CorelDraw X4 Ўқув қўлланма


Download 2.92 Mb.
bet19/64
Sana25.08.2023
Hajmi2.92 Mb.
#1670215
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
Bog'liq
CorelDraw dasturi o\'quv qo\'llanma

Полноэкранный просмотр (Full-Screen Preview) Bu buyruq hujjatni to‘liq ekranda - bosh menyu, panellar va qo‘shimcha ochiladigan oynalarni ko‘rsatmagan holda ko‘rish imkoniyatini beradi. Bunda ko‘rinadigan tasvir printerda chop etiladigan tasvirga (monitor ranglarining sozlanishlariga bog‘liq ravishda) mos tushadi.
Просмотреть только выбранное (Preview Selected Only) To‘liq ekranda faqat belgilangan ob‘yektlarni ko‘rish imkoniyatini beradi.
Вид порядка страниц (Page Sorter View) Ko‘p sahifali hujjatlar bilan ishlashda foydali rejim hisoblanadi. Bu rejim hujjatning barcha sahifalarini bitta ekranda ko‘rsatadi. Sahifalardagi ob‘yektlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Диспетчер видов (View Manager) Ekranga ko‘rish mashtabini o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi asboblarga ega qo‘shimcha oynani ochadi.
Линейки (Rulers) Hujjat oynasining yuqori va chap tomonida o‘lchov chizg‘ichlarni joylashtiradi. Bu chizg‘ichlar ob‘yektlarning koordinatalari va o‘lchamlarini, shuningdek sichqoncha ko‘rsatkichining joriy koordinatalarini visual tarzda nazorat qilish imkoniyatini yaratadi. Odatda koordinataning boshi hujjatning chap pastki burchagi hisoblanadi.
Сетка (Grid) Ekranga o‘zaro kesishadigan vertical
va gorizontal chiziqlarni ochadi va dasturning asosiy ish sohasi katakchalar ko‘rinishidagi sohaga aylanadi. O‘ta aniqliq talab qilinadigan vaziyatlarda qo‘llaniladi.
Направляющие (Guidelines) Ob‘yektlarni ma‘lum bir tartibda, yo‘nalishda joylashtirishga ko‘maklashuvchi chiziqlarni ko‘rsatadi. Bu chiziqlarni ikki xil usulda: yon tomondagi o‘lchov chiziqlaridan «tortib chiqarish» yoki Параметры (Options) muloqot oynasidan yoqish (3.4-rasm).

3.4-rasm. Параметры (Options) muloqot oynasi
Показать (Show) Qo‘shimcha yordamchi chiziqlarni ko‘rsatish va yashirish buyruqlari joylashgan bo‘lim hisoblanadi.

    • Границы страницы (Page Border) —hujjat sahifasi chegaralarini uzluksiz chiziqlar sifatida ko‘rsatadi.

    • Выход за обрез (Bleed) — hujjat sahifasi chegaralari shtrixli chiziqlar sifatida ko‘rsatadi.

    • Печатаемая область (Printable Area) — chop etish qurilmasi sozlamalariga mos ravishda chop etiladigan soha shtrixli chiziqlar bilan ko‘rinadi.


Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling