Sakkizinchidan, turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha kompleks choralar koʻrishimiz lozim. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasini ishlab chiqishi va ijrosini taʼminlashi zarur. Shu asosda 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish lozim. Toʻqqizinchidan, oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarur. milliy oʻzligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashimiz lozim Mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozim. Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda bu borada tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi. Zamonaviy, oqilona boshqaruv tizimini joriy etish – oldimizga qoʻygan vazifalarni bajarishning asosiy shartidir. Bu borada quyidagi dolzarb masalalarga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish lozim. Hozirgi kunda Konstitutsiyaga muvofiq, parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin vazirlarni lavozimga qoʻyishda qatnashmaydi. Shuning uchun Hukumat aʼzolari parlament oldida masʼuliyatni yetarli darajada his etayotgani yoʻq. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman. Boʻlajak vazir parlament aʼzolari oldida sohani rivojlantirish boʻyicha oʻz dasturini himoya qilsin va unga erishish yoʻllarini asoslab bersin. Parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan biri boʻlgan Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini koʻrib chiqishga alohida ahamiyat berishimiz zarur. Bu ishni yuqori professional darajada yoʻlga qoʻyish uchun Oliy Majlis qoshida Davlat byudjeti boshqarmasini tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlur edi. ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, maʼmuriy islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qoʻllash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |