CorelDraw X4 Ўқув қўлланма
Download 2.92 Mb.
|
CorelDraw dasturi o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Открыть последние (Open Recent)
- Упрощенный каркас (Simple Wireframe)
- Черновой (Draft)
Свойства документа (Document Properties) Bu buyruq yordamida ochiladigan oynada joriy hujjat haqida batafsil ma‘lumotlar ko‘rinadi. Ko‘pincha hujjatni bosmaga chiqmasligi va xotirada va tezkor xotirada ko‘p joy olishi sabablarini bilib olish imkoniyatini beradi.
Oynada quyidagi ma‘lumotlar mavjud: Файл (File) — fayl haqida umumiy ma’lumot (joylashgan joyi, xajmi, yaratilgan sana va hokazo). Документ (Document) — hujjatdagi sahifalar soni, ularning o‘lchamlari va joylashishi, qatlamlar soni va boshqa ma’lumotlar. Графические объекты (Graphic Objects) — hujjatning vektorli ob’yektlari haqida umumiy ma’lumotlar. Статистика текста (Text Statistics) — matnli ob’yektlar soni va ularning xarakteristikalari haqida ma’lumotlar. Объекты точечной графики (Bitmap Objects) — hujjatning rastrli ob’yektlari haqida umumiy ma’lumotlar. Стили (Styles) — qo‘llanilgan stillar nomi va soni haqidagi ma’lumotlar. Эффекты (Effects) — qo‘llanilgan effektlar nomi va soni haqidagi ma’lumotlar. Заливки (Fills) — qo‘llanilgan bo‘yashlar xarakteristikalari. Обводки (Outlines) — qo‘llanilgan tashqi chiziq bo‘yashlari xarakteristikalari. Открыть последние (Open Recent) Menyuning bu qismi bilan dasturda ochilgan oxirgi hujjatlar haqidagi ma‘lumotlarni ko‘rish mumkin. Odatda menyuning bu qismida oxirgi beshta ochilgan hujjat to‘g‘risida ma‘lumotlar ko‘rinadi. Выход (Exit) Dasturda ochilgan barcha hujjatlarni yopib, undan chiqish uchun ishlatiladi. Bu buyruqni bajarishda biror hujjatda saqlanmagan o‘zgarishlar bo‘lsa, dastur ularni saqlashni taklif qiluvchi so‘rov oynasini ochadi. Вид (View) menyusiBosh menyuning bu bo‘limida ob‘yektlar va dasturning ayrim qo‘shimcha oynalarini ko‘rish va ko‘rsatish rejimlarini boshqarish buyruqlari joylashgan. Упрощенный каркас (Simple Wireframe) — rastrli tasvirlar oq-qora va ob‘yektlarning bo‘yalishi va effektlari yo‘qoladigan soddalashtirilgan rejim. Каркас (Wireframe) — Упрощенный каркас (Simple Wireframe) rejimidan farqli ravishda ob‘yektlarga qo‘llanilgan effektlarni ko‘rsatadi. Черновой (Draft) — past sifatli, rangli holatda ob‘yektlarni ko‘rish rejimi. Обычный (Normal) — PostScript bo‘yashlar ko‘rinmaydigan, o‘rta sifatli ko‘rish rejimidir. Расширенный (Enhanced) — PostScript bo‘yashlar ko‘rinadigan, nuqtali va vektorli tasvirlarni yuqori sifatda maksimal sifatli ko‘rish rejimi. Расширенный с наложениями (Enhanced with Overprints) — ob‘yektlarning tashqi chiziqlari va bo‘yalish ranglari yaqqol ko‘rinadigan va bosmaga chiqadigan rejimdir. Download 2.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling