По умолчанию (Set As Default) — joriy palitrani dastur ishga tushirilganda ochiladigan asosiy palitra sifatida o‘rnatadi.
Показать имена цветов (Show Color Names) — ranglarni nomlari bilan ko‘rsatish imkoniyatini beradi.
Перейти в начало (Scroll to Start) — palitraning boshidagi ranglarni ko‘rsatadi.
Перейти в конец (Scroll to End) — palitraning oxiridagi ranglarni ko‘rsatadi.
Настройка (Customize) — ranglar palitrasi ko‘rinishining qo‘shimcha parametrlarini o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
Ranglar palitrasini Bosh menyuning Окно ► Цветовые палитры
bo‘limidan foydalanib ochish, yopish va o‘zgartirish mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
CorelDRAW dasturi qanday kompyuter grafikasiga turiga kiradi?
Bosh menyu qanday vazifani bajaradi?
Standart panel qanday vazifani bajaradi?
Xususiyatlar paneli qanday vazifani bajaradi?
Asboblar paneli qanday vazifani bajaradi?
Ranglar palitrasi qanday vazifani bajaradi?
III -BOB. CorelDRAW DASTURI MENYULARI
Dastur Bosh menyusi buyruqlari
Yuqorida aytilganidek, Bosh menyuda dasturning barcha buyruqlari jamlangan. Ushbu qo‘llanmada bosh menyuning faqat asosiy va muhim buyruqlari keltirilgan bo‘lib, uning barcha buyruqlari batafsil ko‘rsatilmagan. Menyudagi ayrim buyruqlar yoniga ularning klaviatura tugmalari bilan bajarish ekvivalenti ham keltirilgan.
Файл (File) menyusi
Файл (File) menyusi buyruqlari asosan hujjatlar bilan ishlashga mo‘ljallangan. Quyida uning buyruqlari va 3.1-rasmda ko‘rinishi keltirilgan. Создать (New) Oldindan o‘rnatilgan sozlamalar bilan yangi hujjat yaratish. Создать из шаблона (New From Template) Andoza (shablon) hujjat asosida yangi hujjat yaratish. Bunda andoza faylini tanlash imkoniyatini beruvchi muloqot oynasi ochiladi. CorelDRAW X4 dasturi tarkibiga kategoriyalarga ajratilib ko‘plab qiziqarli andoza hujjatlar kiritilgan.
Открыть (Open) Avval yaratilgan hujjatlarni ochish.
Do'stlaringiz bilan baham: |