Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet8/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89
Xalq ijodiyoti namunalarini to ‘plash.
Folklorshunoslik, dostawal, 
xalq ijodiyoti namunalarini yozib olish (to ‘plash)dan boshlanadi. Bu 
jarayon individual va jam oa shakllarida ilmiy ekspeditsiya uyushtirish 
zam irida amaiga oshiriladi.
2. Xalq og'zaki ijodiyoti ho'yicha to'plangati nam unalarni nashr 
etish.
Bu soha folklor m atnshunosligi (tekstologiya) sanaladi. Bunda 
u yoki bu folklor asari variantlari chog‘ishtirilib, g‘oyaviy-badiiy 
jihatd an mukammallarim tanlab olishga. har bir asam ing jonli ijro 
xususiyatlarini to ‘la va m ukam m al saqlab qolishga, tilining jonli 
ifodaviyligiga xos tabiiyligini ta'm inlashga alohida e ’tibor beriladi. 
0 ‘zbek folklorshunosligi bu sohada boy tajriba to ‘pladi. Ergash 
Jum anbulbul o‘g‘lining besh tom lik «Bulbul taronalari» va rus tilidagi 
uch tom lik «Pesnya Bulbulya» kulliyotining, shuningdek, ellik tomga 
m o ‘ljallanib chiqarilayotgan « 0 ‘zbek xalq ijodi» ruknida o ‘ttiz to ‘qqiz 
jildining chop etilgani an a shu tajribaning jiddiy sam aralaridir. 
Endilikda yuz jildlik « 0 ‘zbek folklori yodgorliklari» ko‘p tomligi 
sing ari bebaho n ash rn in g am aiga o sh irilish id a bu ta jrib an in g
asqotishiga shubha yo‘q.
3. X alq og'zaki badiiy ijodini tadqiq qilish.
M a’lum ki, xalq 
q o ‘shiqlari kuy bilan aloqador, m a'lum qismi raqs bilan uyg‘unlikda 
ijro etiladi. Folklorshunos an a shu xususiyatlarini yaxlit va bir butun 
holida o ‘rganish maqsadida musiqashunoslik va xoreograflar bilan 
ham korlik qiladi.
Folklor asarlari xalq urf-odatlari, rasm-rusumlarini chuqur aks ettiradi. 
Bu jihatdan, ayniqsa, marosim folklori namunalari alohida ajralib turadi. 
Ana shu jarayonlami tadqiq etishda folklorshunos etnografiyaga tayanadi.


Aks holda uning tadqiqoti bir yoqlama bo‘lib qoladi.
Xalq asarlari tilinig o ‘ziga xosligi dialektologiya bilan hamkorlikda 
o ‘r g a n ils a , f o lk lo r d a x a lq p e d a g o g ik a s i (e tn o p e d a g o g ik a )
ifodalanganligidan ilmiy pedagogika bilan ham ham korlik qiladi. 
Shunday qilib, folklor o ‘ziga xos b o llganidek, uning haqidagi fan — 
folklorshunoslik ham o ‘z spesifikasiga ega. U o ‘zbek filologiya ilmida 
alohida mavqega molikligi tufayli ajralib turadi.
Folklor va adabiyotning о 4zaro tarixiy hamkorligi, bir-biriga ta ’siri 
va aks ta ’siri.
F olklor yozma adabiyotning bunyodga kelishi va 
rivojlanishiga genetik manba b o ‘lib xizmat qiladi. Badiiy asar yozish 
sohasidagi ilk urinishlar folklor tajribasiga suyanish va u ni ijodiy 
o ‘zlashtirish negizida kechganligi, qolaversa, bunda folklorga xos 
sujetlar, obrazlar, m otivlar, uslub va tasviriy vositalardan ijodiy 
fo y d a la n ilg a n lig i h ech k im d a sh u b h a uyg‘o tm ay d i. K ishilik
m a 'n a v iy a ti ta rix id a bu b e m in n a t sarchash m adan b a h ram an d
bo‘lm agan b iror so ‘z san’atkorini ta sa w u r qilish am ri m aholdir.
C h in d a n h a m « S ho h n om a» xalq dan olib y ozilg an i tufayli 
Abdulqosim Firdavsiyga mangulik baxsh etadi. Ulug‘ A lisher Navoiy 
ham xalqning serjilo og‘zaki adabiyotidan ta ’lim olib, jahonshum ul 
shuhrat qozongan «Xamsa» va «Xazoyinul-maoniy» singari o‘lmas 
asarlarini yaratdi. Poshshoxo‘ja «Gulzor» va «Miftohul-adl» asarlarini 
b ev osita fo lk lo r t a ’sirida y o zg ani m a ’lum , M u h a m m a d sh a rif 
G ulxaniyning «Zarbulm asal»i folklordan ijodiy ilhom lanishning 
ko‘rkam nam unasi sanaladi.
Og‘zaki va yozm a adabiyotlam ing o‘zaro ta ’siri va hamkorligi 
b a rc h a x a lq la r n in g a d a b iy o tla rig a xos h o d isa b o ‘lib , o ‘sha 
adabiyotlam ing shakllanishi va yuksalishini ta ’m inlashda, ularda 
xalqchil realistik tasvim ing tantana qilishida, yangi obrazlar, yangi 
m a v z u la r, y an g i m o tiv la r, y a n g i sh a k lla r va x a lq o n a ruh n i 
ta ’minlovchi obrazlilik va ifodaviy vositalar hisobiga to ‘lisha borishiga, 
shuningdek, folklor va yozm a adabiyotga xos jan rlarn in g o ‘zaro 
sintezlashuvi asosida badiiy ertak va uning xilma-xil ichki ko‘rinishlari 
(ertak-dram a, ertak-qissa, ertak -ro m an . ertak-opera)ning yuzaga 
kelishida, barm oq sh e’r tizim ining yozma adabiyot arsenaliga o ‘tib, 
barqarorlashuvida m uhim rol o ‘ynab kelmoqda.
Shuni ham ta ’kidlash kerakki, badiiy adabiyot ham asrlar davomidagi 
rivojlanishi jaray o n id a folklorga samarali ta ’sir ko‘rstib, shaklan, 
m a z m u n a n va ifodaviylik jih a tid a n yanada ta k o m il to p ish in i


chuqurlashtirayotir. Buni m um toz adabiyot nam unalarining baxshilar 
tom onidan folklorga xos ravishda qayta ishlanishi natijasida yuzaga 
kelgan «Malikayi Dilorom», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», 
«Bahrom va Gulandom», «Yusuf va Zulayho», «Rustam i doston», 
«Sayful-Malik», «Sanobar», «Zevarxon» singari kitobiy dostonlar 
misolida yanada yaqqolroq ko‘rish m um kin. Bu dostonlar e] orasida 
xalq kitoblari nomi bilan m ashhur va keng tarqalgandir.
Badiiy adabiyotdan ijodiy o ‘zIashtirishning boshqa b ir ko‘rinishi— 
-xalq d o sto n larid ag i q a h ra m o n la r ru h iy h o la tin i ifo d alash d a 
emotsionallikni yanada kuchaytirish maqsadida m um toz she’riyat 
bitilgan aruz vazni imkoniyatlaridan, qolaversa, g‘azal va muxammas, 
musam man, murabba shakllaridan foydalanishdir.
Chunonchi, Ergash Jum anbulbul o ‘g‘li «K untug‘mish» dostonida 
Kuntug‘mishning yori va bolalaridan ayrilib, 
gangib qolganida, 
tasodifan uchragan cho 'p o n g a 
m urojaatini Sobir Sayqaliyning 
«Bahrom va Gulandom» dostonidan ta ’sirlanib bitgan:
Ey yori alam ko‘rgan, qaydin kelasan, ayg‘il.
Ko*p ranj-u sitam ko‘rgan, qaydin kelasan, ayg‘il.
Shu m atla'li g'azal aslida Bahrom ning gado qiyofasida G ulandom
qasri oldiga kelib turganida, uning kimligini bilish uchun G ulandom
kanizi Davlatdan berib yuborgan nom adir. Bu nom a g ‘azal shaklida. 
Ergash shoir uni birm uncha qayta ishlagan. Bunday hollar boshqa 
asarlard an ijodiy fo y d ala n ish d a h am k o lzga ta s h la n a d i. Shu 
m ulohazalarning o ‘ziyoq folklor va 
yozm a adabiyotning o ‘zaro 
ta ’siri va hamkorligi ikki tom onlam a b o ‘lib, ularning bir-birini boyitib, 
rivojlanayotganini va bu folklorizm hodisasi sifatida q aro r topib, 
badiiy adabiyotning xalqchillik zam in in i ta ’m inlaganini asoslash 
imkonini beradi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling