Oltinchidan, iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvinikeskin kamaytirish lozim. Ayrim vazirliklar oʻzi nazorat qiladigan sohadagi korxonalarda taʼsischi ekani erkin va sogʻlom raqobatga yoʻl bermayapti, buniyam bugun ochiq aytish kerak. Bunday tizimni endi oʻzgartirmasak, ushbu tarmoqlarda ham va umuman, iqtisodiyotda barqaror rivojlanishga erishib boʻlmaydi. Yettinchidan, biz erkin bozor tamoyillarini oʻrnatmoqchi ekanmiz, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish orqali sogʻlom raqobat muhitiniyaratishimiz shart. Bu borada birinchi qadam sifatida “Oʻzbekenergo” va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” tizimini tubdan isloh qilish haqida qarorlar qabul qildik. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi qayta tashkil etilib, parvozlarni amalga oshirish, aeroportlarni boshqarish va aeronavigatsiya xizmatlari bir-biridan ajratildi. Sakkizinchidan, iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va eksportni qoʻllab-quvvatlash ustuvor vazifadir. Kelgusi yili eksport hajmini 30 foizga oshirib, 18 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilib qoʻymoqdamiz. Biz eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotga oʻtishimiz, ichki bozorda raqobat muhitini shakllantirishimiz zarur Toʻqqizinchidan, hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish lozim. Iqtisodiyotdagi tizimli oʻzgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi joriy yilda 35 foizdan 37 foizga ortishi kutilmoqda. Biroq ayrim shahar va tumanlarda bu oʻta muhim masalaga yetarlicha eʼtibor berilmayapti. Oʻninchidan, qishloq xoʻjaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash eng muhim vazifamizdir. Keyingi yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun 48 ta paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Shu sababli yangi yerlarni oʻzlashtirish orqali ekin maydonlarini kengaytirish evaziga chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, baliqchilik, parrandachilikni rivojlantirish hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari hajmini keskin koʻpaytirishimiz kerak Yana bir muhim vazifa – suvni tejaydigan sugʻorishtexnologiyalarini keng qoʻllashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |