Chuqur skvajinalarni burg’ilash jarayonlari va mexanizatsiya vositalari. Reja


Download 1.01 Mb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1469732
1   2   3   4   5
Bog'liq
CHUQUR SKVAJINALARNI BURG’ILASH JARAYONLARI VA MEXANIZATSIYA VOSITALARI.

Rasm Olmosli dolotolar

Olmoslarning sig‘imiga qarab dolotolar bir qatlamli va impregnirlangan bo‘lishi mumkin.


Bir qatlamli olmosli dolotolarni tayyorlash uchun massasi 0,1 – 0,5 karat bo‘lgan, impregnirlangan dolotolar uchun 0,05 – 0,1 karat massadagi “bort” navli olmoslar ishlatiladi. Olmosli dolotolar quyidagi diametrlarda ishlab chiqarilmoqda: 138, 159, 188, 212, va 267 mm.
O‘ta – qattiq materiallari institutida (ISM,Kiyev) ISM turdagi yangi dolotolar yaratilgan. Bu dolotolarda keskich element sifatida SLAVUTICH – o‘ta qattiq material ishlatilagan.


Burg‘ilash snaryadi

Burg‘ilash snaryadi quyidagi elementlardan tashkil topgan: Vertlyug 11, yetakchi quvur 8, burg‘ilash quvurlari: 5, burg‘ilash qulflari va og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvurlari 3, o‘tgichlar 2, 4, 6, 7,9, 10, va doloto


(rasm 7.5.).
Yetakchi quvurlar


Yetakchi quvur – burg‘ilash snaryadining bir qismi bo‘lib, u rotordan aylanma xarakatni qabul qilib, uni burg‘ilash kolonnasiga uzatadi.


Yetakchi quvurlar kvadrat, oltiqirrali va krestsimon kesimda ishlab chiqariladi.
Yetakchi quvurlar kvadrat tomonlari 65, 80, 112, 140, 155 mm va uzunligi 13 – 14 m. holida ishlab chiqariladi.


Burg‘ilash quvurlari

Burg‘ilash quvurlarining quyidagi turlari mavjud:


- po‘lat burg‘ilash quvurlari;
- yengil qotishmali burg‘ilash quvurlari.
Po‘lat burg‘ilash quvurlari devori qalinligi 7 – 11 mm, diametri va uzunligi 63 mm – 6 metr, 73 mm – 8 metr, 89 va 102 mm – 11,5m, 114,140, 168mm – 11,5m. qilib ishlab chiqarilmoqda.
Yengil qotishmali burg‘ilash quvurlari aluminiy qotishmasi D 16 T dan tayyorlanadi va konstruksiyasi bo‘yicha po‘lat burg‘ilash quvurlari kabi ichki tomonga qalinlashtirilgan.


Burg‘ilash quvurlari uchun qulflar

Ichki tomonga qalinlashtirilgan burg‘ilash quvurlarini o‘zaro ulash uchun ikki turdagi qulflar ishlatiladi: 3N – normal o‘tish tirqishiga ega bo‘lgan; 3Sh – keng o‘tish tirqishiga ega bo‘lgan.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling