Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet16/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89
Kinoyali parallelizm:
M en-ku m en va’dam da turdim ,
S ochda sochbog‘im bilan.
S en-ku sen va’dasi yolg‘on,


Belda belbog‘i bilan.
0 ‘zbeklarda belbog‘ — erlik s h a ’ni, g‘ururi, iftixori belgisi. 
Sochbog1— ayollar ro ‘moli. U ni tan g ‘igani uchun ayol-da! Shu 
holatida u kamsituvchi m a’noga egaday tuyulsa-da, aslida ayollik 
shavkatining ramziy belgisini anglatadi. Lirik qahram on esa men 
ayolligim bilan — «sochda sochbog‘im bilan» va’dam da tursam -u, 
sen erkakmen deya, «belda belbog‘ing bilan» va'dang yolg‘on b o ‘lsa, 
so‘zing ustidan chiqolmasang, er bo‘lib nim a qilasan, deb piching 
qilyapti. Bu piching — kinoya «sochda sochbog'» va «belda belbog4» 
detallarini kontrast q o ‘yish asosidagi parallelizm ni to ‘rtlikning 
kompozitsion qurilmasiga aylantirgan.
Jonlantirish asosidagi parallelize:
Charxim tanob tashlaydi,
Bir baloni boshlaydi,
Kundoshligi qurisin,
Kunda urush boshlaydi.
Sirtdan qaraganda charxning tanob tashlashi bilan kundoshlik 
urushi orasida hech qanday aloqa yo‘qday. Lekin o ‘zbek xalqi orasida 
charxning tanob tashlashi — xosiyatsiz sanaladi. Charx tanob tashlasa
demak, biror falokatdan nishon beradi, deb ko‘ngildan kechiladi. 
Bu — irim. Aslida charxning tanob tashlashi ish unumiga xalal beruvchi 
tashvish, yigiruvchini zeriktiradi. Binobarin, charxning tanob tashlashi 
irim chilik m oh iy ati bilan ku nd o sh lik uyda jan jal ch iq ish id an
ogohlantirsa, zeriktiruvchanligi bilan janjal oqibati — ko‘ngilni xira 
qilishga ishoradir. Charxning tanob tashlashi detali ana shu taxlitda 
jo n la n tir ilib , t o ‘rtlik u c h u n k o m p o z its io n asosga a y la n g a n
parallelizmni yuzaga keltirgan.
Psixologik parallelizm:
Tokchadagi qaychini 
Zang bosibdi, yor-yor,
Kelin oyim oyisini 
G ‘am bosibdi, yor-yor.
«Zang bosgan qaychi» bilan «g‘am bosgan yurak» bir-biriga 
qiyoslangan holda yaratilgan parallelizm to ‘rtlik kompozitsion asosini 
tashkil etgan. Ikkala holat — «zang bosgan qaychi» bilan «g‘am 
bosgan yurak»dagi bog‘lanish shundaki, qaychi zangi ko‘rinib turadi, 
shu xususiyati bilan u kishi ichki dunyosiga xos ko‘rinmas kechinm ani
— g‘am ni yorqin, qo‘rimli obrazga aylantirgan holda ta sa w u r qilish


im konini yaratib, psixologizmni kuchaytirgan.
Allegorik parallelizm:
Chim ildiqning ichidan 
C hiqdi tutun, yor-yor,
Bu dunyoda bormikan 
Bag‘ri butun, yor-yor.
Bu dunyoda bor bo‘lsa,
Bag‘ri butun, yor-yor,
Q og‘ozdan qozon qilay,
G u ld an o 'tin , yor-yor.
« C h im ild iq d a n c h iq q a n tu tu n » - m e ta fo ra b o ‘lib. aslida 
chim ildiqqa kirgan qizning g‘am ini ifoda etadi. 0 ‘zbek poeziyasida 
g‘am ni tu tun obrazida majozan tasvirlash a n ’anaviydir. Bu bilan 
hodisadagi noxush m ohiyatga ishora qilinadi. «Qog‘ozdan qozon, 
guldan o ‘tin» bo‘lmaganiday, dunyoda g‘am -g‘ussasiz kishi, demakki, 
«bag‘ri butun» odam ning yo‘qligiga majoz hosil qilgan. Oqibatda 
b utun qo'shiq uchun majoziy (allegorik) parallelizm kompozitsion 
asosga aylangan.
Xalq qo‘shiqlarining aksariyati 7, 8, 9, 11 hijoli bo‘lib, qofiyalanish
tartibi ham g‘oyat xilma-xildir.
K unda qaynatar moshni, 
7
Terib tashlam ay toshni. 
7
0 ‘ldirsang h am ichm aym an, 
7
K undoshim qilgan oshni. 
1
aaba tarzida qofiyalangan bu to ‘rtlik uchun jonlantirish asosidagi 
p arallelizm k o m p o z itsio n asos vazifasini bajargan. O sh -m o sh
qaynatmasi, dem ak, m oshxo‘rda yoki moshova. O shdantosh chiqishi 
detali — oqibatda noxushlikka ishora. Axir kundosh qilgan oshdagi 
tosh zahar b o ‘lishi m um kin-da! Lirik qahram on shunday shubhada, 
am m o ahd id a sobit. Y etti hijoli satrlarning aaba ta rz id a to ‘q 
qofiyalanishi bu q a t’iyatni b o ‘rttirishga xizmat qilgan.
Toshga yom g‘ir kor qilurmi 
8
M uttasil yoqqan bilan? 
7
Davlatingiz kam bo‘lurm i 
8
Bir qiyo boqqan bilan? 
7
Bu to ‘rtlik abab tarzidagi qofiyalanish tartibiga ega, satrlardagi 
hijolar soni 8-7. Y om g‘ir yog‘avergani sayni toshni eritolmagani, 
kamaytirolmaganidek, bir qiyo boqqanda ham kamaymaslik mum kin-


ku! Bunda ham jonlantirish asosidagi parallelizm to ‘rtlik kompozitsion 
negiziga aylangan. M ana bu to ‘rtlik esa 7-8 hijoli satrlam ing bava 
tarzidagi qofiyalanishi asosida tuzilgan:
Tong shamoli yom ing 

6(7)
Yuzlaridan o ‘tgan silab. 

8
K o‘pdan-ko‘p salom degin. 


Tinchlik, om onliklar tilab. 


To‘rtlikning birinchi satri 6 hijoli b o ‘lsa-da, undagi «yorning» 
s o ‘zi c h o ‘zilib a y tilish ev azig a b ir y arim h ijo d ia p a z o n ig a
tenglashtiriladi va asosan, aytilish jarayonida satr 7 hijoli darajaga 
ko‘tariladi. Bu to'rtlikda ham jo n lan tirish asosidagi parallelizm
kompozitsion qurilmadir. Tong shamoli g‘oyat yoqim li va samimiy 
an a’anaviy poetik obraz. Binobarin, u orqali yorga yo‘llangan istakda 
ham shunday samimiyat bor. Shunday to ‘rtliklar borki, ulardagi 
qofiyalanish aaab tarzida bo‘lgani holda dastlabki ikki satr 8 hijoli 
va keyingi ikki satr 10 hijoli b o ‘lishi mumkin:
Suv bo‘yida turgan yigit, 

8
Q osh-u ko‘zin suzgan yigit, 


Bilakuzugimni olgan yigit, 

10 
Endi bergin bilakuzugimni. 

10 
Shunday to ‘rtliklar borki, ularda har to ‘rttala satr ham o ‘zaro 
qofiyalanadi, aaaa tarzida:
R o'm olim bor oyguli, 

a
0 ‘rtasi choydish guli. 

a
Akasi bergan puli, 

a
Ukasiga choy puli. 

a
«Puli» so‘zi ikki m a’noda: birinchi o ‘rinda o ‘z m a’nosida — pul; 
ikkinchi o ‘rinda «to‘lov» m a’nosida b o ‘lganidan om onim ik qofiyani
— tajnisni yuzaga keltirgan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling