Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet5/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
O g’zakilik va improvizatsiya (badihago‘y lik ) — xalq ijodining 
yashash va yaratilish tarzi. C hunki u hali yozuv kashf qilinmagan 
uzoq o ‘tmishdagi ajdodlarim iz turish-turm ushining, dunyoqarashi va 
e ’tiqodining, kurashlardagi zafari va mag‘lubiyatlarining ifodachisi 
sifa tid a yuzaga kelgan. A .A .P o teb ny a fikrich a, folklor «xotira 
m anbayidan», aniqrog‘i, xotiraning og‘izdan og‘izga o‘tib yurish 
inersiyasidan tug‘iladi. fU ningcha, «xotira manbayi» - bir yoki bir 
qancha kishilaming shunchaki tushunchasi bo'lm ay, balki butun bir 
xalqning duv-duv gapi, m ish-m ishi, og‘zaki fikridir. Bu mish-mish 
yoki og‘zaki fikr ustozdan shogirdga (otadan-bolaga), urug‘dan-urug‘ga, 
avloddan-avlodga o ‘tib, yangi davr ruhidan, yangi ijrochi va ijodkor 
salohiyatidan sayqal topib yashaydi. Bunday sayqallanish u yoki bu 
folklor asarinmg shakli va m azmuniga qandaydir o ‘zgarish kiritilishi— 
mm aningdir qo‘shi!ishi, nim aningdir tushirib qoldirilishida zuhur etadi. 
Aytaylik, biror tarixiy dalilning unutilishi tufayli asardan tushirilib 
qoldirilishi m um kin. Yoki dostondagi qo‘shiq qismining unutilishi 
oqibatida u ertak shaklida yashashi mumkin. Yoxud aksincha. Ertak 
dostonga o ksib chiqishi h am m um kin. Bular og‘zakilikning jonli 
harakatdagi jarayoni sifatida folkloming yashash tarziga xos belgilari 
sanaladi. Z o tanI folklor og'izdan og‘izga o ‘tib yashasa, badiiy adabiyot 
yozuv vositasida yashaydi./Folklor asari og4zaki aytiladi (ertak, maqol, 
topishm oq, rivoyat, afsona, latifa, naql va boshqalar), ijro etiladi 
(doston, og‘zaki dram a, lof, askiya va boshqalar), kuylanadi (qo‘shiq). 
Badiiy adabiyot esa faqat o ‘qiladi, ijrosiga xos xususiyatlar esa folklordan 
ijodiy o ‘zlashtirilgan. Q olaversa, og‘zakilik u yoxud bu asarning 
shunchaki og‘zaki ijrosigina b o lm ay , balki og‘zaki ijro jarayonida 
yuzagsha kelishi holati hamdir.
Folklor asari og‘izdan-og‘izga o ‘tishi tufayli shaklan va mazmunan 
qanaqa o ‘zgarishga uchramasin, bu hoi uning g‘oyaviy-badiiy, ijtimoiy- 
estetik qim m atini tushirmaydi. Chunki unda ijodkor xalqning voqelikka 
m unosabati aks etgan. Folklor asarlarining og‘izdan og‘izga o ‘tib, 
uzoq asrlar davom ida yashab kelayotganligining asosiy sababi shunda.
| Im provizatsiya — lotincha «improviso» so‘zidan yasalgan bo‘lib, 
lug'aviy jih a td a n «oldindan kutilm agan yoki ko‘rilmagan, to ‘satdan 
yoki b ird an degan m a ’n o la m i anglatsa-da, istilohiy m a’noda badiiy


ijod sohasida maxsus tayyorgarlik k o ‘rmay, zaruriyat tu g 'ilg an
lahzaning o ‘zidayoq og‘zak\ ijro jarayonida ko‘ngilni junbushga 
keltirgan hodisa yoki vooea ta ’sirida to ‘qilgan asardir. IBunday asarlar 
badihalar ham deyiladi.r Aslida bunday asarlar xotira qatlari zam irida 
saqlangan b o ‘lib, nogohoniy taassurot tufayli yangidan dunyoga 
keladi. Shu m a'noda har qanday improvizatsiya azaliy ijodiy tajriba, 
malaka va tayyorgarlikning hosilasidir.
Improvizatsiyada ijodkoming og‘zaki badiiy ijod qonun-qoidalaridan 
xabardorligi ayricha ahamiyatga ega. U shu qonunlam i qancha puxta 
bilsa, to ‘qigan asari saviyasi ham shu qadar mukammallik kasb etadi. 
Xalq ijodkori o ‘z asarini xilma-xil davralarda, xilma-xil sharoitlarda 
ijro etishi jarayonida tinglovchilaming yoshi, kasb-kori va qiziqishlarini 
hisobga olib, o ‘sha asarining qay bir epizodini, bayti yoki bandini 
tashlab ketishi, qay bir yangi epizod, bayt yoki bandni qo‘shib kuylashi 
mumkin. Shu asosda o ‘sha folklor asarining xilma-xil variantlari yuzaga 
kelishi m u m k in . B in o b a rin , fo lk lo rd ag i v a ria n tlilik , a so san , 
improvizatsiya natijasidir.
Im provizatsiya u yoki bu jan rg a m ansub m atn n in g m uttasil 
harakatda b o ‘lishini ta ’minlaydi va hatto alia. yig‘i singari janrlarda 
nisbatan faolroq namoyon bo‘lib, faqat badihaviylik hosilasi sifatida 
yuzaga kelishini ta ’minlaydi.
\ An’anaviylik xalq ijodida u yoki bu asar m atnining og‘izdan 
og‘izga o ‘tishi jarayonida nisbatan barqarorliknigina anglatib qolmay, 
balki o ‘sha asarning avloddan avlodga o ‘tish jarayonida dastlabki 
ijrosiga xos xususiyatlarni, kuyi va shaklini, tasviriy ifoda vositalarini 
va qahram onlarini nisbatan o ‘zgarm agan holda saqlab qolganligini 
ham anglatadi.'
Xalq ijodiyotida an ’anaviylik g‘oyaviy-badiiy m azm unda keng 
ko‘lamga ega. Zero, mavzu mohiyatiga ko‘ra uning b arch a tu r va 
jan rlarid ag i n am un alarid a v atan , xalq va m e h n atn i u lu g ‘lash, 
adolatsizlikka nafrat bilan qarash, d o ‘stlik va birodarlikni qadrlash, 
chin insoniy muhabbatni sharaflash m ushtarak an ’anaviy motivlardir. 
Shuningdek, an'anaviylik folklorning h ar b ir tu ri va ja n rin in g
kompozitsion tarkibiga xos unsurlar umumiyligini ham nam oyon etadi. 
Aytaylik, q o ‘shiq janri tabiatiga daxldor a n ’anaviy unsurlarning 
h a m m a si h a m d o sto n ja n r i ta b ia tig a t o ‘g ‘ri k e la v e rm a y d i. 
Dostonlargagina xos a n ’anaviy epik ko‘lamdorIik, epik qoliplar, 
umumiy tipik o ‘rinlar va boshqalar qo'shiqlarda uchram aydi. Lekin


bular xalq eposi uchun an ’anaviy unsurlar sanaladi. Yoki xalq eposini 
a n ’anaviy boshlama va tugallanm a, otni egarlash va ta ’riflash. otda 
b ahodirona chopish, janglar tasviri, safarga otlangan qahramonga 
nasihat qilish, jangga kirish oldidan o ‘zini maqtashi, sevishganlar 
uchrashadigan chorbog‘lar tavsifi, malikalar, kanizaklar, ko‘sa va 
m a sto n kam p irlar tasvirisiz ta s a w u r qilib b o ‘lm aydi. Bularsiz 
dostonlarda a n ’anaviy syujet qurilmasini yaratish qiyin.
rjfVn’ana — jam oa ijodkorligining mahsuli, shu bilan birga, folklor 
asarlarini jamoaviy holda saqlab qolishning ham o ‘ziga xos shakli 
hisoblanadi.^ Binobarin, folklor asarlarining og‘izdan og‘izga o ‘tib 
yashashining o ‘zi a n ’anaviyligidir. Og‘zakilik folklorning o‘zgarmas 
shakli b o ‘lib, o ‘z navbatida, xotirada saqlamoqni, yodlab eslamoqni 
taqozo etadi. Buning uchun esa, kuchli hofiza zaruriyatga aylanadi. 
0 ‘zb ek baxshi 
va sh o irla ri o rasid a qirq d an ziyod a n ’anaviy 
dostonlam i, tag‘in qanchadan — qancha term alarni bilgan, kuylagan, 
yana o 'zi to'qiganiam ing borligi shu an ’anaviy ehtiyojning hosilasidir. 
Sirasini aytganda, a n ’anaviylik folklorninggina em as, balki xalq 
m usiqasi, raqsi va amaliy san ’atining ham xos belgisi sanaladi.
A n’anaviylik o‘zining ijtimoiy-tarixiy manbalariga ega. Chunonchi, 
folkom ing ilk nam unalari ibtidoiy jam iyatda yaratilgan, ularda o ‘sha 
zam o n kishilarining nisbatan qaror topgan urf-odatlari va hayotga 
oid qarashlari aks etgan. Bu hoi folklor asarlari shakli, obrazlari va 
motivlari muayyan barqarorlik kasb etishini ta ’minlagan.
X alqning asrlar davom ida shakllangan badiiy zavqi, didi bor, 
folklor ham isha shu xalqona estetik prinsipga amal qilib yashaydi. 
Bu — fo lk lo r u c h u n o b y e k tiv q o n u n iy a t. ljtim o iy -iq tiso d iy
taraq qiyo tn in g xalq estetikasiga k o ‘rsatadigan ta ’siri folklordagi 
a n ’anaviylikni harakatga soladi. Masalan, ijtimoiy tafakkur taraqqiyoti 
xalq e ’tiqodida yasagan tub burilishlar oqibatida badik, kinna, burey- 
burey janrlari, shuningdek, «Sust xotin», «Choy momo», «Barot 
keldi» m arosim lari so‘nib, iste’m oldan chiqib ketdi. XX asrning 
ikkinchi choragidan boshlab yangi voqelikning yuzaga kelishi tufayli 
doston yaratish a n ’anasi h am so ‘nish sari yuz tutdi, qo‘shiq, maqol, 
askiya, og'zaki hikoya davom etm oqda, ayrim yangi shakl - janr, 
ju m la d a n , tarixiy q o 'sh iq yuzaga keldi. Shuningdek, a n ’anaviy 
q o ‘shiq motivlari o ‘zgardi. Yangi voqelik mazmuniga mos obrazlar 
va qarashlar evaziga to ‘lishdi.
Ayrim janrlar poetik tizim ida jiddiy o ‘zgarishlar sodir b o ‘ldi.


Jum ladan, yangi dostonlarda, garchi a n ’anaviy dostonchilikka xos, 
epiklikka, tayyor qoliplarga, motivlarga suyanilsa-da, biroq bular 
endi a n ’anaviy dostonlardagidek g'ayritabiiylik asosida em as, balki 
hayotiy reallikka, obyektivlikka asoslangan holda ifodalanadigan 
bo‘ldi. A n’anaviy dostonlarning ideal q ahram o n lari g ‘ayritabiiy 
k u ch lar m adadkorligida h a ra k a t qilib g‘alaba q o z o n sa . yangi 
dostonlarning qahram onlari real tarixiy shaxslar b o ‘lib, ular yangi 
voqelikka suyanib harakat qiladi va o ‘z maqsadiga erishadi. Bunday 
farqni an ’anaviy dostonlar bilan yangi dostonlar konflikti misolida 
ham ko‘rish mumkin. Konflikt a n ’anaviy dostonlarda yakka shaxs 
m anfaati taqozosi, yangi dostonlarda esa om m a m anfaatlari taqozosi 
hosilasidir. Binobarin, yangi dostonlar konflikti hayotiy zam inga ega 
va uning yechimi ham realdir.
Anonimlik aslida folklorning jam oa ijodi sifatida yuzaga kelishi natijasi 
o ‘laroq paydo bo‘lgan xususiyatidir.^Anomm yunoncha «anonumos» 
so‘zidan olingan bo‘lib. lug‘aviy jihatdan «nomsiz, nom i n o m a’lum» 
m a’nolarini anglatsa-da, istilohiy m a’noda xalq ijodiyotiga xos 
xususiyatini bildiradi./ Binobarin, ayonlashayotirki, folklor asarlari 
yaratuvchisi nomining nom a’Iumligi — uning anonim ligini tayinlaydi.
Folklordagi anonim lik hodisasi yozm a adabiyotdagi taxallus 
vositasida asl nomni yashirishdan farq qiladi, albatta. Og‘zaki asarlar 
qachonlardir kim to m o n id an d ir ijod qilinganiga shubha bildirib 
bo‘lmaydi. Biroq o “sha ilk ijodkor uni o ‘z asari sifatida qabul qilmagan, 
aniqrog‘i, unga m ualliflikni d a ’vo etm agan. U o g ‘zaki aytgan, 
kuylagan yoki ijro etgan o ‘sh a asar o g ‘izdan o g ‘izga, o tad an
farzandga, avloddan avlodga, urug‘dan urug'ga, qabiladan qabilaga 
ko‘chib, zam on elagidan o ‘tib, didlar ta ’sirida sayqallanib, individual 
ijodkoriga taalluqliligini yo‘qotib, jam oa ijodi hosilasiga aylana borgan 
va muallifi nom a’lumlashib qolgan. Bu hodisa xalq ijodiyotining 
anonimligi xususiyatini shakllantirgan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling