Cmmt 80 guruhi o’quvchisi Rahimov Shoxruxmirzo


Download 0.59 Mb.
bet1/7
Sana07.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1244605
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2018YIL 18 DEKABR. PREZIDENT VAZIFALARI

CMMT 80 guruhi talabasi YULDOSHOV SHERALI

Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018 yil 18 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida gumanitar soha hodimlari oldiga Quygan ustuvor vazifalarI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi matnida shunday deydi!!!

Biz 2018 yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” deb nom berib, Davlat dasturi doirasida 21 trillion soʻm va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirganimiz oʻtgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlarimizning natijasini koʻrsatib turibdi.

Hurmatli senator va deputatlar!

Qadrli yurtdoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasini bayon etishga ruxsat bergaysiz.

Bugun biz shiddat bilan oʻzgarib borayotgan zamonda yashamoqdamiz. Dunyo miqyosida manfaatlar kurashi, raqobat tobora avj olib, xalqaro vaziyat keskinlashib bormoqda.

Biz kelgusi yil uchun amaliy rejalar tuzar ekanmiz, xalqaro maydondagi ana shunday murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, taraqqiyotimizning ustuvor yoʻnalishlarini aniq-ravshan belgilab olishimiz zarur.

Kelgusi yilda tadbirkorlik, biznes uchun yanada qulay muhit yaratish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, aholi daromadlarini koʻpaytirish, pensiya taʼminotini yaxshilash boʻyicha ham koʻp ishlar qilishimiz lozim. Shularning barchasini hisobga olib, 2018 yilda boshlagan ishlarimizni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida, men kirib kelayotgan yangi – 2019 yilga“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, deb nom berishni taklif etaman. Yilga bunday nom berganimiz barchamizga juda katta vazifalar va masʼuliyat yuklaydi. Investitsiyalarni qanday qilib koʻpaytiramiz, ijtimoiy muammolarni qanday hal qilamiz, degan savollar oldimizda koʻndalang boʻlib turibdi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling