Cmmt 80 guruhi o’quvchisi Rahimov Shoxruxmirzo


“2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash milliy dasturi”


Download 0.59 Mb.
bet4/7
Sana07.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1244605
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2018YIL 18 DEKABR. PREZIDENT VAZIFALARI

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash milliy dasturi”ni qabul qilishi kerak. Qishloq xoʻjaligi vazirligi mamlakatimizda meva-sabzavot yetishtirish boʻyicha klaster tizimi qanday holatda ekanini chuqur tahlil qilib, 2019 yil 1 martga qadar bu boradagi mavjud toʻsiqlarni bartaraf etishga doir takliflarni kiritsin. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya oʻzaro uzviy bogʻliq tushunchalar boʻlib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib boʻlmaydi. 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur. Birinchidan, aholi oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozim. Ikkinchidan, pensiya va nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibini qayta koʻrib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur. Uchinchidan, ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish zarur. Xalqimizda “taʼlim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir soʻz bor. Faqat maʼrifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi. Toʻrtinchidan, xalqimiz genofondini mustahkamlash maqsadida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va koʻlamini kengaytirish lozim. Bizning bosh maqsadimiz – nafaqat kasallikni davolash, balki uning oldini olishdan iborat

Beshinchidan, xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish lozim. Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini taʼminlash maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi faoliyatini yanada kengaytirish zarur Oltinchidanaholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar joy bilan taʼminlash, xalqimiz farovonligini oshirish doimo eʼtiborimiz markazida boʻladi. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Yettinchidan, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish yana bir dolzarb vazifadir. Afsuski, hozirga qadar yurtimizda Olimpiya yoki Osiyo oʻyinlari kabi nufuzli sport musobaqalari oʻtkazilmagan. Shu bois yaxshi niyat bilan kelgusida yozgi Osiyo oʻyinlaridan biriga mezbonlik qilish boʻyicha istiqbolli reja ishlab chiqishni boshlashimiz kerak


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling