Закрыть (Close) Joriy hujjatni yopish. Закрывает текущий документ.
Закрыть все (File Close All) Barcha ochilgan hujjatlarni yopish.
Сохранить (Save) Joriy hujjatni saqlash. Сохранить как (Save As) Hujjatni yangi nom bilan saqlash va (yoki) boshqa formatda saqlash. Ekranda hujjatni saqlash oynasi paydo bo‘ladi va bu oynada quyidagi bo‘limlar mavjud:
Тип сохранения (Save as type) — hujjat saqlanishi kerak bo‘lgan formatni tanlash.
Версия (Version) — ochiladigan ro‘yxat ko‘rinishida bo‘lib, Corel dasturining o‘z formatlari ishlatilganda faollashadi va joriy format(fayl) versiyasini bildiradi.
3.1-rasm. Файл (File) menyusi
buyruqlari
Внедрять шрифты с помощью TrueDoc (Embed Fonts using TrueDoc) — Hujjatni unda ishlatilgan shriftlar bilan saqlash uchun ishlatiladi.
Сохранить как шаблон…(Save As template) Hujjatni andoza (shablon) fayl sifatida saqlash imkoniyatini beradi.
Вернуть (Revert) Hujjatni oxirgi saqlangan holatiga qaytaradi.
Получить изображение (Acquire Image) CorelDRAW dasturidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasvirlarni skanerlash imkoniyatini beradi.
Импорт (Import) Hujjatga tasvirlar joylashtirish imkoniyatini beradi. Bunda ekranda Импорт (Import) muloqot oynasi ochiladi. Ochilgan oynada bir nechta tasvirlarni bir vaqtning o‘zida (Shift va Ctrl tugmalaridan foydalangan holda) tanlab, Импорт (Import) tugmasi yordamida hujjatga joylashtirish mumkin. Agar tasvir katta o‘lchamlarda bo‘lsa, uning faqatgina belgilangan qismini ham hujjatga qo‘yish mumkin. Buning uchun Импорт (Import) tugmasidan ochiladigan Обрезать и загрузить (3.2-rasm) bo‘limidan foydalanish mumkin.
3.2-rasm. Импорт oynasi
Do'stlaringiz bilan baham: |