Armaturadagi olindan zo’riqishlarning yo’qolishi
Armaturani taranglash chog’ida unda oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar vaqt o’tishi bilan qaytmas yo’qotuvlar evaziga kamayib boradi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarni hisoblashda ana shu yo’qotuvlarni e’tiborga olish lozim, chunki ularning qiymati ayrim hollarda ancha sezilarli bo’lishi (boshlang’ich nazorat qilinadigan kuchlanish spning 30...40% ini tashkil etishi) mumkin.
Kamayishning birlamchi va ikkilamchi deb ataluvchi turlari bor. Birlamchi kamayishlar element tayyorlanayotgan va beton siqilayotgan davrda sodir bo’ladi. Ikkilamchi kamayishlar esa beton siqilgandan keyin sodir bo’ladi.
Birlamchi kamayishlarga quyidagilar kiradi:
Armaturadagi kuchlanishlar relaksatsiyasi tufayli kamayish;
Harorat farqi tufayli kamayish;
Ankerlar deformatsiyasi tufayli kamayish;
Armaturadagi ishqalanish tufayli kamayish;
Po’lat qoliplar deformatsiyasi tufayli kamayish;
Beton siqilishining dastlabki soatlarida betondagi tob tashlash tufayli kamayish
Ikkilamchi kamayishlarga quyidagilar kiradi:
Armaturadagi kuchlanishlar relaksatsiyasi;
Betonning kirishishi;
Betonning tob tashlashi;
Quvur va rezervuarlarning o’ralgan armatura ta’sirida betonning ezilishi tufayli kamayishi;
Yig’ma element bloklari orasidagi choklarning siqilishi tufayli vujudga keladigan kamayish.
Har bir kamayish alohida formula orqali aniqlanadi:
1. Тaranglangan armaturadagi kuchlanishlar relaksatsiyasi natijasida kuchlanishlarning yo’qolishi asosan (oldindan uyg’otilgan) kuchlanishlar qiymati sp ga va armaturaning turiga bog’liq:
simli armatura tirgaklarga tirab mexanik usulda taranglanganda,
Do'stlaringiz bilan baham: |