Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti xo’jarahimov davlatbek


Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikni oshirish


Download 6.69 Kb.
bet2/2
Sana29.04.2023
Hajmi6.69 Kb.
#1401770
1   2
Bog'liq
Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti-hozir.org

Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikni oshirish
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishdagi tadbirlar yetishtiriladigan mahsulot birligiga sarflanadigan mehnat va boshqa harajatlarni kamaytirishga qaratiladi. Bunda birinchi navbatda ishchi-xodimlarga mehnatga haq to’lash hajmlarini me’yor darajasida belgilash, mahsulot birligiga sarflanadigan miqdorni kamaytirish va mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishdan olinadigan foydalilik darajasini (rentabellik) oshirish imkoniyatlari izlanadi. Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmini ko’paytirish asosida unga sarflanadigan harajatlarni turlari bo’yicha kamaytirish eng avvalo mehnatni ilmiy asosda tashkil etish tamoyillarini amaliyotga joriy qilish, bunda barcha tadbirlarda resurslarni tejamkor qo’llash samarali hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotini shakllanishi davrida chorvachilik mahsulotlarining tannarxini pasaytirishga erishish eng muhim va dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bozorlarda va savdo shoxobchalarida sut va go’sht mahsulotlarini ko’proq harid qilish hamda bu oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan harajatlarini kamaytirish imkoniyatini yaratadi
O'zbekiston-chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri. Respublikaning qulay tabiiy va iqlimiy sharoitlari hamda hosildor tuprog’i chorvachilikni rivojlantirish uchun mos. O'zbekistonning sug`oriladigan yerlari, bepoyon qir-adirlari, dashtu-cho’l hamda tog` oldi yaylovlari chorvachilikni rivojlantirish uchun o'ta qulay. Sug`oriladigan yerlarda asosan qoramolchilik, pillachilik, parrandachilik rivojlangan bo’lsa, qir-adirlar, cho’l va tog` oldi yaylovlarida esa qo’ychilik (qorako’Ychilik), echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv havzalarida esa baliqchilik rivojlangan. Chorvachilikdan keladigan daromad doimiy ravishda o'sib bormoqda
O'zbekiston chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishi. Qoramolchilik
Qoramolchilik - respublika chorvachiligining yetakchi tarmoqlaridan biri. U respublikada yetishtiriladigan go’shtning to’rtdan uch qismini va sutning deyarli hammasini beradi. Mamlakatda qoramolchilikning sut, sut-go’sht, go’sht, go’sht-sut yo’nalishlari rivojlangan. Sut va sut-go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik yirik shahar atrofi xo’jaliklarida hamda yaqinda o'zlashtirilgan mintaqalarda, go’sht-sut, go’sht yo’nalishidagi qoramol zotlari esa tog` va tog`oldi mintaqalarida nisbatan ko’proq boqiladi.
O‘zbekistonda Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashi tashkil etiladi
Respublika kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

  • chorvachilik sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati korxonalari hamda chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash;

  • chorvachilikning barcha tarmoqlari va naslchilik sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muntazam ravishda muhokama qilib borish hamda bu boradagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

  • chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mahsuldorlikni oshirish va ozuqabop ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish

  • chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirish, jumladan, yangi quvvatlarni ishga tushirish va mahsulotlar turlarini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish;

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT



http://hozir.org
Download 6.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling