Cmmt 80 guruhi o’quvchisi Rahimov Shoxruxmirzo
Download 0.59 Mb.
|
2018YIL 18 DEKABR. PREZIDENT VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan , ekologik xavfsizlik, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish eʼtiborimiz markazida turishi zarur.
Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash – barcha yutuqlarimizning bosh garovidir. Bu borada quyidagi vazifalar dolzarb ahamiyatga ega. Birinchidan, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini oshirish, milliy mudofaa sanoati kompleksini shakllantirish, har qanday xavf-xatarga qarshi doimo shay turishimiz lozim. Qurolli Kuchlarimizda jangovar ruhni yuksaltirish, askar va ofitserlarimizni jismoniy va maʼnaviy jihatdan barkamol etib tarbiyalashga eʼtiborni yanada kuchaytirishimiz kerak Ikkinchidan, ekologik xavfsizlik, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish eʼtiborimiz markazida turishi zarur. Suv xoʻjaligi vazirligi 2019 yil davomida mintaqadagi davlatlar ekspertlari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishi lozim. Biz Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil oʻrmonlar barpo etishga alohida eʼtibor bermoqdamizUchinchidan, ochiqlik, oʻzaro teng va manfaatli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni davom ettirish va uning samaradorligini yanada oshirish choralarini koʻrishimiz zarur. Ayni shu maqsadlardan kelib chiqqan holda, biz xorijiy sheriklarimiz bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni barcha sohalarda amaliy mazmun bilan yanada boyitish tarafdorimiz. Biz oʻz tashqi siyosatimizda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan aniq va ravshan strategiyaga tayanamiz. Bu borada Oʻzbekiston mintaqadagi qoʻshni davlatlar bilan, shuningdek, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Eron bilan amaliy va oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishni muhim vazifa, deb biladi. Ushbu strategiyani amalga oshirishda qoʻshni Afgʻoniston alohida oʻrin egallaydi. Biz xalqaro hamjamiyatni Afgʻoniston hukumati rahbarligida tinchlik muzokaralarini boshlash zaruratini qoʻllab-quvvatlashga daʼvat etdik.Hammamiz bir haqiqatni yaxshi tushunamiz, 2019 yil uchun belgilab olgan reja va dasturlarimizni amalga oshirish, albatta oson boʻlmaydi. Hali faqat qogʻozda boʻlgan bu reja va dasturlarni amaliy ishlarga, real natijaga aylantirish uchun barchamiz birgalikda qattiq mehnat qilishimiz kerak. Bu yoʻlda bizga ishonch va ilhom, gʻayrat va shijoat beradigan beqiyos bir kuch-qudrat borki, biz unga tayanib, oʻz maqsadlarimizga albatta yetamiz. Bu – hayot sinovlarida toblangan, soʻzida qatʼiy turadigan, ishning koʻzini biladigan, mehnatkash, mard va matonatli xalqimizdir. Niyati ulugʻ xalqning – ishi ham ulugʻ, hayoti yorugʻ va kelajagi farovon boʻladi. Biz demokratik islohotlar yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Qanchalik qiyin boʻlmasin, faqat oldinga – yangi, yuksak marralar sari boramiz. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga hissa qoʻshish – Yaratganning oʻzi bizga bergan tarixiy imkoniyat, desak, toʻgʻri boʻladi. Barchamiz buni chuqur anglashimiz, qadriga yetishimiz zarur.Etiboringiz uchun rahmat
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling