Choson LI sulolasi davri adabiyoti Guruh: 21-04 koreys(o`zbek) Bajardi: ablakulova mexrangiz


Download 10.33 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi10.33 Kb.
#1633847
  1   2   3
Bog'liq
Choson LI sulolasi davri adabiyoti-kompy.info


Choson LI sulolasi davri adabiyoti

Choson Li sulolasi davri adabiyoti

Guruh:21-04 koreys(o`zbek)

Bajardi:ablakulova mexrangiz

Reja:


  • KIRISH

  • I BOB . O`RTA ASRLAR NASRINING RIVOJLANISHI BOSQICHLARI(PXESOL,NASRIY ASARLAR, NOVELLA)………………………………………………………………………………………………………….

  • I.I . O`RTA ASRLAR NAZMI (SIJO, KOSA, CHANGSIJO, OSIJO, SOSOLJIJO)………………..

  • II BOB . ESSE VA KUNDALIKLAR

  • II.I . PAK CHIVON (ESSE)……………………………………………………………………………………………………

  • II.II . AKPU SHE`RIYATI (XON HONIMNING KUNDALIGI TAHLILI)………………………………..

  • XULOSA………………………………………………………………………………………………………………………………..

  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………………………………………………………

KIRISH

Ilk temir davrida Koreya yarim oroli va unga tutash hududlarda yirik qabilalararo uyushmalar shakllana boshlagan. Ularning tipologik mavqei hozirga qadar ilmiy munozara mavzusi hisoblanadi. Ba’zi mutaxassislar fikricha, bu harbiy yoki siyosiy uyushma bo‘lgan bo‘lsa, boshqa bir guruh olimlar dastlabki koreys davlati, uchinchi guruh olimlar esa yuqoridagi ikki fikrni umumlashtirib, qabilalar o‘rtasidagi ittifoqqa asoslagan ilk davlatchilik shakli deb ta’kidlaydilar. Xullas, dastlabki markazlashgan boshqaruvga ega bo‘lgan davlat – bu Choson yoki Ko–Choson (Qadimgi Choson)dir.

Qadimgi Choson Koreya yarim oroli shimoli–g‘arbida va Xitoyning Lyaodun va Lyaosi mintaqasida joylashgan. Ichki va tashqi nizolar ta’sirida qadimgi Chosonning chegarasi o‘zgarib turgan. Afsonaga ko‘ra, davlat poytaxti Vangomson (Pxenyan) bo‘lgan. Dastlab, bu shahar Lyaodun hududida bo‘lgan va poytaxt eramizgacha bo‘lgan IV asrda xitoyliklar hujumlari natijasida ko‘chirilgan. Biz “qadimgi chosonliklar“ haqida to‘xtalganimizda shuni nazarda tutishimiz kerakki, “qadimgi chosonliklar“ turli qabilalar birlashmasi hisoblangan. Choson iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i dehqonchilik bo‘lgan. Chorvachilik esa qo‘shimcha xo‘jalik mashg‘uloti bo‘lgan. Koreyslarda xitoyliklarga qaraganda metall quyish texnologiyasi va temir buyumlarni ishlab chiqarish, ayniqsa, bronzadan turli kundalik ehtiyoj buyumlarini tayyorlash ham rivojlangan. Shuningdek, mahalliy aholi orasida amaliy san’at namunalari, xususan, qo‘l mehnatiga asoslangan taqinchoqlar, xanjar va kulolchilik buyumlarini tayyorlash rivojlangan. Bu davrda ijtimoiy tabaqalashuv ham kuchaygan. Aholining aksariyat qismi qullardan iborat bo‘lgan bo‘lsa–da, lekin qulchilik qanday darajada bo‘lganligi masalasi birmuncha bahsli hisoblanadi. Hukmdorlar sulolasi (van) meros tarzida o‘tgan. Davlat boshqaruvi tizimi shakllangan. Xitoy manbalarida tebu, paksa, changun atamalarining uchrashi koreys davlatidagi vazirlar, maslahatchilar hamda qo‘shin sarkardalari yoki shunga o‘xshash boshqaruv tizimi haqida ma’lumotlar beradi.


Download 10.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling