2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, deb nom berganimiz munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi va uning chet eldagi vakolatxonalari ham oʻz ishini qayta koʻrib chiqishlari lozim boʻladi. Davlatning boshqaruv sohasidagi baʼzi funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida, jumladan, “autsorsing” shaklida xususiy sektorga topshirish lozim. davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish zarur. Prezident Administratsiyasiga tarmoqlar faoliyatini samarali boshqarishda strategik tahlil, rejalashtirish va prognoz tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli davlat siyosati Konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi. Bunda davlat boshqaruvi idoralarida strategik tahlil va prognozlashtirish tuzilmalarini tashkil etish lozim. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida alohida Ekspert kengashi tashkil etilib, unga xorijiy mamlakatlarning nufuzli olimlari va amaliyotchilari jalb qilinishi lozim. mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va masʼuliyatini qayta koʻrib chiqishimiz, ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim. xalq bilan uzluksiz muloqot va inson manfaatlari uchun xizmat qilish, barcha darajadagi rahbarlar uchun nafaqat majburiyat, balki hayotiy tamoyilga aylanishi shart. sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozim Sudyalar korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga toʻliq moslashtirish, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini taʼminlash zarur. xalqimiz tinchligi va xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish ishlarini yangi bosqichga koʻtarish talab etiladi jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va liberallashtirish boʻyicha ishlarni davom ettirish lozim. Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari qariyb 25 yil oldin qabul qilingan. Oʻtgan davrda jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi, dunyoqarashi oʻzgardi. Shu sababli bu kodekslar bugungi davr talablariga javob bermay qoldi. Shuning uchun jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni tubdan qayta koʻrib chiqish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |