Chuqur skvajinalarni burg’ilash jarayonlari va mexanizatsiya vositalari. Reja


Download 1.01 Mb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1469732
1   2   3   4   5
Bog'liq
CHUQUR SKVAJINALARNI BURG’ILASH JARAYONLARI VA MEXANIZATSIYA VOSITALARI.

Sharoshkali dolotolar
Sharoshkali dolotolar har qanday qattiqlikdagi, ayniqsa VI-Χ kategoriyadagi jinslarni burg‘ilash uchun ko‘zda tutilgan (rasm ).
Sharoshkali dolotolar bir, ikki, uch va to‘rt sharoshkali bo‘ladi. Bular ichidan uch sharoshkali dolotolar keng ishlatiladi.
Sharoshkali dolotolar korpus konstruksiyasi bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi. A – seksiyali (diametri 46 dan 320 mm gacha) va B – korpusli (diametri 346 dan 490 mm gacha).
Seksiyali dolotolarda sharoshkali seksiyalar bitta korpusga payvandlangan bo‘ladi va korpusning ustki qismidan tutashtirish rezbasi ochilgan bo‘ladi. Korpusli dolotolarda esa sharoshkali lapalar maxsus korpusga payvandlangan bo‘ladi, korpusda ichki tutashtirish rezbasi ochilgan bo‘ladi.
Jinslarni parchalovchi element sifatida prizmatik va ponasimon tishlar xizmat qiladi. Bu tishlar sharoshkani o‘zidan chiqariladi yoki qattiq qotishmalardan qurollanadi.


Olmosli dolotolar

Olmosli dolotolar burg‘ilash bo‘yicha V-Χ kategoriyadagi jinslarni burg‘ilash uchun ko‘zda tutilgan. Ular yuqori reys, burg‘ilash tezliklarini ta’minlaydi, ko‘tarib – tushirish operatsiyalar sonini qisqartiradi, quduqlarni egrilanishini kamaytiradi va mablag‘larni tejash imkonini beradi.


Olmosli dolotolar fasonli olmos – ushlab turuvchi matritsadan iborat bo‘lib, u poroshoksimon qattiq qotishmali shixtadan va tutashtiruvchi rezbali po‘lat korpusdan tarkib topgan. Markaziy qismi ichki tomonga bukilgan konus formadagi, yuvish suyuqligi o‘tish uchun kanallarga ega bo‘lgan yuzadan iborat bo‘ladi.
Olmosli dolotolar uch turga bo‘linadi: spiralli, radialli va pog‘onali.
Spiralli olmosli dolotolar (rasm a) kichik va o‘rta abraziv bo‘lgan jinslarni turbinali usul bilan burg‘ilashga mo‘ljallangan.
Radial olmosli dolotolarning (rasm b) ishchi qismi sektor sifatidagi o‘simtadan iborat bo‘lib, radial joylashtirilgan. Sektorlar orasida yuvish kanallari ko‘zda tutilagan. Bunday dolotolar kamabraziv o‘rta qattiqlikdagi va qattiq jinslarni rotorli va turbinali usulda burg‘ilash uchun ishlatiladi.
Pog‘onali dolotolar kamabraziv yumshoq va o‘rta qattiqlikdagi jinslarni rotorli va turbinali usulda burg‘ilash uchun ko‘zda tutilgan. Doloto matritsasi pog‘onali formada bo‘ladi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling