslchilik ishlarini dunyodagi ilg’or tajribalar hamda zamonaviy texnologiyalar va ilim-fan yutuqlarini amalyotga joriy etish, yangi innovatsion terxnologiyalar bilan ilmiy asosda rivojlantirish, urchitilayotgan qoramol zotlarining ayniqsa, keyingi yillarda chet el davlatlaridan olib kelinayotgan nasldor qoramollarning maxsuldorlik, nasl, pushtdorlik, texnologik xususiyatlarini takomillashtirish, ularning sermahsul linyalarini, oilalarini, tiplarini, podalarini yaratish muhim vazifalar bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek qishloq joylarining rivojlanishi va aholi farvonligini oshirishda hamda oziq-ovqat xavfsizligi va aholi bandligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 6-iyuldagi 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivolanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-165-sonli farmoni hamda 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innavatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-307-sonli qaroriga asosan Farg‘ona davlat universiteti qoshida Chorvachilik kovorking markazini tashkil etish” loyixasi AL-FDU 2022 307-016 raqamli amalga oshirish loyixasi tasdiqlangan. Shunga asosan Zootexniya fakulteti Zootexniya va agronomiya kafedrasi dotsenti, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi Boboyev.B.K rahbarligida ushbu loyiha bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar ijrochilari bilan birgalikda tasdiqlangan rejaga asosan “Chorvachilik kovarning markazini tashkil etish” loyihasi universitetning Farg‘ona tumanidagi “Do‘stlik” oromgohida tashkil etilgan bo‘lib, chorvachilik sohalarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Shunga asosan chorvachilik kovorning markazida qoramollar uchun 2 ta molxonalar, qo‘ylar uchun 1 ta qo‘yxona hamda 1 ta ozuqa saqlash ombori, 1 ta silos bosish uchun maxsus joy tayyorlandi hamda 42 tonna silos bostirildi. Hozirda u yerda 6 bosh sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar, 20 boshdan ortiq naslli qo‘ylar boqish yo‘lga qo‘yildi hamda parrandachilik yo‘nalishida ishlar olib borilmoqda. Chorva hayvonlari uchun qishlovga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgan hamda ozuqa bazasi jamg‘arilmoqda. Ushbu loyihaning tashkil etilishi va ahamiyati shundan iboratki, tashkil etilgan. “Chorvachilik kovorning” markazida parvarish qilinayotgan chorva mollarining o‘sishi va rivojlanishi, mahsuldorligi, pushdorligi kabi xususiyatlarini oshirish hamda tana tuzulishi eksteryer ko‘rsatkichlarini o‘rganish maqsadida zootexniya yo‘nalishidagi talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish, amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ularning bandligini taminlash, shu sohaga qiziqtirish va kelajakda bilimli va ilmiy yetuk mutahassislar bo‘lishi uchun zamin yaratiladi. Shuning uchun kelajakda universitet qoshida zooinjeneriya fakulteti rivojlantirish ilmiy salohiyatni oshirish hamda zooinjeneriya yo‘nalishining turlari bo‘yicha ayniqsa qoramolchilik, qo‘ychilik, parandachilik, asalarichilik va baliqchilik tarmoqlarini ochish hamda qo‘shimcha kvotalar olish va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha oily ma’lumotli bakalavrlar tayyorlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunga asosan qoramolchilik yo‘nalishi bo‘yicha yangi loyihani joriy etish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirish kerak bo‘ladi: 1. Xo‘jalikda kamida 30 shartli qoramol yani 50 bosh qoramol bo‘lishi kerak. 2.Olingan nasilli qoramollar respublikaning nasilchilik fermer xo‘jaliklaridan yoki chet el davlatlaridan bo‘lishi hamda sut va sut-go‘sht yo‘nalishdagi golshtin yoki simental yani o‘zimizning iqlim sharoyitiga mos bo‘lishi e’tiborga olishida hamda imkoniyat bo‘yicha yoshi 1,5 yoshda oshgan bo‘g‘ozligi 6-7oydan oshmagan xo‘najinlarni sotib olish maqsadga muvofiq. 3.Buning uchun xo‘jalikda qoramollarni parvarishlash uchun yetarlicha sharoitlar, kichik ixtisoslashtirilgan loyiha asosida molxona, buzoqxona va boshqa yordamchi xonalar tashkillash kerak. 4.Xo‘jalikdagi qoramollarni boqish, oziqalantirish va to‘la qiymatli ratsion asosida boqishda yetarli oziqa bazasi bo‘lishi kerak. Buning uchun ozuqa bazasini yaratishda hamda ozuqa tan-narxini arzon bo‘lishi uchun har bir shartli mol uchun kamida 0,30 sotix yer maydoni ajratilishi kerak bo‘ladi. Jami 30 shartli yirik qoramol bo‘lsa kamida 10 gektar sug‘oriladigan yer maydoni talab qilinadi. Hozirda universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan “Chorvachilik kovorking markazi” faoliyatini rivojlantirish maqsadida 721 mln so‘m pul mablag‘lari ajratildi. ushbu ajratilgan mablag‘lar hisobidan yana 15 bosh sut-go‘sht yo‘nalishidagi naslli qoramollar hamda chorvachilik jixozlari sotib olinishi ko’zda tutilmoqda. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling