Cmm-55 Allabergenova Munisa Ro’zimuxammad qizi Mustaqil ish Dunyoqarash va uning strukturasi Reja


Download 89.5 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi89.5 Kb.
#217881
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa CMM-55Allabergenova Munisa Ro'zimuxammad qizi

4. Dunyoqarashning tarixiy tiplari

Hodisa va voqeaning mohiyatini bilmoq uchun uning qanday vujudga kelganini anglamoq zarur. Falsafiy dunyoqarash uzoq davom etgan evolyutsion jarayon mahsulidir. Uning mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun dunyoqarashning boshqa tarixiy tiplariga – mifologiya va dinga murojaat etishimiz kerak bo‘ladi.

Mifologiya – ijtimoiy ongning universal shakli bo‘lib, tarixiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida mavjud bo‘lgan.miflar (rivoyatlar, naqllar, afsonalar, ertaklar, dostonlar) barcha xalqlar dunyoqarashi uchun xos xususiyatdir. Ulardagi qator mavzular bir-biriga nihoyatda o‘hshash bo‘lib, ko‘pgina rivoyatlarda takrorlandi. Rivoyatlarning katta qismida koinot bilan bog‘liq muammolar yoritiladi, olamning yaralishi (yohud yaratilishi), tuzilishi, tabiat hodisalari, inson umriga doir savollarga javob izlanadi. Ularda olam Xudoning karomati bilan shaklsiz ibtidodan yaralgan mo‘jiza deb uqtiriladi. Ba’zi rivoyatlarda esa hatto olamning cheklanganligi, uning oxir-oqibatda o‘limga yuz tutishi haqida ham gap boradi.

Shuning bilan birga rivoyatlarda insonning kelib chiqishi, uning turmushi, orzu-umidlari, olam haqidagi tasavvurlariga ham katta e’tibor beriladi. Ayniqsa olovdan foydalanishning boshlanishi, dehqonchilik va hunarmandchilikning kelib chiqishi haqida maroqli hikoya qilinadi. Turli xalqlarning rivoyatlari biri ikkinchisi bilan bog‘lanib ketadi (“Ramayana”, “Iliada”, “Go‘ro‘g‘li”).

Rivoyatlarda ilk bilimlar, siyosiy qarashlar,san’at, va falsafaning turlari ham o‘z aksini topgan. Keyinchalik ularning barchasi mustaqil ravish-

da taraqqiy eta boshlaydi. Jamiyat hayotining ibtidoiy shakllari nihoyaisga yeta boshlagach, shu davrdagi dunyoqarashni ifodalagan miflar ham inqirozga yuz tutdi. Biroq undan ham kuch olib, rivojlana boshlagan boshqa dunyoqarash shakllari mifologiu ong kun tartibiga qo‘ygan muammolarga javob izlashda davom etdilar. Faqat bu izlanishlarda din va falsafaning yo‘li ayri tushdi (2-chizmaga qarang).

Din olamni ikkiga – foniy va boqiy dunyoga bo‘lib o‘rganadi. Diniy dunyoqarashning asosini ilohiy qudratning mavjudligiga ishonish va sig‘inish tashkil etadi. Ishonch – diniy ong mavjudligining shaklidir. U kishi ruhiyatning o‘ziga xos holatini xarakterlaydi. Ishonch sig‘inish orqali namoyon bo‘ladi. Sig‘inish- qat’iy o‘rnatilgan marosimlar sistemasidir. Islomda ilohiy qudratga ishongan va unga sig‘ingan kishini iymonli kishilar deb aytadilar. Iymon - e’tiqod obyekti to‘g‘risida guvohlik berishdan iborat bo‘lib, uning yetti asosiy predmeti mavjud:

Xudoning yakka-yu yagonaligiga ishonish;

Muqaddas kitoblarga ishonish;

Xudoning Rasullariga (Payg‘ambarlariga) ishonish;

Farishtalarning mavjudligiga ishonish;

qiyomat kunining kelishiga ishonish;

taqdirning ilohiyligiga ishonish;

o‘limdan keyingi hayotga ishonish;

Din – tarixiy taraqqiyot mahsulidir, u bir kishi yoki biror guruhning hohish irodasi bilan vujudga kelib qolgan emas. Shu nuqtai-nazardan martksistlarning “din- ommani tobelikda saqlab qolish uchun o‘ylab topilgan g‘oya”, degan degan fikrlari haqiqatdan mutloqo yiroqdir. Din jamiyatning ma’lum ehtiyojlariga javoban vujudgan kelgan dunyoqarashdir. Jamiyat rivojining turli bosqichlarida (shu jumladan bugungi ham) dinning turli variantlari, shakllari, ko‘rinishlari mavjud bo‘lgan. Chunonchi, “World almonas – 1994” jo‘rnalining ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda sayyoramiz aholisining 1 milliard 833 million xristian diinga, 971 million 300 minggi islom diniga, 723 million 800 minggi induizmga, 314 million 900 minggi buddizmga e’tiqod qilishadi. Bundan tashqari, 187 million 100 ming kishi Xitoy xalq dinlari, 143 million 400 ming kishi Osiyoning yagni dinlari tarfdorlari hisoblanadilar. Shuningdek, jahonda 96 million 600 ming butparastlar, 18 million 800 ming sikhlar, 18 million 600 ming yangi davr sektantlari, 17 million 800 ming iudaizm tarafdorlari, 10 yarim million shamanistlar, 6 million konfutsiylar istiqomat qilishadi. Atigi 876 million kishigina ateistdir. Bu faktlar nafaqat dinlarning turli-tumanligidan, balki diniy g‘oyalarning ijtimoiy ongga ta’siri bugungi kunda ham kattaligidan dalolat beradi.

Dinning asosiy tushunchasi – Xudodir. U odamzotning madadkori, maslahatchisi sifatida talqin etiladi. Diniy dunyoqarashga ko‘ra, inson Xudoga intilib yashamog‘i lozim. Biroq Xudoni to‘liq, oxirigacha anglab bo‘lmaydi. Chunki u shunday bir absolyutdirki, uni insonning cheklangan ongi bilan bilib bo‘lmaydi. Xudoni to‘liq anglab yetishga intilgan kishi latifadagi toshbaqaning ming yil yashashini aniqlash uchun uyiga olib kelgan bolakayni eslatadi.

Din dushmanlikni, qotillikni, ahloqsizlikni tarhib etmaydi. Xudo yo‘lida o‘z jonidan voz kechishni, birovning hayotini qurbon qilishni targ‘ib etuvchig‘oyalar soxta dindir. Din kishilarni adolatli, ahloqli bo‘lishga, sog‘lom hayot kechirishga chorlab kelgani uchun ming yillar davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

Dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoqarashning intelektual tomoniga e’tiborni qaratadi. U donishmandlikni izlash bilan mashg‘ul bo‘ldi. Zero, “Falsafa” so‘zining ma’nosi ham “donishmandlikni sevaman” iborasini anglatadi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, “Faylasuf” so‘zini ilk bora yunon mutafakkiri Pifagor ishlatgan. Uning fikricha, donishmandlikka intiluvchi va oqilona hayot kechiruvchi kishinigina “faylasuf” deb atalishga munosibdir. “Falsafa” terminini birinchi marta Platon qo‘llagan.

Falsafiy tafakkur o‘z izlanishlarini aql, intellekt pozitsiyasidan olib boradi. Rivoyatlarga xos bo‘lgan uydirmalar, timsollar o‘rnini mantiqiy tahlil umumlashtirish, xulosa, isbot egallay boshladi. Asta-sekinlik bilan ma’naviy madaniyatning eng e’tiborli qadriyatlarini o‘zida jamlagan falsafa ma’naviyatning mustaqil sohasiga, oliy qadriyatga aylana bordi. Falsafaning vujudga kelishi ham qadimda Hind va Xitoy, Eron va Turon, Yunonistonda yuz bergan buyuk madaniy o‘zgarishlarning tarkibiy qismi edi. Dasturilavvalda “falsafa” so‘zi nazariy tafakkurning sinonimi sifatida ishlatilgan. Falsafiy tafakkur nafaqat turli ma’lumotlarni jamlashga, balki olamni yaxlit tarzda idrok etishga intilgan. Shuningdek, falsafiy tafakkur inson tabiati, uning taqdiri haqidagi mulohazalarni ham o‘z ichiga oladi. Biroq falsafiy tafakkur ibtidosidagi eng buyuk ixtirolardan biri shu bo‘ldiki, dogishmandlik tayyor holda mavjud bo‘lganhosila emasligi anglab yetildi. Donishmandlik – insonning barcha aqliy imkoniyatlarini va ma’naviy kuch-qudratini jalb etishni talab qiladigan yo‘ldirki, uni har bir kishining o‘zi mustaqil bosib o‘tishi shart.

Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida yashab, ijod qilgan mutafakkirlar “Falsafa nima?”- degan savolga turlicha javob berganlar. Buning bir necha sababi mavjud. Ma’naviy madaniyatning o‘zgarishi bilan birga falsafaning predmeti ham o‘zgara bordi. Hatto olamni faosafiy tushunishning bir davrda bir necha variantlari ham bo‘ldi. Lekin olamga mutafakkirlar munosabatining o‘zgarishi qanchalik farq qilmasin, o‘hshash joyi shundaki, ularning barchasi falsafiy sitemalardir.

Xo‘sh, faylasuflar nimalar haqida mulohaza yuritganlar? Asrlar davomida ularning e’tiborini tortib kelgan muammo olamning borligi va birligi, xususan borliqning turli shakllari orasidagi o‘zaro aloqadorlik bo‘ldi. Ilk faylasuf tabiat muammolariga alohida e’tibor bilan qaraydilar. Ularni olamning tuzilishi, Yer, Quyosh, yulduzlarning vujudga kelishi, bir so‘z bilan aytganda, kosmogonik va kosmologik muammolar hayajonlantiradi. Faylasuflar butun borliqning o‘zagini tashkil etgan ibtidoni topishga intiladilar. Eramizdan avvalgi U 1 asrda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan Zardo‘sht Sepitoma (er.avv. 589-512) ta’limotida esa olamni bilish qoidalari haqida ham fikr yuritilgan. Bunday mulohazalar “Avesto”ning tarkibiy qismi bo‘lmish “Vispart” kitobida o‘z aksini topgan. Hullas, falsafa – tabiat falsafasi (naturfilosofiya) sifatida faoliyat ko‘rsatib, asrlar mobaynida o‘zining ana shunday xususiyatlarini yo‘qotmay keldi.

Asta-sekinlik bilan faylasuflar e’tibori ijtimoiy hayot muammolariga ham qaratila boshlandi. Ijtimoiy-falsafiy tafakkur pozitiv, ijtimoiy-siyosiy bilimlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Ijtimoiy voqealarni qunt bilan o‘rganar ekanlar, faylasuflar jamiyatda adolatni qaror toptirish, davlat va fuqarolar orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish yo‘llari haqida fikr yuritdilar. Ayniqsa, Moniy ibn Fatakning (216-276) demokratiya haqidagi, Mazdak ibn Xomadonning (456-528) ijtimoiy adolat va tenglik haqidagi mulohazalari falsafiy tafakkur taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ular o‘zlarining insonparvar g‘oyalarini keyingi avlodlarga bebaho tuhfa sifatida meros qilib qoldirganlar.

Faylasuflarni junbushga keltirgan muammolardan yana biri inson, uning tabiati, aqli, tuyg‘ulari, ahloqi, qobiliyati va hakazolar bilan bog‘liq. Hind va Xitoy, Eron va turon falsafasi inson muammolarini o‘rganishga avvaldan alohida e’tibor berib kelingan bo‘lsa, Yunon falsafasida koinotni qo‘yib, insonga boqqan birinchi mutafakkir Suqrot (er.avv.470-399) bo‘ldi. Uning mulohazalarining asosiy mavzui inson hayoti va mamoti, yashashdan maqsad, ahloqiy fazilatlar va shu kabilar bo‘ldi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida dunyoqarashning uch tarixiy tipi (mifoldogiya, din, falsafa) vujudga keldi. Mifologiya - kishilik jamiyatining ilk bosqichlarmda hukm surgan universal ijtimoiy shakli bo‘lsa, din – olamni foniy va boqiy dunyoga bo‘lib o‘rganuvchi dunyoqarash tipidir. O‘ziga xos dunyoqarash tipi bo‘lgan falsafa esa g‘oyalarning asoslanganligi, izchilligi, sistemaviyligi bilan ajralib turadi. Falsafiy dunyoqarash mifologik dunyoqarash zaminida vujudga kelgan bo‘lsa ham undan keskin farq qiladi. Mifologiyada qabiladagi urug‘chilik va qarindoshchilik munosabatlari ham tabiatga ko‘chiriladi, reallik va uydirma, voqelik va orzu umid o‘rtasida chegara qo‘yilmaydi. Dinda esa olam ilohiy qudrat mahsuli sifatidagina tasvirlanadi. Ulardan farqli ravishda falsafa aql, intellekt va mantiq pozitsiyasidan o‘rganishga intiladi.



Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling