Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet73/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89
Xorazm masxarabozligida «Xatarli o ‘yin» turkum i ko‘p o ‘ynalgan. 
B unda dialog, kuy, q o ‘shiq, raqs va muallaq, pantom im adan unumli 
foydalanilgan. U larorasida, ayniqsa, Quvvat kalta. Boltaqul masxara, 
M atyoqub k o ‘r, aka-uka Eshm at va D o ‘sm atlar shuhrati butun 
X orazm ni tutgan.
Xalq teatrining keng rivoj topgani Farg'ona qiziqchiligi b o lib , 
ular, asosan, Q o ‘qon va M arg‘ilon shaharlari va ularning atrofida 
yashagan Z okir eshon (1815-1885), S a’di Maxsum, Mulla Hoshim, 
U sm on qiziq, A bulhasan Qashg‘ariy, M arasul qora, N orm at og‘zi 
katta, A bduaziz qiziq, Bahrom boy, Hasan bukri, Kalsariq, M o ‘min 
qishloqi, Rizo kiyik, Rahimbek hez, Davlat novcha, Yusufjon qiziq 
Shakaijonov, O xunjon qiziq H uzuijonov, Tesha qiziq, M uhiddin 
qiziq Darveshov, Zaynobiddin qiziq, Hojiboy Tojiboev va boshqalar


tom onidan muvaffaqiyat bilan davom ettirilgan. Bulardan tashqari 
dorbozlar, huqqibozJar va nayrangbozlar ham xalq teatrining xodimlari 
sanalib, ular tarkibida yana sozanda-yu o ‘yinchilar ham b o ‘lgan.
Xalq teatri tomoshalari ikki xil ko‘rinishda tashkil etilgan. Aytaylik, 
b a’zi tom oshalar m a’lum matn (og‘zaki dramaturgiya) asosida ikki 
yoki uch aktyor ijrosida tashkil etilsa, b a’zilarida faqat birgina aktyor 
m atnni ijro etib bergan. Bu yakka aktyor teatri deyilgan. U matndagi 
ijobiy va salbiy obrazlarni bir o ‘zi ijro etgan. Yoki u turli qushlar, 
jo n iv o rla r ovoziga, xatti-harakatiga taqlid qilib, p a n to m im alar 
ko‘rsatgan. Pantom imalar m a'lum va taniqli shaxslarning fe’l-atvori, 
qiliqlariga taqlid qilib ham yaratilgan. Biroq xalq teatrlarida ko'pincha 
og‘zaki hikoyalar inssenirovka qilingan. M asalan, «Namoz», « 0 ‘lik 
yuvish» kabi inssenirovkalar shular jum lasidandir.
M asxarabozlar, asosan, erkaklardan iborat bo‘lgan. 0 ‘tm ishda 
B uxoro, X orazm va F arg'onada maxsus m asxarabozlar teatrlari 
m avjud b o ‘lgan. Ularda buxorolik aka Buxor, T o ‘la va G adoy 
m asxarabozlar, farg‘onalik Yusufjon qiziq Shakarjonov, O rifjon 
Toshm atov singari professional qiziqchi va masxarabozlar faoliyat 
ko‘rsatgan.
Q iziqchilar orasida xotin-qizlar ham b o ‘lgan. X otin-qizlarning 
qiziqchilik teatri mustaqil faoliyat yuritgan. Ular shakl va mazmuniga 
ko‘ra masxarabozlar teatriga o ‘xshagan.
X otin-qizlar teatrining muhim belgilari shundaki, uning ijrochilari 
va tom oshabini faqat ayollardan iborat b o ‘lgan. Erkak kishi rolini 
ham ayollar erkakcha kiyinib, soqol-m o‘ylov yasab ijro etadi. 0 ‘z 
tom oshalarini erkaklardan uzoqroq, chetroq, pana joylarda namoyish 
qilganlar.
X alqim iz orasida professional qiziqchi ayollardan sam arqandlik 
Zulfi Suydiyeva, pskentlik K uydiniso R asulm atova, toshk en tlik
Salom at M utalova kabilarning nom lari mashhurdir.
Q iziqchi ayollar o ‘z to m o sh alarid a zolim , bevafo erlarn in g
kirdikorlari, kundoshlik azobi, so f m uhabbat haqida to m oshalar 
ko‘rsatganlar. Jum ladan, «Bozorda to ‘lg‘oq tutib qolgan xotin», 
«Cho‘pon va uning xotini», «Kundoshchilik», « 0 ‘sma q o ‘yish» kabi 
og‘zaki dram alar xotin-qizlar teatrida m ahorat bilan ijro etilgan.
O g‘zaki dram a asarlari m azm un-m undarijasi va sujetining uzun- 
qisqaligiga ko‘ra har xil bo‘lgan. U larda satira va yum or yetakchi 
o ‘rin tutgan. Agar og‘zaki dram ada sinfiy m unosabatlar, hukm dor


am aldorlar, boylar, ruhoniylar zulmi, adolatsizligi, poraxo'rligi tanqid 
qilinsa, u satirik xarakter kasb etadi. Mabodo og‘zaki dram ada qoloq 
urf-odatlar, ayrim shaxslar xarakteridagi yoki xatti-harakatidagijuz“iy 
kam chiliklar tanqid qilinsa, u yumoristik asar hisoblanadi. Masalan, 
«M udarris» komediyasida o ‘tmishdagi madrasa m udarrisi, o ‘qish va 
o ‘q itis h m a sa la s i, m u d a rr is n in g p o r a x o ‘rlig i, y u lg ‘ic h lig i, 
ikkiyuzlamachiligi o ‘tkir satira bilan fosh etilgan bo‘lsa, «Sudxo‘r 
akam jon berdi», «Sudxo‘m ing o ‘limi», «Hindibozlik» komediyalarida 
sudxo‘rlik deb atalm ish — mehnatsiz darom ad topuvchilar xatti- 
harakati, riyokorligi keskin tanqid qilingan.
Xullas, satirik og‘zaki dram alarda, asosan, poraxo‘r am aldorlar, 
dindorlik niqobi ostida yurgan ayrim riyokor eshon-u dom lalar, islom 
d in in in g chalasavod n azo ra tch ilari, su dxo‘rlar, m aishiy buzuq 
kim salarning kirdikorlari ro‘y-rost ochib tashlanadi. Bunday asarlarni 
xalq om m asi maroq bilan qiziqib tom osha etadi.
Yumoristik pyesalarda voqea-hodisalar yum or vositasida badiiy 
talqin etiladi. Ularda, asosan, o ‘z m ehnati evaziga kun kechiruvchi 
shaxslar faoliyatidagi nuqsonlar, ijtimoiy hayotdagi ayrim kamchiliklar, 
qoloq fikr va urf-odatlar, go‘llik, dangasalik oqibatida kelib chiquvchi 
kulgili vaziyatlarko‘rsatibberiladi. Masalan, «Sartarosh», «Podachi», 
«Yog‘och polvon», «H asan-H usan», «Bo‘zchilik», «O lacha to ‘qish» 
kabi og‘zaki dram alar o ‘z mavzu yo‘nalishiga ko‘ra yumoristik 
p y e s a la r q a to rig a k ir a d i. Bu a s a rla r x u s h c h a q c h a q y u m o r 
q o ‘zg‘atuvchi badiiy detallarga boyligi bilan ajralib turadi. Ulam ing 
sujet voqealari sodda, qisqa va sermazmundir.
Og‘zaki dramatik asarlar yo monolog, yo dialog shaklida yaratiladi. 
U lam i ijro etuvchi qiziqchi va masxarabozlar turli ovoz ohanglari
qiliqlar, shartli harakat va pantom im alam i bajarib, turli xushchaqchaq 
va hazil q o ‘shiqlarni aytib, raqsga tushib, voqealar rivojini ta ’minlab 
borganlar. Shu orqali ajoyib ta'sirchan sahna asari yuzaga kelgan.
O g ‘z a k i d ra m a va p y e s a la r d a , k o m e d iy a la rd a x a lq n in g
q o ch irim larid an , xalq iboralaridan ustalik bilan foydalanganlar. 
P erso najlar nutqida k o ‘ch m a m a ’noli so‘zlarni, ib oralarni ko‘p 
ishlatganlar. Personajlar xarakterini ochib berishda zid qo‘yish 
san 'atid a n unum li foydalanilgan. Voqealarning bo‘lib o ‘tgan o ‘rni 
va vaqti aniq ifodalanmay, keng badihago‘ylikka erishilgan.
Xullas, og‘zaki dram a xalq ijodining mustaqil janrlaridan biri 
sifatida a n ’anaviy ijroda hozirgacha yashab kelmoqda.


Q o ‘g‘irchoq teatri. Q o ‘g ‘irchoq qadim iy tu rkiy so lz sifatida 
M ahm ud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida «Oxshanchik, 
oxshog‘u, kuzurchik, qoborchuq» shakllarida q o ‘llangan b o ‘lsa, 
s u g ‘d iy la rd a « zocha va zo c h a k » s h a k lid a , A .N a v o iy d av ri 
adabiyotlarida esa «io‘bat, lo ‘batak» shakllarida istifoda etilgan. 
«Zochak» hozir ham buxoroliklar lafzida qo‘g‘irchoqni anglatadi.
Q o ‘g‘irch oq o ‘yini sh u n ch ak i qiz b o lalar erm agi b o klm ay, 
xalqimizning qadimiy og‘zaki teatri sifatida qaror topgan an ’anaviy 
san’at hamdir. Uning qadimiyligini U m ar Xayyom (1048-1123)ning 
tubandagi ruboiysi ham tasdiqlaydi:
M o ]o‘batakonem -u falak lo‘batboz,
Az ro‘yi haqiqat, na ki az ro ‘yi majoz;
Bozicha ham ekunem bar nati vujud,
Aftem ba sanduqi adam yak-yak boz.75
Bu ruboiy Sh.Shom uham m edov taijimasida shunday jaranglaydi: 
Bizlar qo‘g‘irchog‘-u, falak q o ‘g‘irchoqboz,
Bu so‘zim chin so‘zdir, em asdir majoz.
Y o‘qlik sandig‘iga bir-bir tusham iz,
Vujud palosida o ‘ynagach bir oz.76
Shuningdek, ruboiynavislikda uning an ’analarini davom ettirgan 
Pahlavon Mahmud (1247-1326) ruboiysidagi tubandagi satrlarda ham 
shu fikrning rivojlantirilganligini kuzatish mumkin:
Quyosh charog4 bo‘lsa, jah o n bir fonus,
Q o‘g‘irchoqdek tunda biz sargardonm iz.77 
M .Qodirov garchi qo‘g‘irchoq teatrini «qo‘g‘irchoq o ‘yini» deb 
ta ’riflab, uni dorboz, nayrangboz, chavandoz, ayiq, ilon, maymun 
o ‘ynatish va yog‘och o ‘yini kabilar bilan bir qatorda q o ‘ysa-da. 
aslida jonli so‘zlashuvda «Q o‘g‘irchoq o ‘yini» ifodasi bolalam ing 
q o ‘g‘irchoq o ‘ynashini anglatishini, binobarin, u nisbiy m a'nodagina 
qo‘g‘irchoq teatri hodisasini ifodalashi mumkinligiga u qadar ahamiyat 
bermaydi.78 Qolaversa, qo‘g‘irchoq o ‘ynayotgan qizaloq q o ‘g‘irchoq- 
boz ham emas. Q o‘g‘irchoq vositasida b iro r hayotiy voqelikni 
ko‘rsatish nfyatida q o lg‘irchoqlam i o ‘ynatuvchi, ya’ni boshqarib 
turuvchi kishilar qo ‘g ‘irchoqbozlar yoki korfarm onlar deb yuritiladi. 
U lar sahna oldida, yo sahna ortida turib, q o ‘g‘irchoqlarning o'zaro 
m unosabatiga aralashadilar, aniqrog‘i, ulam i harakatga solib, o ‘zaro 
m unosabatga kirishuvlarini ta ’minlaydilar. H ar b ir q o ‘g‘irchoqning 
ru h iy atig a, k o ‘rinishiga m o slab ovoz b erad ilar, b u n d a ovozni


turlan tirish uch un tillari tagiga maxsus safil (kichkina plastinka 
m oslam a) q o ‘yib oladilar. Binobarin, qo‘g‘irchoqlarni jonlantirib, 
voqelik m antiqiga m utanosib harakatga omuxta ovozda so‘zlash 
uchun korfarm on (qo‘g‘irchoqboz)larda alohida aktyorlik iste’dodi 
shakllangan b o ‘lm og‘i zarur. Q olaversa, ularning o ‘z leksikasi 
mavjuddir. S o‘z ularning asosiy quroli hisoblanadi. U lar jonli xalq 
tilid a n u s ta lik b ila n fo y d a la n ib , q o ‘g ‘irc h o q ijro e ta y o tg a n
personajning individualligini ta ’minlaydilar.
Q o‘g‘irchoqbozlik san’ati sirlari esa o ‘tmishda avloddan-avlodga 
o‘tishi uchun korfarmonlar o ‘z hunarlarini bolalariga o ‘tkazish asosida 
a n ’anaviylik kasb etgan. Buning uchun esa o ‘tm ishda yurtimizda 
qo‘g‘irchoqbozlar alohida mahallalarda yashagan, hatto chetdan qiz 
ham olmagan va chetga qiz ham chiqarmay, o‘z kasblarini farzandlariga 
o ‘rgatishgan. Faqat ko‘rsatgan tom oshalaridan tushgan darom ad 
evaziga ro ‘zg‘ortebratishgan. Buxoroda o‘g‘lon darvozasi mahallasida 
qo‘g‘irchoqboz va sozandalaming yuzga yaqin oilasi yashagani m a’lum. 
Toshkentda ham Ko‘kcha, Sebzor, Beshyog‘och va Shayxontohur 
dahalarida qo‘g‘irchoqbozlar oilalari istiqomat qilishgan.
Q o‘g‘irchoq teatri o ‘ziga xos o ‘yin-kulgi vositasi b o ‘lib, xalqning 
ijtimoiy-maishiy turm ush tarzi, axloq normalari, turli munosabatlarini 
satira va yum or orqali namoyish etish san’ati sanaladi. Q o ‘g‘irchoq 
teatrining tarixiy-genetik ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Uning 
ilk ildizlari ajdodlarimizning o ‘tmishdagi urf-odatlari va marosimlariga 
bog‘liq b o ‘lib, ibtidoiy insonning tabiat hodisalari oldida o ‘zini ojiz 
sezib, turli m a’budlarga sig‘inishi, tabiiy ko‘rmgan hodisalarni ta ’riflash 
m aqsadida yasalgan ram ziy shakllarga, totem sanalgan hayvonlar 
qiyofasini aks ettiruvchi niqoblami kiyib, ritual raqsga tushishi hodisalari 
p ir o v a r d id a q o ‘g ‘ir c h o q t e a t r i y u zag a k e la b o s h la g a n . 
Tadqiqotchilam ing aniqlashicha, qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi 
dunyodan o'tgan ajdodlami teatrlashtirilgan holda yodga olish marosimi 
asosida yuz bergan. Bu marosim qoidasiga ko‘ra, m arhum ning eng 
yaqin kishisi uning niqobini kiyib, xuddi o ‘sha marhum ga o ‘xshab va 
o ‘xshatib gapirgan, harakat qilgan. Keyinchalik esa, bu marosim 
o'zidagi urfiy belgilarini yolqotib, oddiy tomoshaga aylana borgan, 
ibtidoiy-mifologik ishonchlam ing kuchsizlanishi va yo‘qola borishi 
natijasida m azkur ram ziy shakllar qo‘glirchoqbozlar q o ‘liga o ‘tib, 
ta n q id iy v azifan i ad o eta b o sh lash i tufayli q o ‘g ‘irc h o q te atri 
shakllangan. Q o ‘g‘irchoq teatrining mavzulari kengaya boshlashi


oqibatida niqoblar arsenali ham turfalashib ko‘paya borgan. XI-XII 
asrlarda 0 ‘rta Osiyoda qo‘gkirchoq teatri juda tez rivojlangan. Temuriylar 
davriga kelib qo‘g‘irchoq teatri yanada gullab-yashnaganki, buni Alisher 
Navoiyning «Xamsa» asarida odam lar hayotini qo‘g‘irchoq teatriga 
o‘xshatib ta ’riflagani ham yaqqol tasdiqlaydi. Qolaversa, XY asrda 
yashagan Husayn voiz Koshifiy «Futuvvatnom ayi sultoniy yoxud 
juvonmardlik tariqati» asarining to ‘rtinchi fasli ikkinchi qismini maxsus 
«Q o‘g‘irchoqbozlar bayonida»gi sarlavha bilan xalq q o ‘g ‘irchoq 
teatrining tabiati va turlarini tavsiflashga bag‘ishlagani bejiz emas. 
Jumladan, u yozadi: «Agar q o ‘g‘irchoqbozlikning shartlari nimadan 
iborat, deb so‘rasalar, aytgil: asosiy sharti shuki, qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi 
dono bolsin va haqiqatdan bahra topsin. Q o‘g‘irchoq o ‘ynatuvchilarga 
xos narsalar nima deganda, chodir va peshband (peshtaxta), deb aytgil. 
Chodirda kunduzi, peshbandda esa kcchasi o‘yin ko‘rsatiladi. Peshband 
deb sandiqni aytadilar. Sandiq ustida q o kg‘irchoqlam i o‘ynatadilar. 
Kunduzgi o ‘yinlarda qo‘g‘irchoqni q o kl bilan o ‘ynatadilar. Kechki 
o ‘yin!arda esa sandiq ustida bir necha iplar orqali qo‘g‘irchoqlarni 
harakatga keltiradilar»,79 Bu mulohazalardan shu narsa ayonlashayotirki, 
XY asrdayoq qo‘g‘irchoq teatrining ikki turi keng rivoj topgan. Ayni 
zamonda esa uning uch ichki turi keng taraqqiy etayotir:
1. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling