Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet1/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
1693006

CTZBEKISTON RESPUBL1KASI 
OLIY VA O RTA M AXSUS TA 'LIM VAZIRL1G I
O X U N JO N SAFAROV
0 ‘ZBEK XALQ 
OG‘ZAKI IJODI
О ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta m axsus ta 'lim vazirligi 
tom onidan universitetlar va pedagogika institutlari u ch u n  
darslik sifatida tavsiya etilgan
«Musiqa» nashriyoti 
Toshkent 
2010


D a rslik d a o*zbek folklorshunosligining XX asrdagj ilm iy y u tu q la ri miiliy 
g 'o y a k o n sep siy asig a m u vofiqlashtirilgan h o ld a b o ‘lajak filologlarga tushunarli 
qilib, s o d d a va ravon uslubda b ay o n etildi. H a r bir mavzu oxirida talab alam in g
m ustaq il o 'q js h ig a m o ‘ljallangan ilm iy va badiiy adabiyotlarning e n g so ‘nggj 
n ash rla ri berild i.
D a rslik d a m a v zu la r m o h iy a tin i aks ettiru v ch i jad v allar ham berilgan, bu 
m a ’ru z a la rn i k o 'rg a z m a li asosda o 'q is h im koniyatlarini kengaytiradi.
D arslik b o 'la ja k filolog bakalavriat, m agistrantlar, a sp ira n tla r va 
folklor 
bilan q iz iq u v ch ilarg a m o lja lla n g a n .
M a sи I m u h a r r i r :
TO'RA M IRZAYEV,
О lzR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot 
instituti direktori, filologiya fanlari doktori, 
professor, О ‘zbekiston Respublikasi fa n arbobi,
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respubhka 
davlat mukofoti sohibi.
T a q r i z c h i i a r :
M .JO 'R A Y E V  
O 'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot 
instituti Folklor bo ‘limi mudiri, fdologiya 
fanlari doktori, professor.
D .S .O (RAYEVA 
Filologiya fanlari doktori, Buxoro davlat universiteti
О ‘zbek adabiyoti kafedrasi professori.


MUALLIFDAN
D arslik 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta ’lim
vazirligi, Buxoro davlat universiteti rektorati va muallif tom onidan 
2000-yilning 6-dekabrida tuzilgan uch to m o n lam a 35- raqam li 
shartnom aga muvofiq yozildi. U ndagi m ateriallar o ‘zbek va jah o n
folklorshunosligidagi eng so‘nggi ilmiy-nazariy qarashlarga asoslangan, 
yaxlit holda tanlanib, tizim lashtirildi. Bu, ayniqsa, adabiy tu rlar 
tasnifotining yangicha talqinida, ilgarilari kichik tu r deb kelingan 
m aqol, topishm oq, tabu, irim va yum uq iboralardan iborat xalq 
aforizm i hodisalarining alohida adabiy tur, ya’ni parem ik tu r tarzida 
guruhlantirilganida, qolaversa, lofning xalq nasri tarkibida em as, 
b alk i xalq dram atik ja n ri tarzid a qaralganligida yorqin k o ‘zga 
tashlanadi.
Darslikda mavzular bayonidan keyin talabalar mustaqil o ‘qishi 
sh art sanalgan shu mavzuga oid ilmiy-badiiy folklor asarlari ro‘yxati 
h am d a kursga oid har bir mavzu mohiyatini ixcham ifoda etuvchi 
jadvallar berilgan.
Darslikni yozishda o ‘zbek folklorshunosligida ilgari yaratilgan 
« 0 ‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi» q o ‘llanm asi (1980) va darsligi 
(1990), akademik litseylarga m o ‘ljallangan «Xalq og‘zaki poetik ijodi» 
(2002) darsligi va majmuasi, rus folklorshunoslari V.P.Anikinning 
«R usskoe ustnoe n a ro d n o e tvorchestvo» (2001). T .V .Z uyeva, 
B .P.K irdanlarning «Russkiy folklor» (2002) kabi darsliklari ham da 
shu kurs bo‘yicha Buxoro davlat universiteti o ‘zbek filologiyasi 
fa k u lte ti ta lab alariga salk am 40 y ild an b e ri o ‘qib kelay o tg an
m a ’ruzalarimiz davomida to ‘plagan tajribalarim izdan foydalandik.
Shuningdek, 1990-yilda chop etilgan darslikda o'zim iz yozgan 
m avzular matnini qayta ko‘rib, ayrim tuzatishlar va toldirishlar bilan 
darslikni yanada takom illashtirdik. Ayni ch o q d a o 'sha darslikda 
,T. Mirzayev yozgan topishm oqlar va doston mavzularini muallif roziligi


bilan bu darslikda ham saqlab qoldik. Biroq T.Mirzayev dostonga 
bag‘ishlangan mavzuni tam om an qayta ishlab, birm uncha to ‘ldirib, 
mukammallashtirib berdi. M otam marosimi folklori mavzusini yozishda 
esa, shu sohani maxsus o ‘rgangan shogirdimiz, professor D .O ‘rayeva 
bergan m ateriallardan foydalandik. Bunday iltifotlari u c h u n har 
ikkalalariga ham m innatdorchilik bildirishga burchdormiz.
Darslikning yaratilishida bergan qim m atli m aslahatlari uchun 
taniqli folklorshunoslar 0 ‘zbekiston Respublikasi fan arbobi T.M . Mir- 
zayevga, 0 ‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti 
F o lk lo r b o ‘lim i m u d iri, filo lo g iya fan lari d o k to ri, p ro fe sso r 
M .Jo‘rayevga, Buxoro davlat universiteti 0 ‘zbek adabiyoti kafedrasi 
jamoasiga, shaxsan iste’dodli folklorshunos olima, filologiya fanlari 
doktori D .S .O ‘rayevaga, 0 ‘zbekiston Milliy universitet professori
H.Boltaboyev va dotsenti O.M adayevga, shuningdek, A ntik dunyo 
tarixi xalqaro akademiyasining akademigi, pedagogika fanlari doktori, 
professor M .H .M ahm udov ham da Buxoro Davlar universiteti pedago­
gika kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori B.R.Adizovlarga 
samimiy m innatdorchilik bildiram an.
Xalqimizda h ar bir to ‘kislikning bir noqisligi bor, degan naql 
bor. Binobarin. biz ham bu darsligimiz noqisliklardan butkul xoli, 
degan da’vodan yiroqmiz. Shu sababli uni takomillashtirish va kam -u 
ko‘stlarini bartaraf etish m aqsadida bildiriladigan har qanday e ’tiborli 
takliflaringizni old indan m innatdorlik bildirgan holda, m am nuniyat 
bilan qabul qilamiz.


1-MAVZU: XALQ O G ‘ZAKI I J O D I VA U N IN G 0 ‘ZIG A XOS 
XUSUSIYATLARI, TARIXIY TARAQQIYOTI VA 
0 ‘R G A N ILISH TARIXI
Reja:
1. Folklor haqida umumiy tushuncha: xalq — folklorning ijodkori; 
folklor -ja m o a ijodi; folklor — og‘zaki ijod.
2. Folklorda a n ’anaviylik, variantlilik, ijodiy metod.
3. Folklorshunoslik — folklor haqidagi fan.
4. Folklor nam unalarining qadimgi yozm a obidalar orqali yetib 
kelishi.
5. 0 ‘zbek folklori va folklorshunosligining taraqqiyot davrlari.
6. O lzbek folklorining janriy tarkibi va tizimi.
Folklor haqida imumiiy tushuncha. «Folklor» atamasi aslida «folk»
— xalq va «lore» — donolik so‘zlaridan yasalgan bo‘lib, «xalq donoligi, 
xalq donishmandligi» ma’nolarini anglatadi. U ni birinchi marta 1846- 
yilda Vilyam Tom s ilmiy istiloh sifatida q o ‘lladi. Shundan boshlab 
b u istiloh xalqaro miqiyosda ilmiy taom ilda o ‘zlashib ketdi. Shunga 
qaram ay, Angliya, AQSh va b oshqa ingliz tilida so'zlashuvchi 
m am lakatlarda bu m avhum keng m a ’n o da xalq ijodining barcha 
sohalarini — xalq poeziyasi, xalq nasri, musiqasi, raqsi, rassomlik, 
o'ym akorlik, diniy e’tiqodi va odatlarini ifodalasa, boshqa tillarda 
s o ‘zlashuvchi xalqlarda, asosan, so ‘z san ’atini — xalq og‘zaki poetik 
ijo d i tu sh u n c h a sin i ifoda etad i. X alq m usiqasi tu s h u n c h a s in i 
ifodalashda «musiqa folklori», xalq s a n ’atining boshqa tu rlarini. 
chunonchi, o ‘ymakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik (patdo‘zlik) 
singarilar «xalq amaliy san’ati» te rm in i ostida tushuniladi. «Xalq 
raqsi» tushunchasi xalq xoreografiyasi (grekcha «choreuo» — xor 
j o ‘rligida raqsga tushm oq va «grapho» — raqs harakatlarini maxsus


belgilarda yozib olm oq) deb yuritiladi. O 'zbek folklorshunosligi 
tarixida «folklor» istilohi nisbatan keyinroq ilmiy iste’molga kirdi. U 
dastlab «el adabiyoti», «og‘zaki adabiyot», «og‘zaki ijod» tarzida 
qo'Hanildi. 1935-yilda H .Z a rif va Sh.Rajabiylarning « 0 ‘zbek sovet 
folkloridan nam unalar» kitobi bosilib chiqqandan keyin m azkur 
istilohni qo'llash taom ilga kira boshladi va asta-sekin o ‘zbek folklori 
tushunchasi zam irida o ‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi tushuniladigan 
b o ‘ldi. Hodi Zarifning oliy o ‘quv yurtlari uchun tuzgan ikki jildlik 
« 0 ‘zbek folklori» (1939 va 1941-y.) xrestomatiyasi nashr etilgach, u 
yanada barqarorlashdi.
0 ‘zbek folklori xilm a-xil janrlard an tarkib topgan og‘zaki so‘z 
s a n ’ati b o ‘lib, xalq im izn ing dun yo q arashi, badiiy zavqi, ijodiy 
salohiyati, sim patiya va antipatiyasini, orzu va intilishlarini aks 
ettiradi. Binobarin, folklorni maxsus fan sifatida oliy o‘quvyurtlarida 
o lqitish hayotiy zaruriyat taqozosi tufayli amalga oshdi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling