Click here to buy a b b y


Download 289.84 Kb.
bet7/80
Sana20.11.2023
Hajmi289.84 Kb.
#1789011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
Click here to buy a b b y-fayllar.org

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m


9
- o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari.


O'quv dasturi ham xuddi o'quv rejasi muhim davlat hujjati bo'lib, unda muayyan
o'quv predmeti, masalan: «Inson va jamiyat» fanining mazmuni ochib beriladi va o'quv
yili davomida o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va
malakalar hajmi ko'rsatiladi.
O'quv dasturlari tegishli ta'lim (umumiy o'rta, kasb-hunar yoki oliy ta'lim) turidagi
barcha ta'lim muassasalari uchun yagona, uning talablari to'la ravishda bajarilishi
majburiydir.
Dastur tushuntirish xati, bo'lim va mavzular bo'yicha ajratilgan soatlar hajmi,
dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxatidan iborat
bo'ladi.

Tushuntirish xatida o'quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan


o'rni, ular o'rtasidagi aloqadorlik, materialni o'rganish jarayonida hal etilishi lozim
ayrim bo'lim va mavzularni o'rganish xususiyatlari ko'rsatiladi. O'qitish (ta'lim)
metodlari va vositalarini qo'llashga doir tavsiyalar beriladi.
Soatlar hisobini asosli o'rinlarda o'zgartirilishiga yo'l quyiladi.
Dastur materiali bo'limlar va mavzular bo'yicha taqsimlangan bo'lib, har bir
mavzuni o'rganish uchun o'zlashtirishi majburiy bo'lgan tushunchalar tizimini,
shuningdek, ko'nikma va malakalarning aniq ko'rsatkichi beriladi, nihoyat,
o'quvchilarga qo'yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.
Dasturdagi material ta'lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va
izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.
O'quv dasturlari quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:
1. Dastur mazmunining ilmiy xususiyatga egaligi.
2. Dastur mazmunining ijtimoiy-g'oyaviy xususiyatga egaligi.
3. Nazariy g'oyalarning amaliyot bilan birligi.
4. Dastur mazmunining ijobiy-tarixiy xususiyatga egaligi va aniq bir g'oyaga
asoslanganligi.
5. Dastur mazmunining muayyan tizimga ega bo'lishi.
6. O'quv predmetlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik, bog'lanishning mavjudligi.
7. Dasturni tayyorlashda o`quvchilarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini inobatga
olish.
O'quv rejasi va dasturi ta'lim muassasasi ma'muriyati, o'quvchilar jamoalarining

so'zsiz amal qilishlari lozim bo'lgan davlat hujjatidir.




Download 289.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling