Cmmt 80 guruhi o’quvchisi Rahimov Shoxruxmirzo


Download 0.59 Mb.
bet2/7
Sana07.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1244605
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2018YIL 18 DEKABR. PREZIDENT VAZIFALARI

Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim: – ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; – iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish; – iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash; – “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; – valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; – iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.

Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashimiz shart. Avvalo, inflyatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas. Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur. Oʻtish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni toʻgʻri yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir. Shu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin. Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar tizimini respublikamizda 2020 yil 1 yanvardan boshlab toʻliq joriy etishimiz lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur.

Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti boʻlgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz. 2019 yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion soʻmlik yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻp investitsiyalarni oʻzlashtirish moʻljallanmoqda. Uchinchidan, bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini kengjoriy etish zarur. Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshiradi Toʻrtinchidan, fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida toʻlashdan manfaatdor boʻlishi kerak. 2019 yildan boshlab joriy etilayotgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy gʻoyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qoʻllashni koʻzda tutadi. Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin Beshinchidan, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar jadal davom ettiriladi. Jahon bankining biznes yuritish sohasidagi reytingida mamlakatimiz qurilish boʻyicha 134-oʻrinni egallagan.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling