Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet10/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
ifo da la sa, lirik a s u b y e k tiv h olda insonning vo q elikd a n olgan 
taassurotlarini, ichki hayajonlarini lirik «men» tuyg‘ulari tarzida 
tasvirlaydi. Drama esa, personajlar nutqi va harakati orqali hayot 
manzaralarini chizadi, ко ‘rsatadi.
T urlarning har biri yana qator xillarga ega. V.Belinskiy ulami 
« tu r n in g b u to q c h a l a r i »
s if a tid a t a ’r if la y d i, 
b u
h o z ir
adabiyotshunoslikda, jum ladan, folklorshunoslikda ham «janr» atamasi 
bilan yuritilm oqda. Ayrim hollarda adabiy tur va janrlarni farqlamay 
(nasm i ham tur, ham ja n r yoki lirikani ham tu r va ja n r tarzida) 
q o ‘llash asosida hodisalar tabiatiga e'tiborsiz qarashdan tu g ‘ilgan 
noaniqlikdir. H olbuki, tur deyilganda voqelikni ifodalash yoUi, usuli 
(epik, lirik, dram atik), ja n r deyilganda voqelikni badiiy ifoda etish 
shakllari (ertak, q o ‘shiq, m aqol) tushuniladi. A m m o h ar bir janr 
h am ic h k i x ilm a -x illik k a ega, bu unda ifo d alan u v ch i mavzu 
m ohiyatidan kelib chiqadi.
C hunonchi, ertakning ichki ko‘rinishlari sifatida hayvonlar haqidagi 
ertaklar, sehrli ertaklar, maishiy ertaklar kabi xillari mavjud. Q o ‘shiq 
janriga xos ichki xilm a-xillik ham mavzu, ham vazifasiga bog‘liq 
holda yuzaga kelgan. Aytaylik, «Sust xotin», «Choy m om o» va 
«Laylak keldi» m avsum iy m arosim qo'shiqlariga xos ichki xilma- 
xillikni aks ettirsa, o ‘lan, yor-yor, lapar, kelin salom , kuyov salom, 
jarlar, kelin o ‘tirsin, kuyov o ‘tirsin va boshqalar maishiy marosim 
q o ‘sh iq larining ichki ja n riy k o ‘rinishlaridir. B inobarin, bunday 
hodisalarni ifodalash uch un «janriy xilma-xillik» tushunchasidan 
foydalaniladi.
Sinchiklab qaralsa, folklor janrlari bu uch turga sig‘mayotgandek 
tuyuladi va bu folklom ing yozma adabiyotdan farq qiluvchi xususiyati 
hamdir. G ap shundaki, folklor janrlarining ayrimlari har xil marosimlar 
va m ehn at turlari bilan uzviy aloqador bo‘lsa, boshqalari kuylashga 
va o ‘ynab ijro etishga m o ‘ljallangan. Bu, o ‘z navbatida, janrlarga


ularning ijro xususiyatlari va vazifalari nuq tay i nazaridan ham
yondashmoqni taqozo etadi. Shu jihatdan ularni ikki yirik guruhga 
b o ‘lish mumkin: a) marosim folklori janrlari: b) marosimga aloqasi 
bo'lmagan folklor janrlari. Shuningdek, folklor asarlarining kimga 
m o ‘ljallanganligini hisobga olib ham ularni yana ikki guruhga — 
kattalar va bolalarfolkloriga ajratish mumkin. A m m o bolalar folklori 
ja n r l a r in i n g (a lia , e r k a la m a , o v u tm a c h o q , q iz iq m a c h o q , 
qaytarm achoq, yalinchoq, hukmlagich, qiqillam a, tegishm achoq, 
masxaralama, chorlama, cheklashm achoq, sanam a, tarqalm achoq, 
tez aytish, chandish, guldur-gup va boshqalar) tuzilishi. g‘oyaviy- 
badiiy xususiyatlari, hayotni tasvirlash shakli va qamrovi vazifasiga 
qarab, uch adabiy turdan biriga kiritish m um kin. Binobarin, badiiy 
adabiyotning uch turga b o ‘linishini muayyan istisnolar bilan folklorga 
nisbatan ham qo'llasa bo'ladi. Demak, o ‘zbek folklori ham epik 
(asotir, mif, afsona, rivoyat, nakl, latifa, ertak, term a, doston va 
tarixiy q o ‘shiq), lirik (marosim folklorining deyarli barcha janrlari, 
bolalar folklorining barcha janrlari, qo‘shiqning ham m a ichki xillari, 
ashula va boshqalar) va dram atik (og‘zaki dram a, q o ‘g‘irchoq o ‘yin, 
askiya, lof va boshqalar) turlar va ularga m ansub janrlardan tarkib 
topgan yaxlit tizim (sistema)dir.
Istisno esa, ayrim janrlarga taalluqlidir. Chunonchi, folklorshunoslikda 
«kichik janrlar» tarzida qaralib kelinayotgan maqol, topishmoq, irim 
va «yumuq» iboralar aslida parem ik turga mansub hisoblansa-da,
B.Sarimsoqov ularni «maxsustur» tarzida ajratadi, hatto qarg‘ish, so‘kish 
va olqish janrlarini ham shu doirada qarashni taklif etadi.15
0 ‘z-o ‘zidan ayonki, qarg‘ish, so‘kish va olqish janrlarida so‘z 
magiyasi unsuri g‘oyat kuchlidir, qolaversa, qarg‘ish va so'kishning 
m arosim tarkibidagi ijrosi tam om an so‘ngan esa-da, olqish janrining 
tu rli marosimlarga aloqador holatdagi ijrosi qism an saqlangan. 
Binobarin, qarg‘ish, so‘kish va olqish janrlari so‘z magiyasiga aloqador 
hodisa sifatida qaralmog‘i folklor janriy tasnifotida muayyan aniqlikka 
erishuv imkoniyatini tug‘diradi.
Folklorshunos V.E.Gusev esa maqol va topishm oq janrlarini epik 
tu r tarkibida o ‘rganishni zarur hisoblaydi.16 Agar birgina folklor 
janrlarida ikki, hatto uch turga xos alom atlar uchrashi nazarda tutilsa
m aqollar va topishm oqlam ing goh nasriy, goh she’riy shakldaligiga 
yohud mazmuniga qarab u yoki bu adabiy turga nisbat berish oson, 
albatta. Ammo ularning ham shaklan, ham m azm unan, ham hajm an


o ‘ziga xos so‘z san ’ati nam unasi ekanligini va janrdagi asosiy uzv 
badiiy m atn ekanligi hisobga olinsa, ularni alohida p a rem ik tur 
tarkibida o ‘rganish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, tabular ham 
xalq turm ushida uzoq asrlar davom ida sinalgan axloqiy-m a’naviy 
nizom mohiyatini kasb etgan paremik hodisadir. Binobarin, tabularni 
h am parem ik turga mansub alohida va mustaqil jan r sifatida qarash 
joizdir.
F o lk lo rs h u n o s lik d a g o h i-g o h id a tu rla ra ro yoki ja n rla ra ro
chatishm alar hosilasi tarzida liro-epik qo‘shiq yoki ertak, afsona 
singari hodisalar tilga olinsa-da, aslida bu hodisa folklor uchun 
um um iy emas. Shu sababli ularni folklor janrlari tasnifi doirasiga 
kiritib bo‘lmaydi. C hunki bunday qo‘shilma yoki oraliq jan rlar hech 
q achon q a t’iy tu rg ‘unlikka ega emas va folklordagi tarixiy taraqqiyot 
jarayonida hal qiluvchi aham iyat kasb etmaydi. Turlar va janrlar 
ta ra q q iy o tin i tu r la r va ja n rla rn in g o ra liq n a m u n a la rin i yoki 
q o ‘shilm alarini em as, balki yangi badiiy shakllarning yuzaga kelishi 
va eskilarining so‘nishi belgilaydi.
Folklor janrlarining yuzaga kelishi, shakllanishi va taraqqiyotidagi 
m u h im o m illa rd a n b iri ijtim oiy ehtiyoj zaruriyatidir. C h u n k i 
voqelikning o ‘zi xilma-xil obrazlarga boy bo‘lib, xalq ijodiyoti oldiga 
uni g'oyaviy - tarbiyaviy ham da estetik mohiyatini idrok etgan holda 
qay bir shaklda ifodalashni zaruriyatga aylantiradi. Aytaylik, uzoq 
ajd o d larim izn in g bosq in ch ilarg a qarshi kurashi afso n alar yoki 
qahram onlik dostonlarini yuzaga keltirgan b o ‘lsa, tabiat kuchlari 
oldidagi ojizliklari so‘z magiyasiga sig‘inish asosidagi janrlarning 
bunyodga kelishini ta ’minlagan. Demak, voqelik tabiati ifoda shaklini 
yuzaga keltirishga xizm at qilgan, bundan kelib chiqadigan xulosa 
shuki, ijtimoiy hayot (voqelik)dagi turli-tum an, yanayam aniqrog‘i, 
tasv irlan ish i k o ‘zlan g an voqelikdagi xilm a-xillik ja n rla r rang- 
barangligini ta ’m in etadi.
Xalq badiiy tafakkurining taraqqiyot darajasi ham u yoki bu janrning 
yuzaga kelishida m uhim omil bo‘lib xizmat qiladi. C hunonchi, inson 
o ‘z m a’naviy taraqqiyotining ilk bosqichida murakkab shakllarni 
bunyodga keltirishga qodir emas edi, shu sababli dastaw al oddiy va 
kichik shakllar yuzaga kelgan, keyin esa ularning takomillashuvi zamirida 
katta va m urakkab janrlar paydo b o ‘lgan. Shu tariqa janrlarning 
qaror topishi qonuniy hoi bo‘lib, bu jarayon ham ijtimoiy tarixiy 
omillar, ham folklorning ichki taraqqiyot qonunlariga muvofiq kechadi.


Ayonlashayotirki, folklorda jan r hodisasi yozma adabiyotdagi jan r 
hodisasiga aynan teng emas. Ular farqli xususiyatlarga ega. Masalan, 
yozma adabiyotda janr hodisasi ikki jihatga ko‘ra: a) o‘ziga xos hayotiy 
qamrovga egaligi va b) yaxlit badiiy tizimda namoyon bo‘lishi bilangina 
belgilanadi. Folklorda esa, ja n r hodisasi, V.Y.Propp qayd etganidek
to ‘rt belgisiga: a) yaxlit adabiy tizim tarzida nam oyon bo‘lishi; b) 
maishiy mohiyatga yo‘nalganligi yoxud maxsus vazifadorligi; v) o ‘ziga 
xos ijro shakliga egaligi va nihoyat g) musiqa bilan uzviy aloqadorligiga 
qarab belgilanadi.17
Yozma adabiyot janrlarida m aishiy yo‘nalganlik va ijro o ‘m i 
b o ‘lmaydi. Aytaylik. qissa yo rom anni to ‘yda o ‘qib b o ‘lm aganidek, 
azada hikoya o ‘qish ham ajablanarlidir, biroq to ‘yni yor-yorsiz, azani 
esa yig‘i va yo‘qlovsiz tasaw u r etib bo‘lmaydi.
O lzbek folklorining janrlar tarkibi g‘oyat boy va xilma-xil b o ‘lib, 
boshqa xalqlar folklorining janrlar tarkibidan farq qiladi. Shuningdek, 
unda hamma xalqlar folklorida uchrovchi umumfolklor janrlari-ertak, 
m aqol va to p ish m oq m avjudligiga qaram ay , ruslardagi b ilin a, 
skandinaviyaliklardagi saga, oltoyliklardagi qaylardan farq qiluvchi 
doston janri ham bor. Lof va askiya kabilar, asosan, o ‘zbek folkloriga 
xos janrlardir. Bunday o ‘ziga xos janrlar boshqa xalqlar folklorida 
ham mavjud. C hunonchi, ukrain folklorida dum a va kolomiykalar, 
polyak folklorida krakovyaklar, qoraqalpoqlardagi to ‘lg‘ov, qozoqlardagi 
aytis shu xildagi o ‘ziga xos janrlardir. Shuningdek, ukrain va belorus 
folklorida kolyadkalar keng tarqalgan b o ‘lsa, rus folklorida raseykalar, 
o ‘zbek hamda tojik folklorida yo ram azon va hayitliklar shunday 
xususiyatga ega. Bir necha xalqlardagi bir-biriga o ‘xshash janrlar ham
m a’lum xususiyatlariga ko‘ra o ‘zaro farq qiladilar. Bu holat, aw alo . 
h a r b ir x alq n in g ta rix iy u rf-o d a ti, m a is h a ti, o rz u -u m id la ri, 
dunyoqarashi, ijtimoiy-estetik m unosabatlari va turm ush tarzining 
in ’ikosiga aylangan folklorining o ‘ziga xosligi bilan izohlanadi.
0 ‘zbek folklori janrlari ijodkorlar faoliyati bilan ham cham barchas 
b o g ‘liq. T o pishm oq va m aqol singari ja n rla r om m aviy ijroga 
m o‘ljallangan bo‘lsa, doston, og‘zaki dram a, askiya ijrosi professional 
ta y y o rg a rlik n i ta q o z o e ta d i. S h u sa b a b li o ‘z b e k fo lk lo rid a
ijodkorlarning professionallashuvi nihoyat rivojlangan. Baxshilar, 
ertakchilar, askiyabozlar, qiziqchilar, laparchilar ijrochiligi rivojlangan 
professional san’at hisoblanadi. Bunday ijodkorlar maxsus tayyorgarlik 
ko‘rish, m uayyan u sto zd an t a ’lim olish asosida voyaga yetib,


profesional xalq san’atkori darajasiga ko‘tariladilar.
0 ‘zbek folklori jan rlari ijro usullari, ya’ni, yakka ijro, jam o a 
(kollektiv) ijrosi, sozli va sozsiz ijro (sozli ijroda musiqa asboblari 
turi va soni)ga ko‘ra h am farqlanadilar. Ertak, afsona va rivoyat 
a y tils a , h ik o y a q ilin s a , d o s to n h am ku ylash , h am ay tish g a 
m o ‘ljallangan. Lapar kuylab va raqsga tushib ijro etilsa, og‘zaki 
dram a so ‘z (ba’zida h a tto kuy) va harakat omuxtaligi zam irida 
k o ‘rsatishga, nam oyon qilishga m o‘ljallangan. Latifa va lof yakka 
ijroda aytilsa, qo‘shiqning shunday turlari borki, yakka ijroda (masalan, 
lirik qo‘shiqlaming aksariyati, tarixiy qo‘shiqlar), qolganlari yor-yorlar, 
o ‘lanlar va boshqalar ja m o a (kollektiv) ijrosida kuylanadi. Askiya, 
lof, q o ‘g‘irchoq o ‘yin h am jam oa ijrosiga m o‘ljallangan.
0 ‘zbek folklorida m avjud barcha janrlarning m ajm ui tarixan 
vujudga kelgan yagona badiiy tizim (sistema) bo‘lib, xilma-xil tipdagi 
asarlarning murakkab va 
0‘zigagina xos aloqalari ham da o ‘zaro ta ’siri 
zam irida bunyod topgan. Janrlar tizimining shakllanishi va mavjudligi 
folklor taraqqiyotining eng m uhim qonuniyatlaridan biri hisoblanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling